155.Ikki yoki undan ortiq kompaniyalar asosida yangi kompaniya vujudga kelishi nima deb ataladi?
korporativ birlashish;
korporativ boʻlinish;
konglomerat qoʻshilish;
xoldinglar.
156.Bitta tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishi yoki qoʻshib olinish holatlari qanday birlashish hisoblanadi?
gorizontal birlashish;
milliy birlashish;
xalqaro birlashuv;
vertikal birlashuv.
157.Aviakompaniyalarning turizm agentliklarini oʻziga qoʻshib olishini birlashish va qoʻshib olishlarning qanday shakliga kiritish mumkin?
vertikal birlashish yoki qoʻshib olish;
gorizontal birlashish yoki qoʻshib olish;
aviakompaniyalarning turizm agentliklarini oʻziga qoʻshib olishi ta’qiqlangan;
konglomerat qoʻshib olish yoki birlashish.
158.Konglomerat qoʻshib olish amaliyoti oʻzida nimani nazarda tutadi?
faoliyat yoʻnalishlari oʻzaro bogʻliq boʻlmagan kompaniyalar- ning biri tomonidan ikkinchisining qoʻshib olinishi;
bitta tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishi yoki qoʻshib olinish holatlari;
oʻzaro bogʻliq tarmoqlarda yirik kompaniya tomonidan biznesning turli bosqichlaridagi kompaniyalarni oʻziga jalb etish orqali faoliyatni tashkil etishi;
korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlar amaliyotida bunday tushuncha amal qilmaydi.
159.Oʻzaro birlashayotgan yoki qoʻshib olinayotgan kompaniyalarning mamlakatlarga mansubligidan kelib chiqqan holda birlashish va qoʻshib olishlarni qanday turlarga ajratish mumkin?
milliy va transmilliy birlashishlar;
gorizontal va vertikal birlashishlar;
transchegaraviy birlashishlar;
oʻzaro himoyaviy birlashishlar va qoʻshib olishlar.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |