1. Korxonalarning umumiy iqtisodiy, xo‘jalik faoliyatini, jumladan, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish


Download 17.31 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi17.31 Kb.
#1238855
  1   2

1. Korxonalarning umumiy iqtisodiy, xo‘jalik faoliyatini, jumladan, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish

Birinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, maqolalar, qo‘llanmalar, monografiyalar chop etiladi.


Ikkinchidan, moliya vazirligi va korxonalarning moliyaviy faoliyatidan manfaatdor bo‘lgan boshqa organ, tashkilotlar tomonidan moliyaviy tahlilning me’yoriy asoslari, uslubiy ko‘rsatmalari barpo etiladi.
Bu odat hozirgi paytda ham respublikada davom etayapdi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilyapti, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilyapti. Bu ishlar bozor munosabatlariga moslangan ravishda respublikada boshlangan bo‘lsada, lekin bajarilgan ishlardan moliya tahlil uslubini hali batafsil shakllangan deb bo‘lmaydi.
Toshkent Moliya instituti tahlil kafedrasining mudiri iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Akramjon Ibrahimovning o‘zbek tilida chop etilgan «Moliyaviy tahlil» nomli risolasida moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tasnifi tavsiya etilgan:
1. Korxonaning moliyaviy faoliyati tahlili: balans tahlili; mol-mulk tarkibi tahlili; korxona mablag‘larining manbalari tahlili; moliyaviy mustahkamlik tahlili; qarzlarni qaytib berish qadrining tahlili; korxona mablag‘lari harakati tahlili.
2. Korxona moliyaviy faoliyati yakunlari tahlili: balansdagi foydaning tarkibiy va dinamik tahlili; mahsulot realizatsiyasidan olingan foyda va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili; korxonaning boshqa daromadlari va xarajatlari tahlili; korxonaning yalpi va sof foydasi tahlili; korxona rentabelligi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili; korxona foydasining taqsimlanishi tahlili. Ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar tasnifida korxonalar moliyaviy holatining hamma yo‘nalishlari shakllari ifodalangan emas. Masalan, balans likvidligi va hokazo.
1995 yili Moliya vazirligi tomonidan har oyda chop etiladigan «O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari» to‘plamida A.N. Li va S.I. Shevchenkolarning «Korxonalar moliyaviy tahlilining asosiy tamoyillari» nomli maqolasida moliyaviy tahlil uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etilgan:
1. Moliyaviy holatni umumiy baholash.
2. Moliyaviy barqarorlikni (mustahkamlikni) tahlil etish koeffitsientlari, likvidlik koeffitsientlari, korxona kapitalining tarkibiy koeffitsientlari, moliyaviy mustahkamlikni baholash mezoni.
3. Korxonalar faoliyati samaradorligining tahlili korxonalarning haqiqiy samaradorligi, rentabellik koeffitsientlari, bozorga oid aktivlik koeffitsientlari, korxonalarning potentsial ko‘rsatkichlari, ishchanlik-aktivlik koeffitsientlari hamda korxona xarajatlariga, foydasiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
Mualliflar tavsiyalarida moliyaviy holatning mustahkamligini barqarorlik bilan, moliyaviy mustahkamlikni balans likvidliligi bilan aralashtirgan va korxonalarning moliyaviy faoliyatini hamma shakllari emas, bir qism shakllari, yo‘nalishlari ifodalangan.
Moliyaviy tahlil muammolari bo‘yicha respublikada ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olimlardan, Samarqand kooperativ institut professori, iqtisod fanlari doktori I.T. Abdukarimovning ham rus, ham o‘zbek tilida chop etilgan «Moliyaviy hisobotni qanday o‘qish va tahlil qilish kerak» nomli monografiyasida moliyaviy tahlil quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Moliyaviy hisobot, uning tavsifi. Bu bosqichda moliyaviy hisobotning mohiyati, mazmuni, tarkibi quriladi, buxgalteriya balansi moliyaviy tahlilning asosiy manbai sifatida ifodalanadi, buxgalteriya balansining boshqa moliyaviy hisobot shakllari bilan aloqasi yoritilgan va buxgalteriya balansini haqiqiyligini va balansni tahlil qilishga tayyorlash muammolari yoritilgan.
2. Moliyaviy hisobotga asoslanib, korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish yoritilgan. Bu bosqichda bozor munosabatlari davrida moliyaviy tahlilning tutgan o‘rni, korxona balansining tarkibini tahlil qilish, korxona mablag‘larining holati va foydalanish darajasi tahlili, korxona mablag‘larining manbalari tahlili, qarzlarni qaytib berish qadri, moliyaviy mustahkamlik, debitorlik, kreditorlik qarzlarni tahlil qilish, shaxmat balansini tuzish muammolari, korxonalar faoliyati moliyaviy yakunlarini tahlil qilish masalalari ko‘rilgan.
Muallif tavsiyalarida bozor munosabatlari talablari kengroq e’tiborga olingan va moliyaviy tahlil ketma-ket o‘tkazilishi ifodalangan.
O‘zbekiston Respublikasi yosh iqtisodchi olimlaridan iqtisod fanlari nomzodlari M.K. Pardaev, B.I. Isroilovlar 1999 yili «Moliyaviy tahlil» nomli uslubiy ko‘rgazmalar va tavsiyalar albomini chop etdilar. Bu to‘planma uch qismdan iborat.
Birinchi qism, «Moliyaviy tahlilning nazariy asosi»da moliyaviy tahlilning mazmuni, tarkibi, shakllari va maqsadi ko‘rilgan.
Ikkinchi qism, «Korxona moliyaviy holatining tahlili»da korxonalarning iqtisodiy salohiyatini baholash va tahlil qilish, korxona mablag‘larining alohida turlari tahlili, korxonalarning o‘zlik va tashqaridan olingan mablag‘lar tahlili, korxona barqarorligi, likvidliligini, moliyaviy mustahkamligini, bankrotlikni va bozor faoliyatining tahlil qilish ko‘rsatkichlari ko‘rilgan.
Uchinchi qism, «Moliyaviy natijalar tahlili»da moliyaviy yakunlar tahlili, korxonada foyda tahlili, rentabellikni, savdo, aktsiyadorlik jamiyatlarida foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari tahlil etilgan.
Qo‘llanmada berilgan tahlil bosqichlari bo‘yicha moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko‘rsatkichlarning va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning tasnifi, ko‘rsatkichlarni aniqlash usullari, olingan natijalarni chizma jadvallarda ifodalanishi yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Respublikada moliyaviy tahlil usulini shakllanishida kerakli uslubiy-me’yoriy materiallarni tayyorlash ham o‘z o‘rnini topgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kerakli materiallar ishlab chiqarilmoqda. Yuqorida aytilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘z buyrug‘i bilan 1997 yil 15 yanvarda yangi moliyaviy hisobot tizimini tasdiqladi, 1998 yil 26 iyulda qabul qilingan buyrug‘iga binoan korxona balansiga ilova bo‘lmish “Moliya-iqtisodiyot holati to‘g‘risida ma’lumotnoma”ni (26-shakl) to‘ldirish buyurtnomasi tasdiqlandi.
1997 yil 17 aprelda korxonalarni bankrot va sanatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasi tomonidan «Korxonaning moliyaviy tahlili bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» qabul qilinib, unda quyidagi moliyaviy tahlil shakllari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:
1. Moliyaviy holatning tahlili — balans valyutasi dinamikasini, balans passivlari tarkibini, asosiy vositalar va aylanmadan tashqari aktivlar va moliyaviy natijalar tahlili.
2. Moliyaviy mustahkamlikning tahlili - zaxira va xarajatlarni shakllantirish manbalari bilan ta’minlanganligi, moliyaviy mustaqillik koeffitsientlari, o‘z va qarzga olingan mablag‘larning o‘rtasidagi nisbat, zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan ta’minlanganligi, qarzlarni qaytib berishga qodirlik koeffitsienti.
3. Korxonalarning iqtisodiy holati tahlili — qarzlarni qaytarib berish qobiliyatini tiklash koeffitsienti, faoliyatni manevrlash koeffitsienti, korxonaning ishlab chiqarish mol-mulkini real qiymati koeffitsienti.
4. Korxona rentabelligi tahlili - mahsulotlarni realizatsiya qilishning real koeffitsienti, asosiy vositalarning rentabellik koeffitsienti, permanent kapitalining rentabellik koeffitsienti, kapitalning umumiy aylanishining rentabellik koeffitsienti.
Bu uslubiy ko‘rsatmalarda korxonalar moliyaviy faoliyatining shakllari, yo‘nalishlari to‘liq ravishda o‘z ifodasini topmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi tomonidan 1996 yili tasdiqlangan «Korxona moliyaviy holatining tahliliy uslubi»da moliyaviy holat quyidagi yo‘nalishlarda tahlil qilinishi tavsiya etilgan:
1. Moliyaviy holatni umumiy baholash, balans valyutasining dinamikasi, korxona mablag‘lari va ularning manbalari ko‘rsatkichlari.
2. Korxonaning moliyaviy mustahkamligi tahlili — moliyaviy mustahkamlikning mutlaq, me’yoriy, nome’yoriy va inqiroz shakldagi ko‘rsatkichlari, korxonaning o‘zlik va qarzga olingan mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat, tashqaridan olingan qarzlarni uzoq muddatlik koeffitsienti, o‘z mablag‘larining manevrlik koeffitsienti, asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘lar qiymatining reallik koeffitsienti.
3. Korxona tomonidan olingan qarzlarni qaytarish qadri (likvidlik) ko‘rsatkichlari — balans likvidligining mutlaq, o‘tish va umumiy koeffitsientlari, sof foyda koeffitsienti.
Bu yerda ham tavsiya etilgan moliyaviy holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlar to‘liq emas.


Download 17.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling