1. Korxonalar iqtisodiy ahvoliga ko‘ra guruhlari


Download 148.79 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi148.79 Kb.
#1490694
  1   2   3   4
Bog'liq
G\'ijduvon dehqon bozori AJ


VARIANT-21
1. Korxonalar iqtisodiy ahvoliga ko‘ra guruhlari.
2. Ish aktivligi ko‘rsatkichlari formulasi asosida biror korxona ko‘rsatkichini tahlil eting va xulоsa yozing.
1. Korxonalar iqtisodiy ahvoliga ko‘ra guruhlari.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Ko‘mitasining “Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi qarori”ga muvofiq korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- iqtisodiy barqaror;
- iqtisodiy tahlikali (xavf-xatarli);
- iqtisodiy nobarqaror (to‘lovga qobilligini tiklash imkoniiga ega bo‘lgan korxonalar, to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lmagankorxonalar)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy holatini baholash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasining “Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi qarori”ga muvofiq quyidagi ko‘rsatkichlartizimini o‘rganish tavsiya etiladi.
- to‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti (Ktl);
- o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti (Kat);
- korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi (Ra, Rx).
Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan shuningdek, quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladi:
- o‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti (Ko‘q);
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti (Kquv);
- asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti (Kesk).
Iqtisodiy nochorlik tahlilida asosiy jihatlar pullik majburiyatlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining
mavjudligiga, korxonaning qisqa muddali majburiyatlarini joriy aktivlar bilan to‘lashga qodir emasligiga, rentabellikning quyi darajasi yoki zararga ishlash holatiga alohida ahamiyat qaratiladi.
Korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holatini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari tavsifi:
Muddati o‘tgan kreditorlik majburiyatlari sifatida pullik va majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lov muddati kelib uch oydan ortiq muddat o‘tgan kreditorlik majburiyatlari summasi nazarda tutiladi. To‘lov layoqati koeffitsiyenti joriy aktivlar summasining uzoq muddatli majburiyatlar summasiga kamaytirilgan jami majburiyatlarni qoplashga imkoniyatini xarakterlaydi.

Download 148.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling