1. Kreativ fikrlash Tanqidiy fikrlash
Download 274.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqKreativ fikrlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kreativ fikrlash
122-Guruh talabasi Qorjovova Muyassar 1. Kreativ fikrlash Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak. PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi. Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga e’tibor qaratiladi. Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar edi. Har bir o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz shu istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga 3 “E” EXCITE, EDUCATE, EMPOWER ya’ni ruhlantirish, ta’lim berish va rag‘batlantirish orqali erishamiz. Quyida Siz PISA xalqaro tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid topshiriq namunalari bilan tanishishingiz hamda tasavvuringizni boyitishingiz mumkin. Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan” bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur — bilimdan muhim” deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim Download 274.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling