1. Kreativ fikrlash Tanqidiy fikrlash


Download 274.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi274.22 Kb.
#1421019
  1   2
Bog'liq
Kreativ fikrlash



122-Guruh talabasi
Qorjovova Muyassar


Kreativ fikrlash
Reja:
1. Kreativ fikrlash
2. Tanqidiy fikrlash
3. Kreativlik



1. Kreativ fikrlash
Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, 
noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, 
optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, 
tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab
chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok
etish qobiliyatidir.
Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim
topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan
adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni
hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam
beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak.
PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash
modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal
qilish, o‘z g‘oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi.




Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ
g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va
takomillashtirish kompetentligiga e’tibor qaratiladi.
Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, 
ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr
lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar
edi.
Har bir o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz 
shu istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga 3 “E” EXCITE, 
EDUCATE, EMPOWER ya’ni ruhlantirish, ta’lim berish va
rag‘batlantirish orqali erishamiz.
Quyida Siz PISA xalqaro tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishiga
oid topshiriq namunalari bilan tanishishingiz hamda
tasavvuringizni boyitishingiz mumkin.



Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat
tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi
kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson
ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga
duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik
to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning
barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz 
uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, 
hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda
bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq
yaratilgan.




Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson
tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u
shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida
emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan
stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy
muammolarni
yechish
jarayonida
kutilmagan
va
noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni,
berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib
bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi
g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir.



Masalan, ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika
qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan” bo‘lsangiz ham, 
insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun
kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. 
Albert Eynshteyn “Tasavvur — bilimdan muhim” 
deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. 
Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda
inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash
jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi
lozim





Download 274.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling