1. Ko‘p oraliqli statik aniq tizimlarda qo‘zg‘uvchan yuklar. Ko‘p oraliqli statik aniq sharnirli balkalarni qo‘zg‘almas yuklar ta’siriga hisoblash


Download 411.95 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi411.95 Kb.
#1428448
Bog'liq
34 Ko‘p oraliqli statik aniq tizimlarda qo‘zg‘uvchan yuklarning optimal holatini aniqlash

Ko‘p oraliqli statik aniq tizimlarda qo‘zg‘uvchan yuklarning optimal holatini aniqlash .

REJA:

1.Ko‘p oraliqli statik aniq tizimlarda qo‘zg‘uvchan yuklar.

2.

Ko‘p oraliqli statik aniq sharnirli balkalarni qo‘zg‘almas yuklar ta’siriga hisoblash.

Ko‘p oraliqli sharnirli balkalarning hisobi ularning eguvchi momentlar va ko‘ndalang kuchlar epyuralarini qurishdan iboratdir.

Bizga materiallar qarshiligi kursidan epyuralarni qurishdan maqsad balkaning ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini aniqlashdan iborat ekanligi ma’lum. Epyuralarni qurish materiallar qarshiligi kursida bayon etilgan qoidalar asosida bajariladi.

Ko‘p oraliqli balkalarning hisobi qavatlar sistemasini qurishdan boshlanadi. Mustaqil ravishda avval ikkinchi darajali (osma) balkalar, so‘ngra asosiy balka hisolanadi. Osma balkalar bir netcha bo‘lsa, hisob eng ustki qavatdan boshlanadi. Buning sababi shuki, ustki qavatdagi yukning ta’siri pastki qavatdagi balkalarga ham ta’sir etadi. Buni hisobga olish uchun ustki balkaning tayanch reaksiyasini pastki balkaga teskari yo‘nalishda qo‘yiladi va pastki balkani hisoblashda uni tashqi kuchlardan biri deb qaraladi. Hisob oxirida alohida qurilgan epyuralar bir o‘q ustida joylashtiriladi.

Misol uchun ko‘p oraliqli statik aniq balkaning M va Q epyurasini qurishni ko‘rib chiqaylik (3-rasm, a).

  • Misol uchun ko‘p oraliqli statik aniq balkaning M va Q epyurasini qurishni ko‘rib chiqaylik (3-rasm, a).
  • Berilgan balkaning qavatlar sistemasini quramiz va hisoblash tartibini belgilaymiz.
  • Hisob ishlari EF balkadan boshlanadi. Uni asosiy balkadan ajratib olib, mustaqil ravishda M va Q epyurasini quramiz.
  • Shundan so‘ng CD balkasi hisoblanadi. EF balkasiga qo‘yilgan yuklarning CD
  • balkasiga bo‘lgan ta’siri RB reaksiyasi orqali hisobga olinadi.
  • O‘z navbatida CD va EF balkalariga qo‘yilgan yuklarning AB balkasiga bo‘lgan ta’siri Rс orqali hisobga olinadi

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Materiallar qarshiligidan masalalar to‘plami. V.K.Kachurin tahriri ostida. Oliy texnika o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma – T.: O‘zbekiston, 1993. – 336 b.
2. Mirsaidov M.M. va boshqalar.Materiallar qarshiligi.Oliy oquv yurtlari uchun darslik. –T.:“Fan va texnologiya”, 2010. – 412 b.
3. Usmonkulov A.Q., Ismayilov K. va boshqalar Materiallar qarshiligi. 1-qism.–T.: “Mashhur- press”, 2018. –344 b.
4. Usmonkulov A.Q., Ismayilov K. va boshqalar Materiallar qarshiligi. 2-qism. –T.: “Mashhur-press”, 2019. –320 b
n adabiyotlar
Download 411.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling