1-Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari


Download 52.35 Kb.
bet10/12
Sana25.02.2023
Hajmi52.35 Kb.
#1230378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi

12


  • М л n2

12


Mo’r.yil korxonaning o’rtacha yillik quvvati; Mn korxonaning yil boshidagi quvvati;
Mv yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
Ml yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat;
n1 , n2 ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’’incha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo’li bilan amalga oshirilib,

korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.


O’timal ishlab chiqarish xajmi va sotish


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ulaming iqtisodiy mazmuni bo‘yicha quyidagi turlarini ajratish mumkin.



    • yalpi mahsulot;

    • sof mahsulot;

    • me’yoriy sof mahsulot;

    • shartli sof mahsulot;

    • tayyor mahsulot;

    • tovar mahsuloti;

    • sotilgan mahsulot;

    • kritik hajmdagi mahsulot.

Yap’i mahsulot hisobot davrida jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ifodalaydi. U tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) va tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidan iborat. Yal’i mahsulot asosida mikro darajada, ya’ni korxona bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish darajasiga narx beriladi. Mazkur ko‘rsatkichdan foydalanib moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaming samaradorlik darajalari o‘rganiladi.
Yangidan yaratilgan qiymat korxona darajasida sof mahsulot, deb yuritiladi. Sof mahsulot mehnat haqi hamda foyda qiymatidan iborat bo‘ladi. Yal’i mahsulotdan eskirish hamda moddiy xarajat sarflari ayirib tashlansa korxonada yangitdan yaratilgan qiymat - sof mahsulot hisob- lab to’iladi. Ushbu ko‘rsatkich asosida mahsulot ishlab chiqarishning samaradorligini tavsiflovchi resuruslar samaradorligi ko‘rsatkichlarini
aniqlashda, asosiy vositalar qaytimini narxlashda, korxona faoliyat nati- javiyligi ko‘rsatkichlariga narx berishda foydalaniladi.
Sof mahsulotning qiymat ifodasi yangidan yaratilgan qiymatga teng deb olinadi.
Me’yoriy sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatning o‘zidan iborat. Faqat, bunda o‘zganrvchi (mehnat haqi) qiymat ham foyda summasi ham me’yorlar chegarasida olinadi. Demak, me’yoriy ish haqi va me’- yorlashtirilgan foyda summasi me’yoriy sof mahsulotni ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanib mehnat unumdorligi, resurslar samarasi va boshqa samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Shartli sof mahsulot qiymati sof mahsulot qiymatiga yaqin bo‘ladi. Faqat shartli sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymat (mehnat haqi va foyda) va amortizatsiya xarajatlari (asosiy vositalar va nomoddiy aktiv- lar bo‘yicha) iborat boiadi. Ushbu korsatkich korxonaga zarur bo‘lgan pul oqimlarini bashoratlash hamda belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Tayyor mahsulot. Korxona ishlab chiqarish faoliyatida yaratilgan. belgilangan barcha texnologik jarayonlardan o‘tgan, o‘matilgan rasmiy talablarga muvofiq boTgan, o‘z iste’mol qiymatiga ega buyumlar (ish, xizmatlar) tayyor mahsulot deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot tovar hamda o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidan iborat bo‘ladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda
hisoblanishi mumkin. Tayyor mahsulot ko‘rsatkichi tahlilda asosiy va markaziy ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Uning asosida tahlilda turli xil vazifalar hal etiladi.
Tovar mahsuloti. Korxonada sotish uchun ishlab chiqarilgan mah- sulot (ish,xizmat) hajmi tovar mahsulotini tashkil qiladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda hisoblanishi mumkin. Tovar mahsuloti mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar summasidan va ushbu mahsulot bo‘- yicha oladigan foyda summasidan iborat bo‘ladi.
Sotilgan mahsulot. Korxonada rasmiy jihatdan sotildi deb tan olin- gan mahsulot hajmi sotilgan malisulotni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot qiymat ifodasida tayyor hamda tovar mahsuloti hajmiga teng yoki ulardan kam bo‘lishi mumkin. Qachonki, korxonadagi tayy or yoki tovar mahsuloti to‘liq sotilsa, u holda ular toia ravishda sotilgan mahsulotni tashkil etadi. Basharti, tovar mahsulotining bir qismi sotilib, boshqa qis- mi sotilmay qolsa, u holda tovar mahsulotining faqat sotilgan qismi sotilgan mahsulot deb tan olinadi.
Kritik hajmdagi mahsulot. Ushbu ko‘rsatkich biznes- rejada belgilangan mahsulot haimi turlaridan biri bo‘lib, mazkur hajmga erishil- ganda, korxona mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan foyda ol- maydi, ayni bir ‘avtda zarar ham ko'rmaydi. Kritik hajmdagi mahsulot miqdoridan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish korxona uchun foyda kel- tiradi yoki aksincha. Mahsulot bozor narxlari (ulgurji) asosida reja-
lashti riladi. .
Mahsulot ish va xizmatlami sotish korxona ulgurji narxsi yoki chakana narxlarda amalga oshiriladi. Korxona ulgurji narxsining tuzilishi quyidagicha bo‘ladi. Ya’ni sotilgan mahsulotlaming ishlab chiqarish tannarxi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha korxona foydasi, sotilgan mah- sulotlar bo‘yicha egri soliqlar summasi. Sotilgan mahsulotning chakana narxsi ulgurji narxdan savdo qo‘shimchasi yoki chegirmalari summasiga farq qiladi.

Download 52.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling