1. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlili uchun axborot manbalari


Download 199.1 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi199.1 Kb.
#1490676
  1   2   3
Bog'liq
Farhod dehqon bozori AJ (1) 22





9-Variant
1.Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlili uchun axborot manbalari.
2.Reyting baholash ko‘rsatkichlari va ularning normalari formulasi asosida biror korxona ko‘rsatkichini tahlil eting va xulоsa yozing.
1. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini, moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lay olishi, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni, daromadlar bilan pul oqimlarini oqilona taqsimlashni, iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholashni, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o‘zining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini baholashning muhim usulidir.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati:
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishni, xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi va rentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir;
- tashkil topishdan likvidlik jarayonigacha bo‘lgan davrda korxonani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning resurslar bazasini shakllantirish va ulardan foydalanishning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishidagi keng qamrovli faoliyatdir.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning asosiy maqsadi – xo‘jalik subyektining muhim (axborot beruvchi) ko‘rsatkichlari orqali faoliyat natijaviyligiga, foyda va zararlarga, pul mablag‘lari oqimiga va moliyaviy holatiga obyektiv baho berish, yo‘l qo‘yilgan xato, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali uni kelgusida yanada yaxshilash choralarini ko‘rishdan iborat. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin. Subyektiv (ichki) omillar deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi. Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab-taklifning o‘zgarishi, inflyatsiya va hokazo jihatlar. Axborot manbalardan foydalangan holda o‘rganish deganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining aniq o‘lchangan, jamlangan, umumlashtirilgan hisobot holiga keltirilgan axborotlardan, shuningdek hisobdan tashqari (rejalar, normalar va h.k.) turli manbalardan foydalangan holda o‘rganish tushuniladi. Davriy o‘rganish deganda uni axborot manbalarining tahliliyligida operativ, joriy va istiqbolli o‘rganishning zaruriyati nazarda tutiladi. Fanning predmeti bilan bir qatorda uning obyektiga ham alohida ahamiyat qaratiladi. Tahlil fanining obyekti turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning tarkibiy bo‘g‘inlari (bo‘lim, sex, brigadalar) faoliyati, iqtisodiy natijalari, mulkiy-moliyaviy holati, ishlab chiqarish, ta’minot, sotish, moliyaviy faoliyati hisoblanadi.

2. Reyting baholash ko‘rsatkichlari va ularning normalari formulasi asosida biror korxona ko‘rsatkichini tahlil eting va xulоsa yozing.


"Farhod dehqon bozori" aksiyadorlik jamiyatining reyting baholash ko’rsatkichlari va ularning normasini formula asosida ko’rsatkichlarni tahlil qilamiz.
Eдиный портал корпоративной информации
Отчеты
"Farhod dehqon bozori" AJ

Акциядорлик жамиятиятларининг йиллик ҳисоботи
Орган эмитента, утвердивший отчет Умумий йиғилиш
Дата утверждения отчета 12.04.2023





  1. Download 199.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling