1. Korxonalar moliyasini tashkil etishning nazariy asoslari


Download 116.5 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1527160
  1   2
Bog'liq
moliya va soliqlar finally tayyor


Reja:

Kirish……………………………………………………………………… 2


1. Korxonalar moliyasini tashkil etishning nazariy asoslari……………….4.
2. Tijorat korxonalari moliyasini to’gri tashkil etish uslubiyati………………7
3. Tijorat korxonalar moliyasini to’g’ri tashkil etish prinsiplari…………14
Xulosa……………………………………………………………………21
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………..........................23

Kirish
Yuridik shaxs – fuqarolik huquqi subyekti, fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchisi. O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq, foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin. Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin. Yuridik shaxslarning yuqoridagidek farqlanishidan kelib chiqib, ularning moliyasini ham ikkita sohaga ajratish mumkin: tijorat korxonalari moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi. Bu ikki guruh xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish shakli, daromadlar va xarajatlarni shakllantirishi, mulkka egalik qilishi, majburiyatlarni bajarishi, soliqqa tortilishi bilan bog‘liq holda o‘zining xususiyatlariga ega. Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi, moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar. Iqtisodiy tuzumdagi o‘zgarishlar natijasida tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi xususiy kapitalina saqlab holda foyda olish bo‘lib qoldi. Tijorat tashkilotlari va korxonalari tadbirkorlik faoliyatini olib borishida ishlab chiarishni tashkil etish va mahsulot realizatsiyasi, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish, o‘z moliyaviy resursalirini shakllantirish va moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb qilish, ularni taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi.


1.Korxona moliyasini tashkil etishning nazariy asoslari.
Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida jamiyat mikyosida yaratilgan milliy daromadni taqismlash va qayta taqsimlash, pul fondlarini shakllantirish va shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish bilan bog’liq bo‘lgan pul munosabatlarni anglatib ikki yirik sohaga: davlat moliyasi va korxonalar moliyasiga bo‘linadi. Davlat moliyasining bosh markazida jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan milliy daromadni taqsimlanish jarayoni turadigan bo‘lsa, korxonalar moliyasining markazida sotuvdan tushgan tushum turadi.
Shuning uchun ham mahsulot sotuvidan, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlardan tushgan tushum shakllanishi va uning taqsimlanish jarayoni korxonalarda moliyaviy munosabatlarni shakllanishini asosi hisoblanadi. Chunonchi, aksariyat moliyachi-iqtisodchilar takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlash va ayirboshlash boskichlari korxonaning moliyaviy faoliyatini boshlanish boskichi hisoblanadi deb ta’kidlaydilar. Umuman korxonalarda mavjud ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini hamma bosqichlarini 3 turga: investitsion faoliyat, operatsion faoliyat va moliyaviy faoliyat kabi turlarga ajratishimiz mumkin. Investitsion faoliyat mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy asosiy va aylanma kapitallarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan bog’liq jarayonni o‘z ichiga oladi. Operatsion jarayon esa mahsulot ishlab chiqarish davri yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bilan bog’liq 3hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat esa ishlab chiqarilgan mahsulotni sotuvidan tushgan tushumni taqsimlanishi natijasida markazlashtirilgan va markazlashtirimagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog’liq munosabatlarni o‘z ichiga olib korxona iqtisodiy moliyaviy faoliyatining haqikiy natijalarini baholab beruvchi jarayon hisoblanadi. Moliya taqsimlanish munosabatlarini o‘zida aks ettirishi bilan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining hamma boskichlarida ishtirok etadi. Korxonalar moliyasining mavjudligi bozor munosabatlarining mavjudligi va qiymat qonunining amal qilishi bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning realizatsyasi tovar qiymatining puldagi ifodasi hisoblanuvchi narxlar bo‘yicha pulga sotish va sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ammo pulning o‘zigina moliyaviy munosabatlarni yoki moliyani anglatmaydi. Pul boshqa tovarlarni qiymatini o‘zida aks ettiruvchi maxsus tovargina hisoblanadi va uning muomalasi sodir bo‘ladi. Moliya iqtisodiy munosabatlar hisoblanib pul aylanishi vositasida amalga oshiriladi. Bu moliyaning pul munosabatlaridan iborat xususiyatli belgisi hisoblanadi.
Tovarlar sotuvi natijasida olingan pul tushumlarining taqsimlanishi natijasida korxonalarda turli xo‘jalik subyektlari bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlarning qiymati nuqtai nazaridan o‘zaro unda ishtirok etuvchilar o‘rtasidagi taqsimot munosabatlari yuzasidan sodir bo‘ladi. Xususan iqtisodiy nazariyada tovar bilan mahsulotning asosiy farqli jihatlari sotish uchun mo‘lljallangan mahsulotlargina tovar harakterini olishi va bundan tovarlar ijtimoiy harakter kasb etishini ta’kidlab utiladi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarilgan tovarlar, ularni sotib oluvchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko‘rsatuvchilar va davlat budjeti o‘rtasida qiymat taqsimot munosabatlari amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizma asosida ko‘rib o‘tamiz.
Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar hisoblanavermaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va ularni qaytarish jarayoni, kreditorlik qarzlarni qaytarish jarayonidagi munosabatlarni moliyaviy munosabatlarga kirita olmaymiz. Moliyaviy munosabatlarning yagona o‘ziga hos belgilari, ularning yaratilgan qiymatni taqsimlash xususiyati bilan belgilanadi. Tovarlar sotuvidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
- sotuvdan tushumga ega bo‘lgan korxonalar va hamma turdagi budjetga to‘lovlar;
Tijorat korxonalar bilan budjetdan tashqari pul fondlari o‘rtasidagi o‘zaro pul munosabatlari;
Tijorat korxonalar bilan banklar o‘rtasidagi kredit foizlarini qaytarish bilan bog’liq pul munosabatlar;
Tijorat korxonalar o‘rtasidagi xom ashyo sotib olish, yoqilg’i va boshqa moddiy mahsulot sotib olish jarayonidagi pul munosabatlar va boshqalar;
Tijorat korxonalar bilan sug’urta tashkilotlari o‘rtasidagi sug’urta fondini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bog’liq pul munosabatlar;
Boshqa korxonalar fondli qiymatliklariga investitsiya qilish natijasida olingan dividendlar va foizlar olish bilan bog’liq pul munosabatlar;
Korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilar yoki sotib oluvchilar tomonidan sarflangan mehnatning puldagi ifodasi ya’ni tovar bahosi asosida o‘zaro tovarda gavdalangan qiymat sifatida almashinadi va natijada sotib oluvchilar bilan o‘zaro pul munosabatlari vujudga keladi. Shuningdek yaratilgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zaruriy xom ashyo harajatlari yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib beriladi va korxonalarda boshqa korxonalar bilan o‘zaro qiymatni taqsimlanishi mexanizmida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi.
Tushumning miqdori hamisha ham tovarning qiymatiga mos kelmaydi. Bir qancha holatlarda korxonalar o‘zlarining mahsulotlarini tannarxdan past sotishiga to‘g’ri keladi.va zararga ega bo‘ladi. Bunday holatlar bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizim sharoitlaridagi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog’liq umumiy prinsiplar nuqtai nazaridan yuzaga keladi. Bunday holat har qanday tovarlarga nisbatan bozorlardagi talab uning bahosi va bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi dinamik o‘zgarishlar, tovarlarning muomala harajatlarini keskin ravishdagi ortib ketishi, mamlakatdagi baholardagi o‘zgarishlar kabi omillar ta’sir etishi mumkin.
Bundan tashqari, xom ashyo yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasida vujudga keluvchi pul munosabatlari natijasida tushumga ega bo‘lgan korxonalarda yetarli aylanma mablag’larning asosiy manbai hisoblangan moliyaviy mablag’lar shakllanadi.
Korxonalar sotuv qilingan tovarlarni birlamchi taqsimlash natijasida ish haqi fondini shakllantiradi. Ish haqi fondini shakllantirilish jarayoni o‘zaro molyaviy munosabatlar hisoblanadi va ish haqi fondi ishchilar mehnati uchun to‘lanadigan zaruriy moliyaviy manba bo‘lishi bilan birgalikda budjetdan tashqari fondlar uchun ham muhim moliyaviy manba rolini o‘ynaydi.
Korxonalarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda moliya- kredit tizimi muhim rol o‘ynaydi. Birinchidan, takror ishlab chiqarish jarayoni uchun zaruriy asosiy va aylanma mablag’larni shakllantirishda kredit mablag’larining o‘rni, yoki bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlar moliyaviy faoliyatining bosh prinsiplaridan biri bo‘lgan iqtisodiy xatarlarni sug’urta qilish natijasida sug’urta munosabatlarini o‘rni g’oyat yuqori hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumning elementi hisoblangan foyda kredit sug’urta munosabatlari natijasida qilinadigan moliyaviy harajatlarni asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi. Ammo shuni hisobga olish lozimki mahsulot sotuvidan ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha tushgan tushum dinamik o‘zgarishlari korxona faoliyatini mukammal baholash imkoniyatiga ega emas. Chunki tushumning ko‘payishi uning harajatlar elementlarini ortishi hisobiga yoki mahsulot ishlab chiqarish birligini oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin. Modomiki, hozirgi iqtisodiy islohotlarni asosiy yo‘nalishi mahsulot ishlab chiqarishning ekstensiv yo‘lini emas balki intensiv yo‘nalishlarini istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib beradi. Bunday sharoitda mahsulot sotuvi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum miqdorining ortganligini moliyaviy samaradorligini baholash uchun uning taqsimlanishi yo‘nalishlarida pul okimlarini baholashni lozimligini ko‘rsatadi.
2. Tijorat korxonalar moliyasini ro’g’ri tashkil etish uslubiyati.
Tijorat korxonalari iqtisodiy faoliyatining mustahkamligi moliyaviy mablag’larni tashkil etish va moliyaviy resurslarni harakatini samarali tashkil etish orqali erishiladi. Moliyaviy mablag’larni shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunishni, amaliyotda moliyaviy menejement uslublari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil va rejalashtirish kabilardan foydalanishni talab etadi.
Shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti obyektiv taraqqiyotining shiddatliligi va o‘tish davriga hos ziddiyatlarning mavjudligi ko‘pchilik korxonalarni to‘lovga layoqatsizlikka va inqirozga yuz tutishga olib keladi. Bu sharoitlarda moliyaviy mablag’larning mohiyatini faqatgina pul mablag’larining tashkil topish manbai sifatida tushunish ularning bozor iqtisodiyoti shakllanishi va tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotidagi roli va ahamiyatini to‘la yorita olish imkoniyatini bermaydi, hamda korxonalar moliyaviy mablag’larni okilona boshqarishning ahamiyatini tushunib yetmaslikka olib keladi. Shunday qilib korxonalar moliyaviy 4mablag’lari mohiyatini urganish va ularni yanada samaralirok harakatini tashkil etish yo‘llarini qidirib topish xo‘jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida korxonalarning meyordagi faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi moliyaviy mablag’larsiz erishib bo‘lmaydi. Korxonalarda moliyaviy mablag’larning yetarliligi uning hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi garovi hamda sotib oluvchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning va kredit qaytarilishining o‘z vaqtidaligini ta’minlash kafolatidir. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda korxonalar to‘lovga layoqatliligi muammosi jiddiy va iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish davridagidan ham o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mol yetkazib beruvchilar uchun hissadorlar uchun, banklar kreditlari uchun bozordagi raqobat kurashida majburiyatlarini vaqtida bajara oladigan va moliyaviy mablag’lardan samarali foydalanadigan korxona yutib chiqadi.
Shunday qilib, korxona to‘lovga layoqatliligi muammosining keskinlashuvi va bu bilan bog’liq tarzda moliyaviy mablag’lar rolining o‘sishi moliyaviy mablag’larning mazmunini, shakllanish va ishlatilish jarayonini tushunishga yangicha yondashuvni hamda ularni boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘llarini beliglaydi.
Moliyaviy mablag’lar tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari (pul mablag’lari fondlari) singari korxonalar moliyaviy mablag’lari o‘sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga ega biroq, pul mablag’lari fondlari moliyaviy mablag’lar ishlatilishining yagona yo‘nalishi emasdir. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy mablag’lar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil kilmasdan ham ishlatilishi mumkin. Moliyaviy mablag’larni pul mablag’lari manbalari sifatida, ya’ni ularning tashkil topish shakllari va usullariga ko‘ra tushunish, bizning fikrimizcha, hozirgi zamon haqiqatlarini to‘la hisobga olmayotir.
Mahsulot yuklab jo‘natish bo‘yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy mablag’larini muhim manbai bo‘lgan foydaga ega bo‘lishlari mumkin. Biroq bu hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi imkoniyatlarini kafolatlamaydi.
Korxonalar moliyaviy mablag’larini faqat qiymat kategoriyasi sifatida tushunish samarali tadbirkorlik faoliyati uchun ularni ahamiyatini to‘la aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxonalar moliyaviy mablag’lari mazmunini ularning o‘z majburiyatlri bo‘yicha vaqtida hisob-kitob qilishlariga hamda takror ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon beruvchi pul mablag’larining yigindisi sifatida tushunish mumkin.
Moliyaviy mablag’lar mohiyatini shunday talqin etishning yana bir yorqin misolini E.A.Kozlovskaya boshliq mualliflar fikrida ko‘rish mumkin “korxonaning moliyaviy mablag’lari -uning ixtiyorida bo‘lgan va turli moliyaviy majburiyatlarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bo‘yicha va xodimlarni iqtisodiy rag’batlantirish bo‘yicha harajatlarni amalga oshirishga qaratilgan pul daromadlari va tushumlaridir”. Biroq, shunga alohida etibor berish lozimki rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida “Pul mablag’lari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi va bankdagi hisob raqamlaridagi pul mablag’lari hamda qimmatbaho qog’ozlarda ifodalanuvchi qisqa muddatli yuqori likvidli sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushuniladi. Albatta moliyaviy bozorning rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz iqtisodiyotida ham qimmatbaho qog’ozlarning qisqa muddatli va yuqori likvidli turlari o‘z o‘rnini egallaydi.
Korxonalar moliyaviy mablag’larini pul mablag’lari summasi va korxonalar ixtiyoridagi pul ekvivalentlarining yigindisi sifatida tushunish bilan birga bizning fikrimizcha moliyaviy mablag’larning dinamik harakatchanligini ya’ni ularning shakllanishi va ulardan foydalanish jarayonida doimo o‘zgaruvchanligini ham alohida belgilab utish lozim. Moliyaviy mablag’larni ularning harakati jarayonidan ajratilmagan holda ko‘rib chiqish imkoniyatining yukligi shu bilan belgilanadiki mablag’larning alohida olingan bir sharoitdagi holatini uning harakati natijasidir. Korxonaning barcha joriy va uzoq muddatli majburiy to‘lovlarining o‘z vaqtidaligini ta’minlash uchun moliyaviy mablag’lar harakati jarayonini boshqarish zaruriyati vujudga keladi.
Moliyaviy mablag’larning dastlabki shakllanishi korxona ta’sischilari tomonidan uning ustav fondi tashkil etilayotgan vaqtga to‘g’ri keladi. Korxona ustav fondining tashkil topishi manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy huquqiy shakllariga ko‘ra quyidagilar kiradi:
-shaxsiy jamg’armalar (xususiy korxona uchun);
-hissadorlik kapitali;
-shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari;
-budjet mablag’lari uzoq muddatli kredit.
Moliyaviy mablag’larning ishlatilishi qator yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladiki ularning asosiylari quyidagilar:
-moliya-bank tizimi muassasalariga to‘lovlar (soliq va to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlar, kreditning qaytarilishi, sug’urta to‘lovlari va x.k.);
Korxona o‘z mablag’larining ishlab chiqarishni kengaytirish texnik qayta kurollantirish bilan bog’liq holda kapital harajatlarga investitsiya qilinishi
-shablag’larning qimmatbaho qog’ozlarga investitsiya qilinishi;5
-moddiy rag’batlantirish va sotsial - madaniy maqsadlar uchun fondlarni tashkil etilishi;
-hayriya exson maqsadlari va boshqalar.
Moliyaviy mablag’lar bu davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘lida tashkil topuvchi pul daromadlari, jamg’armalar va tushumlardir. Ular kengaytirilgan ishlab chiqarish ta’minlash, turli xil faoliyatlarni moddiy rag’batlantirish, ijtimoiy extiyojlarni kondirish, mudofaa extiyojlari va davlat boshqaruvi uchun mo‘ljallanadi. Moliyaviy mablag’lar moliyaviy munosabatlarni moddiy asosi hisoblanadi. Moliyaviy mablag’lar ikki turda bo‘ladi.
Makromablag’lar, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi.
Mikromablag’lar, ya’ni xo‘jalik subyektlari moliyaviy mablag’lari.

3. Tijorat korxonalarining moliyasini to’g’ri tashkil etish prinsiplari.


“Korxona moliyaviy mablag’lari bu tijorat korxonalari ixtiyorlarida bo‘lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga doir harajatlarni amalga oshirishiga va korxona xodimlarini iqtisodiy rag’batlantirishga mo‘lljallangan pul daromadlari va tushumlaridir”. Korxonalar moliyaviy mablag’lar hisobidan o‘z-o‘zini moliyalashtiradi: Korxona moliyaviy mablag’lari bir qancha manbalar hisobiga shakllanadi. Bu manbalarning ko‘pgina olimlari o‘z asarlarida sanab utishgan. Jumladan, V.A.Chjen Korxona moliyaviy mablag’larini 3 guruhga bo‘lib ko‘rsatdi: O‘z mablag’lari hamda ularga tenglashtirilgan mablag’lar; moliyaviy bozorga safarbar qilinadiganlardan tushgan mablag’lar va qayta taqsimlash tartibida tushuvchi moliyaviy mablag’lar. A.Ulmasov va M. Sharifxujayevlar esa moliyaviy mablag’lar manbalarini birma bir tulik keltiradilar. Olimlarning fikrlarini solishtirib shuni anglash mumkinki, ular bir-biridan unchalik fark kilmaydi. Bu fikrlarni jamlab moliyaviy mablag’lar manbalarini qo‘yidagicha tasvirlash mumkin.
Moliyaviy mablag’larning dastlabki shakllanishi ustav fondi hisobiga amalga oshiriladi. Ixtiyoriy tijorat yurituvchi subektning iqtisodiy shakllanishi asosiy va aylanma mablag’larini tashkil etish bilan boshlanadi va ularni qiymati ustav fondi miqdorini ko‘rsatadi.
Ustav fondi tijorat yurituvchi subyektning xayotiy faoliyatini ta’minlash maqsadida uning ta’sischilari tomonidan kuyilgan ulushlari yig’indisini ifodalaydi. Binolar, inshootlar, jixozlar va boshqa moddiy boyliklar: yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqini, shuningdek boshqa mulkiy huquq; qo‘shma korxona katnashchilarining mamlakati milliy valyutasidagi pul mablag’lari korxonaning ustav sarmoyasi jumlasiga kiritilishi mumkin.
Moliyaviy mablag’larning asosiy manbai bo‘lib tayyor maxsulotni sotishdan, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarilishidan olingan tushum hisoblanadi. U qayta taqsimlash jarayonida korxona pul daromadlari shaklini oladi. Daromadlar korxonalarning odatdagi xo‘jalik faoliyati tufayli aktivlarning ko‘payishi yoki korxona majburyatlarining kamayishi bo‘lib, o‘z sarmoyasining ko‘payishiga olib keladi.
Moliyaviy mablag’lar asosan foyda hisobidan shakllanadi. “Foyda kapital va ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib akl-idrok bilan ish yuritib, xatarli ishga tavakkal qo‘l urganligi uchun tegadigan moliyaviy mablag’ hisoblanadi”. Foyda shakllanishi korxona faoliyatini eng muhim tomonidir. Foyda massasi natijani tashkil etadi va korxona faoliyati ko‘lamini ko‘rsatadi. Foydani harajatlar bilan taqqoslash korxona faoliyatini samaradorligini tavsiflaydi. Foyda o‘z asosiga ko‘ra 2qismdan iboratdir: real va potensial foyda
Real foyda-mahsulot sotishdan tushgan tushum bilan ishlab chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farqdir.
Potensial-foyda korxonaning sotishdan tashqari faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, qiymati vaqt davomida o‘zgaradigan aktivlardan (qimmatbaho qog’ozlardan olinadigan daromad, mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad va hokazo) shakllanadi. Foydaning shakllanishi omillarini tashkil qiladi va firma ichini 2 guruhga bo‘lish mumkin.
Tashqi omillar umum iqtisodiy holat inflyatsiya darajasi, ayrim tovar bozorlarning o‘ziga hos xususiyatlariga bog’liq.
Foydaning ichki omillari qo‘yidagilardan iborat:
-Asosiy ishlab chiqarish faoliyati va sotishdan tashqari daromadlar;
-Innovatsiyalarni tadbiq qilish;
-Tavakkalchilikni boshqarish;
Mehnat jamoasining bo‘sh pul mablag’larni jalb etishi moliyaviy mablag’larni kushimcha manbai bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi emissiya aksiyalarni, chiqarilgan obligatsiyalarni va boshqa xil qimmatli qog’ozlarni sotish hissadorlik jamiyatlarida moliyaviy mablag’larning yana bir manbai bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish jarayonida moliyaviy mablag’lar hosil bo‘lishini boshqa elementlarning qimmatli qog’ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlari, shuningdek qimmatli qog’ozlar bilan o‘tkazilgan operatsiyalarda musbat kurs tafovutiga erishilishi singari yangi manbalari paydo bo‘ladi.
Ixtyoriy korxonada ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnika asosi bo‘lib asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Asosiy fondlarning dastlabki shakillanishi, amal qilishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, bevosita moliyaviy mablag’lar ishtirokida amalga oshiriladi. Asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qarab ularni qiymati 2 ga bo‘linadi:
1) Mahsulot tarkibiga kirib ketuvchi eskirish qiymati.
2) Amal qilayotgan asosiy fondlarning qoldik qiymati.
Asosiy fondlarning eskirgan qiymati mahsulot sotuvi davomida sekin astalik bilan maxsus amortizatsiya fondida pul shaklida jamlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi ularni belgilangan xizmat muddati davomida hisoblanadi. Sarflash zaruriyati esa ularni haqiqiy hisobdan chiqarilganda paydo bo‘ladi. Shuning uchun ekspulatatsiyadan chiqarilgan asosiy fondlarni almashtirilguncha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari vaqtincha bush hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni qo‘shimcha manbai sifatida ishlatilishi mumkin. Korxona tomonidan amortizatsiyani hisoblash usulini tanlash moliyaviy resurlar shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki bu korxonaning asosiy moliyaviy proporsiyasiga uning sof foydasiga va pul muomalasiga, mablag’ bilan ta’minlashning ichki tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Amortizatsiya hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy andozasini 22-28 chi bandlarida ko‘rsatib utilgan.
Bunga ko‘ra amortizatsiya hisoblashni quyidagi usullari ajratib ko‘rsatiladi.

  1. Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli.

  2. Ishlab chiqarish usuli.

  3. Jadaldashtirilgan amortizatsiya usuli.

Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli shundan iboratki, asosiy vositalarning eskirishi ularni foydali ishlatish muddati davomida asosiy vositalar qiymatidan bir ulushda hisoblab chiqariladi. Shunga muvofiq amortizatsiya ajratmalarni hisoblab chiqish formulasi kuydagicha:
Ak- Asosiy vositalar qiymati.
An- Amortizatsiya normasi.
Ishlab chiqarish usuli esa har bir aniq yil davvomida asosiy vositani ishlab chiqarishni hisobga olishga asoslangan. Bu usul bo‘yicha eskirishning yillik 6miqdorini hisoblash uchun asosiy vositani foydali ishlatishning butun muddati uchun umumiy ishlab chiqarishni hisobga olishga asoslangan.
Ushbu usul bo‘yicha eskirishning yillik miqdorini hisoblash uchun asosiy vositani foydali ishlashining butun muddati uchun umumiy ishlab chiqarish
Yillar yigindisi usuli (akumuliyativ usul) qoldiqning kamayishi usuli aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qilinadigan summaning kamayib borishini bildiradi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, baravar ishlab chiqarish usulidagi eskirish me’yori asosiy vositaning qoldik qiymatiga qo‘llaniladi. Uni hisoblanishicha
Ap q2 An (Ak * A )(
Ap-p- yildagi amortizatsiya summasi.
An -asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati
Ak-k-yilgacha bo‘lgan amortizatsiya summasi yigindisi.
Yillar yigindisi usuli mohiyati shundan iboratki har bir yilda amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddatining oxrigacha qolgan amortizatsiya qilinadigan qiymatdagi ulush sifatida aniqlanadi. Bu ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguncha qolgan tulik yillarning miqdorini amortizatsiya muddatini tashkil etuvchi yillarning tartib soni miqdorga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiya hisoblashning har xil usullarga qo‘llanishga yo‘l qo‘yildi. Bunda asosiy vositalarning bir turiga faqat bir usul qo‘llanishi lozim bo‘ladi.
Qo’shimcha moliyaviy mablag’larni jalb qilish shakllaridan biri bu qimmatli qog’ozlarni chiqarish miqdorini aniq bir yilda ishlab chiqarilishni bilish zarur. Ishlab chiqarish sifatida mahsulotning ishlab chiqarilgan birligi miqdorini, necha soat ishlaganini qabul qilish mumkin.
Asosiy vositalardan intensiv foydalanganida, shuningdek fan texnika taraqqiyoti asosiy vositalarning eskirishiga katta ta’sir o‘tkazganda asosiy vositalarning eskirishi jadalashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan hisoblanadi. Jadallashtirilgan amortizatsiya usulining mohiyati shundan iboratki, aylanmadan tashqari aktivlardan foydalanishning dastlabki yillarida ular dastlabki qiymatning asosiy qismi hisobidan chiqariladi. Bunga birinchidan, aylanmadan tashqari aktivlardan eng ko‘p foydalanish jadalligi ular xali fizik va ma’naviy jihatlardan yangi hisoblangan ulardan foydalanishning birinchi yillariga to‘g’ri kelishi; ikkinchidan, amortizatsiya qilinadigan obyekti tezlikda ma’naviy eskirgan takdirda uni almashtirish uchun rezerv yaratilishi: uchinchidan, amortizatsiya qilinadigan obektlardan foydalanishning oxirgi yillariga to‘g’ri keladigan, ularni tuzatishga sarflanadigan harajatlar ulushini ishlab chiqarish chikimlarni ko‘paytirmasdan ko‘paytirish imkoniyatini ta’minlashi sabab bo‘ladi. Bu usul ikki xil yo‘l bilan hisoblanadi:
Amortizatsiyaning ikki baravar ko‘paytirilgan me’yori bilan kamayadigan qoldiq usuli. qimmatli qog’ozlarni chiqarish va sotishda korxona ma’muriyati quyidagi muammoni xal etishi kerak. +aysi qimmatbaho qog’ozni chiqarib sotganda eng yuqori natijani xal eta oladi. Agar korxona o‘z mulkining bir qismidan foydalanish huquqini boshqasiga berishni hohlamasa obligatsiyalarni chiqarish maqsadga muvofiqdir. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati tomonidan uning faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash uchun qarz mablag’lari manbai sifatida chiqariladi. Obligatsiyalar chiqarishda qarz oluvchi bilan qarz beruvchi o‘rtasida kontrakt to‘ziladi, kontraktda taraflarning huquq va majburiyatlari belgilanadi. Obligatsiya chiqargan aksiyadorlik jamiyat sharnomaga muvofiq olingan summani va bu bo‘yicha hisoblangan foizlarni belgilangan muddatlarda to‘lashi kerak. Obligatsiya u teng egasiga ovoz berish huquqini bermaydi. Arab mamlakatlarida amaliyotda obligatsiyalarning xillari ko‘p. Masalan, obligatsiyalar ta’minlangan va ta’minlanmagan, boshqa qimmatli qog’ozlarga konvertatsiya qilinishi yoki qilinmasligi, foiz to‘lashning mutlaqo har xil shartlariga ega bo‘lishi mumkin va boshqalar.
Obligatsiyalar nominali bo‘yicha, mukofotli yoki diskont bilan sotilishi mumkin. Mukofot ham, diskont ham ushbu qarz mavjud bo‘lishi muddati davomida asta-sekin hisobdan chiqariladi.
Ayrim hollarda obligatsiyallar chiqarishda kontraktda qarz oluvchi qarz mavjud bo‘lishi davomida pul mablag’larni davriy ajratmalar ko‘rinishida obligatsiyalar haqini o‘z ulushi uchun maxsus jamg’armaga zaxira qilinishi qayd etilgan bo‘ladi.
Agarda korxona ishlab chiqarishni kengaytirishi boshqa investorlarning kapitalsiz amalga oshmasa u aksiya chiqarishga qaror qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to‘g’risidagi” qonuniga muvofiq mamlakatimizda aksiyani amalda bo‘lishiga ruxsat berilmagan.
Korxona aksiya chiqarishda uning turiga e’tibor berishi kerak. Aksiyaning bir necha turlari mavjud. Bir tomonidan aksiyalarni bir aksiyadordan boshqasiga berish usulidan kelib chiqib, ularning egasining nomi yozilgan aksiyalarga va taqdim qilinadigan aksiyalarga bo‘linadi, ikkinchi tomondan, jamiyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga muvofiq oddiy va imtyozli aksiyalarga bo‘linadi.
Egasining nomi yozilgan aksiyalar egalari aksiyadorlar reyestrida albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan aksiyalardir. +ulaylik nuqtai nazardan olganda aksiyadorlik jamiyati uchun egasining nomi yozilgan aksiyalar eng makbul hisoblanadi. Bu aksiyadorlik sarmoyasi harakati jarayonini va qimmatli qog’ozlarni ayrim aksiyadorlar kulida jamlanishini nazorat qilish hamda ularning chetga chiqib ketishini tartibga solish imkonini beradi. Nomi yozilgan aksiyalar o‘z likvidligiga ko‘ra istalgan vaqtda naqd pulga aylanishi jihatdan aksiyadorga birmuncha ijobiy ta’sir qiladi. Taqdim qilinadigan aksiyalar esa ya’ni egasini biror joyda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ikkilamchi bozorda erkin sotiladi bu esa uning likvidligini ta’minlaydi.
Aksiyalarni ushbu turlari qayta sotilishining har xil mexanizmlari mavjud nomi yozilgan aksiyalarning egasi jamiyatdan uni harid qilishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan egasining nomi yozilgan aksiyalarni olish mumkin, ular mavjudligini qayta ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlaydi.
Taqdim qilinadigan aksiyalarni qayta sotish qimmatli qog’ozning bir mulkdordan boshqa mulkdorga to‘g’ridan-to‘g’ri o‘tishdan iborat.
Biz yuqorida aksionerlar jamiyatini boshqarishda ishtirok etishi huquqiga qarab ikkiga bo‘lgan edi ya’ni oddiy va imtiyozli aksiyalar.
Oddiy aksiyalar unga tegadigan dividend, foydaga qarab har xil bo‘ladi. Uning miqdori qat’iy kafolatlanmaydi, ammo egasiga aksionerlik jamiyatini yiginida ovoz berib, uning ishini xal etishda ishtirok etishi huquqini beradi. Bunday aksiyalarni egalari boshqa qimmatli qog’ozlar egalariga nisbatan ko‘proq o‘z zimmalariga olganliklari tufayli shunday aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar yuqoriroq qilib belgilinadi.
Imtiyozli aksiya shunday aksiyaki, unga tegadigan dividend foydaga qarab emas balki zayom to‘lagani kabi oldindan belgilangan qat’iy foizlarda beriladi. Agar joriy yilda daromad tegmay qolsa, u holda uning kelajakda olinishi kafolatlanadi. Ammo imtyozli aksiya egalari aksionerlar majlisida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydilar.
Korxona moliyaviy mablag’larning muhim manbalaridan yana biri bu tijorat yurituvchi subyektning doimiy ixtiyorida bo‘ladigan kreditorlik qarzlarida ular asosan qo‘yidagilardir: ish haqi yuzasidan qarzdorlik, mehnatga haq to‘lash fondi bilan bog’liq budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, kelgusi to‘lovlar uchun rezervlar va boshqalar kutilayotgan to‘lovlar uchun rezervlar ishchilarning mehnat ta’tillarini ta’minlash yoki moliyalashtirish uchun mo‘ljanlangan mablag’larni to‘lash orqali shakllantiriladi.
Moliyaviy mablag’larni to‘g’ri shakllantirishni o‘zigina tijorat subyektlari faoliyatining ijobiyligidan darak bermaydi. Balki har bir korxona moliyaviy mablag’larni shakllantirish bilan birga uni to‘g’ri sarflanishini, qaysi yo‘nalishga ishlatilishni xal qilish lozim. Moliyaviy resurlarni ishlatilishi korxona tomonidan ko‘p yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, iste’molga hamda zaxirani shakllantirishga yo‘naltiriladi. Takror ishlab chiqarish jarayonini sotish bosqichini rivojlantirishga mo‘lljallangan moliyaviy mablag’lar pul shaklidagi kapitalni ifodalaydi. Kapital -bu aylantirishga kuyilgan pullar bo‘lib aylanish jarayonida o‘zini ko‘paytiruvchi pullar hisoblanadi. Pul aylanishi ularni tadbirkorlikka yunaltirish vositasida, ssudaga berish vositasida, qarzga berish bilan amalga oshiriladi. Kapital quyish shakliga qarab tadbirkorlik va ssuda kapitaliga ajartishimiz mumkin.
Tadbirkorlik kapitali turli tashkilotlarga to‘g’ri yoki potrfel investitsiyalar sifatida kuyilgan kapitaldir. Bunday kapital quyish foyda olish maqsadida yoki korxonani boshqarish huquqini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Ssuda kapitali bu qaytaruvchanlik va to‘lovchanlik shartlari asosida qarzga berilgan pul mablag’laridir. Ssuda kapitali tadbirkorlik kapitalidan farkli o‘laroq u korxonaga investitsiya qilinmaydi, balki boshqa investorga foiz evaziga vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Ssuda kapitali tovar sifatida namoyon bo‘ladi va uning bahosi u bo‘yicha to‘lanadigan foizlar hisoblanadi.
Korxona moliyaviy mablag’lari moliya-bank tizimi tashkilotlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun ham ishlatiladi. Bularga: budjetga soliqli 7to‘lovlar, kreditlardan foydalanganlik uchun bank foizlari, avval olingan ssudalarni to‘lanishi, sug’urta harajatlari va boshqalar kiradi. Xozirda bozor iqtisodiyoti asosidagi iqtisodiy tizim korxonalari o‘z faoliyatlari hamda mol-mulkini sug’urta qilishni zarur qilib kuymokda. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy mablag’larni bir qismini sug’urta harajatlariga sarflashga olib kelmokda. Moliya-bank tizimi tashkilotlarga to‘lovlarini soliq bo‘yicha imtiyozli bank foizlariii sug’urta holati ruy berganda to‘lanadigan sug’urta to‘lovi sababini kamayishi korxona moliyaviy mablag’larini o‘zida qolishini taminlaydi. Natijada bo‘sh moliyaviy mablag’ni vujudga keltirishda korxona moliyaviy mablag’larni xayriya maqsadlarga, xomiiylikka, hamda rag’batlantiruvchi va ijtimoiy harakatda bo‘lgan pul fondlarini shakllantirish mumkin. Moliyaviy mablag’larni bunday yo‘nalishga ishlatilishi to‘g’ridan -to‘g’ri foyda keltirmasa ham ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishga, korxona obrusiini oshishiga va sotish jarayonini tezlashishiga ijobiy ta’sir qiladi bu esa foydani oshishiga olib keladi.
Tijorat yuritishning bozor mexanizmi asoslariga o‘tib borishi xususiylashtirilgan korxona rahbarlari, aksiyadorlik a’zolari, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy xizmatlarning roli kuchli darajada oshadi. Korxonaning me’yordagidek faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun moliyaviy manbalarni izlash moliyaviy mablag’larni eng samarali quyish yo‘nalishlarini aniqlash, qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirishni va moliyaviy menejementning boshqa masalalari korxonalar moliyaviy xizmatchilarining asoiy vazifalariga aylanadi. Korxonalar moliiyaviy xizmati xodimlari va raxbarlari moliyaviy mablag’larni investitsiya qilishnng maqsadlari to‘g’risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari hamda ularni jalb etish bo‘yicha ma’lum qaror qabul qiliishlari kerak. Qisqa va o‘rta muddatli mablag’larga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun kredit muassasalarining ssudalarini ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Qo‘shimcha daromad olish maqsadida pul mablag’larini boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlariga qo‘yishda moliya xizmatchilari, agar ular o‘z korxonasiga zarar yetkazishni hohlamasalar balki uni gullab -yashnashiga kumaklashga intilsalar qo‘yidagi talablarga rioya etishlari shart:
-boshqa korxonalarni qimmatli qog’ozlarini sotib olayotganda korxona Ortiqcha moliyaviy mablag’larni jalb qilishi kerak, bunda korxonada favqulodda holatlarga mo‘lljallangan pul mablag’lari bo‘lishi kerak.
-istalgan korxonani qimmatli qog’ozini sotib olishdan oldin uning faoliyatini moliyaviy natijalarini o‘zgarishini har tomonlama tahliliii qilib va o‘rganib chiqish kerak.
-boshqa korxonani aksiyalarini sotib olishda ishonchsiz tekshirib ko‘rilgan ma’lumotlardan foydalanish kerak emas. O‘zining daromadlari to‘g’risida hisobot bermaydigan korxonalarni aksiyalarni sotib olmaslik kerak.
XULOSA
Bir so’z bilan aytganda O’bekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi korxona va muassalar har tomonlama mukammal , shuningdek o’zining yillik yoki uzoq muddatli rejalariga ega bo’lishi va yetarli darajada moliyaviy tomondan qo’lllab quvvatlanishi , chet el korxonalari bilan birgalikda alyanslarni tashkil qilish va turli rivojlangan hududlarda o’z filliallarini ochish orqali mustaxkam orin egallay oladi. Hozirgi kunda kichik biznes va tijorat bilan shig’ullanuvchu korxona va firmalarga davlatimiz tomonidan keng ko’lamli imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda . O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlar yuridik shaxslari va fuqarolarining to‘liq yoki hissabay mulki bo‘lgan korxonalarni (davlatlararo korxonalar va qo‘shma korxonalarni) barpo etish hamda ular faoliyatining xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va davlatlararo shartnomalar (bitimlar) bilan belgilab qo‘yiladi. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda e’lon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan davlat siri bo‘lmagan ma’lumotlar tushuniladi. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Korxonaning moliyaviy funksiyalarini bajarish korxona tizimining joriy qilinishiga ham bog’liq boladi. Har bir funksiyani bajarish uchun korxona mukammal va malakali kadrlarni tanlay olishi shuningdek korxonaning barcha ishlarini olib borishga qodir kadrlarni tanlash ham katta omil bo’lib xizmat qiladi . Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi, moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar. Iqtisodiy tuzumdagi o‘zgarishlar natijasida tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi xususiy kapital saqlab holda foyda olish bo‘lib qoldi. Demak tijorat korxonalari mohiyati , mazmuni va funksiyalarining chambarchas bog’liklik darajasi muhim o’rin kasb etadi . Rivojlanish va malum bir maqasadlarga erishish yo’lida emg maqbul yechimni tanlab strategiya asosida ish yuritish kafolatlangan rivojlanishni va moliyaviy barqarorlikni taminlaydi


Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling