Rp.: Magnii oxydi Rp.: Magnii oxydi Vismuthi subnitratis ana 0,15 Da tales doses N10 Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Magniy oksid 1,5 g 0,15*10=1,5 g Vismut subnitrat 1,5 g 0,15*10=1,5 g mumumiy =1,5q1,5=3,0 m (1 ta poroshokning og‘irligi) =3∕10=0,3 g Tayyorlanishi: hovonchaga 1,5 g vismut nitrat asosidan solib, yaxshilab maydalanadi. Keyin uning ustiga 1,5 g magniy oksidi 2—3 bo‘lakka bo‘lib solinadi va bir xil poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 10 ta oddiy kogozga 0,3 g dan qadoqlanadi. So‘ngra qog‘oz xaltachaga solinib va unga tegishli yorliq yopishtiriladi. Bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga buyovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen kuki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi.
Dori moddalarni bo‘yovchi xususiyatga ega bo‘lishi va kam miqdorda yozilganligi uchun, havoncha va dastani ifloslanishi oldini olish maqsadga muvofiqdir.
Tayyorlash vaqtida rangli moddalar rangsiz moddalar o’rtasiga solib tayyorlanadi.
Rp.: Riboflavini 0,01 Rp.: Riboflavini 0,01 Sacchari 0,2 Misce fiat pulvis Da tales doses N6 Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Riboflavin 0,06 g 0,01*6=0,06g qand poroshogi 1,2g 0,2*6 =1,2 mumumiy =0,06q1,2=1,26g m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,26∕6=0,21 g Bu retseptni 2 xil tayyorlanishi mumkin: 1- usul rangli moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning 1 qismini xavonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va olib qo‘yilgan rangsiz modda qanddan oz ozdan solib, aralashtirish davom ettiriladi. Bir xil rangli aralashma hosil bo‘lgandan so‘ng, tayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |