1. Ko’p kovshli ekskavatorlar haqida umumiy ma’lumot Ko’p kovshli ekskavatorlarningasosiy va yordamchi mexanizmlari


Download 487.98 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi487.98 Kb.
#1355925
  1   2   3
Bog'liq
ekskavator


Mavzu: Ekskavator asosiy mexanizmlarining elektr yuritmalarining quvvati va energetik koʻrsatkichlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1.Ko’p kovshli ekskavatorlar haqida umumiy ma’lumot
2.Ko’p kovshli ekskavatorlarningasosiy va yordamchi mexanizmlari
3.Ko’p kovshli ekskavatorlarningasosiy va yordamchi mexanizmlariga qo’yiladigan talablar
4.Ko’p kovshli ekskavatorlarтningelektr ta’minoti sxemasi
5.Ko’p kovshli ekskavatorlarning elektr ta’minotining o’ziga xosligi
Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar

Ko’p kovshli ekskovatorlar elektr uskunalari. Ochiq kon ishlarida bir kovshli ekskovatorlardan tashqari qulay kon-geologik sharoitlarida ish unumdorligi yuqori bo’lgan ko’p kovshli zanjirli va rotorli ekskovatorlar ishlatiladi. Ko’mir qazib olishda ish unumdorligi 630, 1250, 2500 va 5250 bo’lgan rotorli ekskovatorlar keng qo’llaniladi. Qazish rotorli ekskovatorlar ekspluatatsiyasi amaliyoti ular yil davomida noqulay ob-havo sharoitlarida ham ishonchli ishlashini ko’rsatdi.


Kichik ish unumdorligiga ega ekskovatorlar odatda ichki yonuv dvigatelli yoki uch fazali asinxron dvigatelli bir dvigatelli uzatmaga ega. O’rtacha va yuqori ish unumdorligiga ega zamonaviy ko’p kovshli ekskovatorlarda faqatgina ko’p dvigatelli uzatma qo’llaniladi. Masalan, ERG-1600 32 ochish rotorli ekskovatorida umumiy quvvati 7100 kW bo’lgan 124 ta elektr mashinalari o’rnatilgan.
ERShR- rotorli ekskovatorida ikkidvigatelli uzatma rotori umumiy quvvati 2300 kW ga, burilish ikki dvigatelli uzatmasida – 140 kW, to’rt dvigatelli harakat uzatmasida – 1024 kW ga teng. ERShRD- qazish rotorli ekskovatorida umumiy quvvati 13490 kW bo’lgan 160 ta elektr mashinalari o’rnatilgan.
Ko’p dvigatelli uzatmaga ega ko’p kovshli ekskovatorlarda asosan quyidagi elektrodvigatellar qo’llaniladi: 1) kovsh zanjiri yoki kovshli rotorni harakatga keltiruvchi asosiy dvigatel; 2) ekskovator kovsh yoki rotor o’qini ko’tarish uchun chig’iriq dvigateli; 3) harakat mexanizmlari dvigatellari; 4) burilish mexanizmlari dvigatellari; 5) konveyerlar dvigatellari; 6) yordamchi mexanizmlar (kompressorlar, to’yintirgichlar, kranlar, moynasoslar, kabel barabani va boshqalar) dvigatellari. Ko’p kovshi ekskovatorlarda asosiy uzatma kovsh zanjiri yoki rotor uzatmasidir.
Ekskovator barcha dvigatellarini boshqarish boshqaruv postidan amalga oshiriladi. Odatda ko’p kovshli ekskovatorlarda ikkita uskunalar komplektiga ega ikkita boshqaruv posti - ekskovator har bir yo’nalishi uchun ikkiatadan o’rnatiladi. Har ikkila postdan bir vaqtning o’zida ekskovatorni boshqarishni oldini olish uchun pultlar orasiga elektr bloklash ko’rib chiqilgan.
Ko’p kovshli ekskovatorni boshqarishdagi asosiy operatsiyalarni uch guruhga ajratish mumkin:
1) qazish jarayonini boshqarish, ya’ni mexanizmlar berilgan ish rejimini ta’minlovchi boshqaruv;
2) qazish jarayoni bilan bevosita bog’lanmagan va berilgan texnologiyalar bilan zaboy geometrik parametrlarini ta’minlovchi o’rnatish operatsiyalarini (ekskovatorni ko’chirish, o’q tushishi va ko’tarilishi, kovsh yoki rotorli o’q burilishi burchagini cheklash) boshqarish;
3) ekskovator ishining kompelks unumdor ishlashini, ta’minlovchi kompelks tarkibiga kiruvchi boshqa mashinalar va qurilmalari (konveyer qurilmalari, ag’darma hosil qiluvchilar, transport-ag’darma ko’priklari) ishiga mos tushish operatsiyalarini boshqarish.
O’rtacha va yuqori ish unumdorligidagi ko’p kovshli ekskovatorlar faqatgina ko’p dvigatelli uzatmaga ega bo’lganligi sababli, o’zaro ulangan uzatmalar elektro dvigatellari mexanizmlar ishga tushirilish va o’chishi ma’lum ketma-ketligi ta’minlanadigan qilib ulanishi kerak. Masalan, zanjirli gusenitsali ekskovator uchun mexanizmlarni ishga tushirish va ishlatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: yuklovchi konveyer, to’yintirgich, kovshli zanjir dvigateli, harakat va burilish mexanizmi, gusenitsalarni boshqarish uzatmasi. Bu mexanizmlarni to’xtatish teskari tartibda amalga oshiriladi.
Rotorli ekskovatorlar mexanizmlarini yoqish quyidagi tartibda: yuklovchi konveyer, oraliq konveyerlar, rotorli konveyer, rotor uzatmasi, ekskovator burilish mexanizmlari va rotorli o’qni uzatish va ko’tarish uzatmalari. Mexanizmlarni to’xtatish teskari tartibda amalga oshiriladi.
Ko’p kovshli ekskovatorlar karyer taqsimlash tarmoqlaridan 6 yoki 10 kVda, ekskovatorlar kichik modellari – 380-660 V kuchlanish tarmoqlaridan to’yinadi. Ko’p kovshli ekskovatorlarga energiya uzatish usuli harakat uskunalari turiga bog’liq. Temiryo’l harakatidagi ekskovatorlarga maxsus kabel barabanga joylashtiriladigan ingichka kabel liniyalari orqali, gusenitsa harakatidagi ekskovatorlarga uzunligi 500 – 600 m va undan ko’p bo’lgan ingichka kabel liniyalari orqali yetkaziladi. Rotorli ekskovatorlarga xos sifatida KGE kabel bo’ylab 6 kV kuchlanish havo liniyasidan to’yinuvchi ERG- ekskovatori elektr ta’minoti sxemasini ko’rib chiqamiz (1- rasm). Elektr uzatish liniyasiga kabel YKNO-6 ulash punkti yoki boshqa istalgan turdagi punkt orqali ulanadi.
Ekskovatorda to’yintiruvchi yuqori voltli kabel mashina harakat qismida o’rnatilgan kabel barabani uskunasiga tok qabul qiluvchisiga o’rnatiladi. Kabel baraban tok qabul qiluvchisidan mashina burilish platformasi va harakat aravachasi ramasi orasidagi tekislikka mustahkamlangan QT yuqori voltli halqasimon qabul qiluvchi orqali kuchlanish yuqori voltli kabellar bo’ylab yuqori voltli uskuna kabinasiga o’rnatilgan 2KVE-6 yuqori voltli taqsimlash uskunasi RV-6/400 uzgichiga yetkaziladi.
E RG-400 ekskovatori elektr ta’minoti.

Uzgichdan yuqori voltli kuchlanish ikkia yo’nalish bo’ylab taqsimlanadi: PKE-6 yuqori voltli predoxranitellar orqali quvvati 20 va kuchlanishi 6000/230 V bo’lgan TME-20/6 yoritish transformatoriga va VME-6 moyli o’chirgich orqali quvvati 560 va kuchlanishi 6000/400 V bo’lgan TME-560/35 kuch transformatoriga. TM kuch transformatori maxsus ekskovator tuzilishiga ega ( krengacha yo’l qo’yiladi). Ushbu transformatordan nominal kuchlanish 380V barcha asosiy va yordamchi mexanizmlar transformatorlari to’yinadi.


So’nggi yillarda ekskovator yacheykalarida moyli o’chirgichlar o’rniga vakuumli o’chirgichlar qo’llanila boshlandi (KRUE-10V-400/20, KRUE-10V-630/20, 3KVE-10-630... 1600/20, 2KVE-6M-630/10 taqsimlash shkaflari). Masalan, VVTE-10/630-20 vakuumli o’chirgichli KRUE-10V-400/20 taqsimlash shkaflari nominal kuchlanish 6 – 10kV, nominal tok 400 A gacha, o’chirish toki 20 kA gacha bo’lgan ekskovatorlar va burg’ilash uskunalari elektr ta’minoti sistemlarida ishlash uchun mo’ljallangan.
Shkaflar vakuumli o’chirgichlar, yerga ulovchi pichoqli yuqori kuchlanish uch fazali uzgichlari, kuch predoxranitellari, tok va kuchlanish tranformatorlariga ega qilib chiqarilmoqda. Shkaflarda kichik gabaritli yangi uzgichlar qo’llanilishi 6 kV KRU o’lchamlaridagi 10 kV KRU ni yaratish va KRU ni 6 va 10 kV kuchlanishga moslash imkonini berdi. Bundan tashqari, quyilgan izolyatsiyali tok va kuchlanish transformatorlariqo’llanilgan.Elektr energiya egiluvchan kabel orqali ekskvatorga KTQ dan uzatiladi. Ekskavatorning tarqatish punkti uning pastki ramasida, kabel barabani bilan yonma-yon joylashtirilgan bo’lib, yuqori aylanuvchan qismiga elektr energiya kontakt xalkalar yordamida uzatilgan.
1-rasmda ERG-400-17/15 rotorli ekskavatorning bir chiziqli elektr sxemasi keltirilgan. Bu ekskavatorning yuritgichlari (buruvchi yuritgichlardan tashqari) asinxron mashinalardan bo’lib, uch fazali Z80 V kuchlanishli elektr energiya bilan xarakatga keltiriladi. Burish yuritgichlari M23, M23G`1 va M23G`2 esa, G-10 sistemasiga mansub bo’lib 500 kVt li sinxron mashina yordamida o’zgarmas tok bilan taominlanadi.
Rasmda keltirilgan sxemadan ko’rinib turibdiki, rotorli ekskavatorlarning elektr uskunalari turli va ko’p sonlidir. Masalan ERG-1600-40 ekskavatorlarida 124 elektr mashina bo’lib, umumiy kuvvati 7100 kVt ni tashkil qiladi.
Rotorli ekskavatorlar bir-biridan asosan, rotor g’ildiragining burish va yurish mexanizmlarining yuritmalarini quvvati bilan fark qiladilar. Masalan, ERSHR-2600-50/5 ekskavatorning rotor g’ildiragiga ikki yuritgichli umumiy quvvati 2300 kVt, burish mexanizmiga ikki yuritgichli 140 kVt li yurish mexanizmiga esa, to’rt yuritgichli umumiy kuvvati 1024 kVt li yuritmalar o’rnatilgan. Ekskavatorlarniig G-Yu tizimi, kuchlp magnit kuchaytirgichlar bilan boshqariladi. YER-1250 rotorli ekskavatorlarda esa, ikki yuritgichli boshqariluvchan tiristorli o’zgartirgich - yuritgich (BTU-Yu) tizimi qo’llanilgan.



Download 487.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling