1. Korxonalarning umumiy iqtisodiy, xo‘jalik faoliyatini, jumladan, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish
Korxonalarning moliyaviy holatini umumiy baholash
Download 17.31 Kb.
|
1 2
2. Korxonalarning moliyaviy holatini umumiy baholash
Korxonalarning moliyaviy faoliyati kompleks jarayon bo‘lib, u ko‘rsatkichlar tizimi yordamida ifodalanadi. Korxonalarning moliyaviy faoliyati tahlili korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasi hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, korxonalarni moliyaviy faoliyatini tahlil qilishning birinchi bosqichi moliyaviy holatni umumiy baholash hisoblanadi. Bu bosqichda korxonalar faoliyatini hajmi, umumiy samaradorligi, korxonalarning o‘zoq muddatli va aylanma aktivlari, korxonalarning majburiyatlari tahlil etiladi. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: Korxonalar faoliyatining umumiy mutlaq ko‘rsatkichlari. Korxonalar faoliyatining umumiy nisbiy ko‘rsatkichlari. 3. Korxonalar mablag‘larining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari. 4. Korxonalar majburiyatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari. 5. Korxonalar zaxiralari va xarajatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari. Tahlil qilinayotgan korxonalar har xil bo‘lishi mumkin jumladan: - xajmi bo‘yicha — mayda, o‘rta va yirik korxonalar, bu holat moliyaviy tahlilning yo‘nalishlari va chuqurligiga ta’sir ko‘rsatadi; - har xil texnologiyaga ega bo‘lib, turli tarmoqlarga tegishli bo‘ladi. Bu holat korxonalarni asosiy va aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanishiga tasir ko‘rsatadi; - korxonalar o‘zining mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini o‘zi va majburiyatlar hisobidan har xil darajada qoplashi mumkin. Ular hammasi korxonalarning umumiy, iqtisodiy, moliyaviy faoliyatiga, albatta, ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli moliyaviy holatni tahlil qilishda umumiy baholash o‘tkaziladi. Har bir tahlilchi, auditor korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishdan oldin uning umumiy faoliyatini ko‘rib chiqadi. Buning uchun umumiy mutlaq ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik masalalari bo‘yicha qo‘mitaning 1997 yilda tasdiqlangan «Qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy holatini tahlil qilishning uslubiy tavsiyalari»da quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanilgan: 1. Moliyaviy holati tahlili — balansning aktiv va passiv tomonidagi ma’lumotlar tahlili. 2. Moliyaviy mustahkamlik tahlili — moliyaviy mustahkamlikning mutlaq, me’yoriy, nome’yoriy va inqiroz darajadagi ko‘rsatkichlari. 3. Moliyaviy koeffitsientlar tahlili — qarzlarni qaytarish qadri, o‘zlik va qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti, o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsientlari. 4. Moliyaviy yakunlar tahlili — mahsulot va korxona aktivlari rentabelligi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlar va topshirish kontseptual asoslari tasdiqlandi, respublikada moliyaviy tahlilga taalluqli bo‘lgan milliy andozalardan «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromadlar», «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» va boshqa me’yoriy materiallar qabul qilindi. 1999 yil 27 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qoshidagi korxonalarning iqtisodiy holatsizligi masalalari bo‘yicha qo‘mita tomonidan «Korxonalarning iqtisodiy noholatsizligini aniqlash mezonlari tizimi» tasdiqlandi. Download 17.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling