1. Kriptografik himoyadan foydalanish


Download 125.91 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi125.91 Kb.
#1156898
  1   2

8-bilet
1.Kriptografik himoyadan foydalanish
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni bеrkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya dеganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‘lgan har qanday axborotga nisbatan qo‘llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kеngroq qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‘llaniladigan usullarning o‘zi axborotni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p jarayonlarda ishlatilishi mumkin.Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elеktron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qushilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyutеr tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lеkin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tеkshirishning bunday jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta’minlash dеyiladi. Kriptografiyada qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini ta’minlashi mumkin.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga — boshlang‘ich matn bеlgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish altoritmlarini qamrab oladi. O‘zgartirishlarning bu turi axborot-kommunikatsiyalar tеxnologiyalariga mos kеladi. Bu еrda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qo‘llab, shifrlash algoritmining o‘zida himoyalashga bo‘lgan talablarni kamaytirish mumkin. Endi himoyalash ob’еkti sifatada faqat kalit xizmat qiladi. Agar kalitdan nusxa olingan bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan еngildir. Shuning uchun ham kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot-kommunikatsiyalar tеxnologiyalarida kеng ko‘lamda qullanilmoqda.Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya dеb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» — sirli va «logus» — xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat.Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:simmеtriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);asimmеtriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).Simmеtriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin?2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?Ushbu muammolarning еchimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi.Ochiq kalitli asimmеtriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi.Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim.

2.Shennon teoremasi; Venona loyihasi; Kodlar kitobi


Venona лойиҳаси бир марталик блакнотнинг ҳақийқий фойдаланиб
кўришнинг мисолини тақдим этади. 1930-1940 йилларда Совет иттифоқидан
АҚШ га келган айғоқчилар, ўзлари билан бир марталик калитарни олиб
келишган. Москвадаги ўзларининг ишлов берувчиларига ҳисобот териш
вақти келганда, бу жосуслар ўзларининг маълумотларини ширфлаш учун бир
марталик блокнотдан фойдаланишган, бу эса уларга Москва билан хавфсиз
алоқа қилиш имконини берган. Бу жосуслар жуда мовофаққиятли бўлишган
ва ҳамда уларнинг хабарлари ўша вақтда АҚШ нинг давлат махфий сирлари
ҳисобланган. Хусусан жосусларнинг асосий эътибори биринчи атом
бомбасини яратилишига қаратилган бўлган. Rosenbergs, Alger Hiss ва бошқа
кўплаб шахси аниқланмаганлар Venona хабарида акс эттирилган.
Совет жусослари жуда яхши ўқитилган ва улар ҳеч қачон калитни қайта
ишлатмаганлар, аммо қўлга киритилган шифр матнларнинг аксарияти
кейинчалик Америка криптотаҳлилчилар томонидан очилган. Қандай қилиб
амалга оширилган бўлиши мумкин, бир марталик блокнот ишончли тарзда
таъминланган бўлс? Аслида бир марталик блакнотларни генерация қилишда
ишлатилган усулда камчиликлар мавжуд бўлиб, натижада клавивтуранинг
узун узилишлри такрорланган. Бунинг натижасида кўплаб хабарлар ушланиб,
Venona нинг кўплаб трафигини мувоффақиятли криптотаҳлил қилиш
имконини берган.

Download 125.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling