1. Korrupsiya o’zi nima? Uni kimlar amalga oshiradi? Korrupsiya qanday vujudga keladi? degan muammoli savollar jamiyatimizda uchrab turadi


Download 470.43 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi470.43 Kb.
#1580931
Bog'liq
1.Korrupsiya o’-WPS Office


1.Korrupsiya o’zi nima? Uni kimlar amalga oshiradi? Korrupsiya qanday vujudga keladi? — degan muammoli savollar jamiyatimizda uchrab turadi. Ommaviy axborot vositalari orqali, korrupsiya bilan bog’liq juda ko’plab jinoyatlarni ko’rishimiz mumkin. Xo’sh, korrupsiya o’zi nima? Uning asl mohiyati, uni harakatlantiruvchi kuchlar kimlar?
Korrupsiya so’zi lotincha “buzish”, “aynish” degan ma’nolarni anglatadi. Biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda o’zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfatlar maqsadida foyda olishidir. Korrupsiya atamasi odatda siyosiy apparatga nisbatan ishlatiladi. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi.
Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Xalqaro darajda 1970-yilda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oily davlat amaldorlarini sotib olish bo’yicha “Lokxid ishi” eng yirik korrupsiya ko’rinishlariga misol bo’ladi.
Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga poraxo’rlik, firibgarlik, tovlamachilik, nepotizm kiradi. Bunday jinoyatlarning ko’plab sodir etilishi iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi va siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin. Mustaqillikga erishganimizdan keying davrda ushbu turdagi jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qator normative huquqiy hujjatlar qabul qilingan, unga qarshi kurashuvchi davlat idoralari,ularning tarkibiy tuzilmalari tashkil etilgan bo’lsada, unga qarshi kurashish ko’ngildagidek bo’layotgani yo’q.
Eng xatarlisi esa odamlarni bunday holga nisbatan befarqligi, unga oddiy holat sifatida munosabatda bo’lishidir. Chuqurroq o’ylab qarasak korrupsiya va unga bog’liq bo’lgan iqtisodiy jinoyatchilik davlatlarning bugungi iqtisodiy va siyosiy vaziyatida taraqqiyotga to’sqinlik qiladi.
Korrupsiyadan ko’rilayotgan zararning ko’lami cheksiz. Glabal moliyaviy oshkoralik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2001-yildan 2010-yilga qadar dunyoning 150 rivojlanayotgan davlatida 6 trillion dollarga yaqin pul korrupsiya bois ko’kka sovurilgan. Bunday davlatlar ro’yxatining boshida Xitoy turibdi. O’tgan 10 yil davomida bu o’lkada 2,75 trillion dollar noqonuniy oldi-berdi uchun sarflangan. Ayni davrda Meksikada 476 milliarda dollar pul davlat g’aznasidan o’marilgan, ya’ni har bir fuqarodan 4500 dollardan o’g’irlandi degani. Rossiyada korrupsiya keltirgan zarar 152 milliard dollarga teng. Afrika davlatlarida eng korrupsiyalashgani Nigeriya.
Download 470.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling