D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘Z BOSHI
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti D.A.Nabiyeva, H.R.Zokirova O‘ZBEK TILI FONETIKASI O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA A N D I J O N - 2 0 1 6 2 Taqrizchilar: Sh.Shahobiddinova – filologiya fanlari doktori, professor. U. Rahimov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Mas’ul muharrir: Z.Qodirov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-aprel 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek filologiyasi) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va Hozirgi o‘zbek tili faning namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda nazariy fonetika masalalari yoritilgan. Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurti filologiya fakultetining birinchi bosqich talabalariga hamda fonetikaning nazariy masalalarini o‘rganuvchi barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanma ADU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining yig‘ilishida (2015 yil 12-may, 3-raqamli bayonnoma), ADU Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishida (2015- yil 26-noyabr, 3-raqamli bayonnoma) muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan. 3 SO‘Z BOSHI Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ilmu fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy ishlarimiz va yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg‘or mezonlar bilan o‘lchanishi lozim” 1 , - degan edilar. Bu fikr o‘zbek tilshunosligi uchun ham bevosita dahldordir. Respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar yosh avlodning har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lishini talab etadi. Shu maqsadda darslik va qo‘llanmalar yangidan yaratilmoqda, zamon talablariga hamda o‘quvchilarning bilim darajasiga muvofiqlashtirilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning o‘zbek tili hamda xorijiy tillar yuzasidan egallagan bilim ko‘nikmalarini mukammallashtirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, har qanday chet tilini o‘rganish ona tilining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini chuqur o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi. Hozirgi o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligi qo‘lga kiritgan eng yangi yutuqlarni e’tiborga olmog‘i lozim. Shu sababli qo‘llanmada hozirgi o‘zbek tili fonetikasining nazariy masalalari, jumladan, fonologik sath birliklarida umumiylik va xususiylik dialektikasining aks etishi, jahon tilshunosligi maktablarida fonema nazariyasi, o‘zbek tilshunosligida fonologik qarashlar, o‘zbek tilining unlilar va undoshlar sistemasi, ularning farqlovchi va qo‘shimcha belgilari, paradigmatik tavsifi hamda sintagmatik munosabatlari kabi masalalar haqida fikr yuritilgan. Qo‘llanma amaldagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari talablariga mos tarzda tuzilgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasining nazariy masalalariga bag‘ishlangan. Har bir mavzu chuqur yoritilgan bo‘lib, bu mavzular yuzasidan tayanch so‘z va iboralar, topshiriq va savollar berilgan. Nazariy fonetikaning tayanch terminlari lug‘ati (glossariy) tuzilgan. Bu esa talabalarning o‘quv-uslubiy qo‘llanma bilan ishlashini osonlashtiradi. Albatta, ushbu qo‘llanmada ayrim munozarali o‘rinlar ham bo‘lishi mumkin. Mualliflar fikr va mulohazalaringizni ushbu manzilda kutib qoladilar: Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling