1. Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari


VT2 tranzistorida solishtirish sxemasi va o’zgarmas tok kuchaytirgichi tuzilgan. Uning baza zanjiriga R3, R4, R5


Download 385.4 Kb.
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi385.4 Kb.
#1351597
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kuchlanish stabilizatorlari Reja

VT2 tranzistorida solishtirish sxemasi va o’zgarmas tok kuchaytirgichi tuzilgan. Uning baza zanjiriga R3, R4, R5 o’lchov zanjiri ulangan, emitter zanjiriga esa tayanch kuchlanishi manbai R1-VD ulangan.
Masalan, kirish kuchlanishi ortganida chiqish kuchlanishi ham ortadi, bu esa VT2 tranzistori bazasida kuchlanishning ortishiga olib keladi, shu vaqtning o’zida VT2 tranzistori emitterining potentsiali avvalgidek qoladi. Bu baza tokining ortishiga olib keladi, demakki, VT2 tranzistori kollektori tokining ham ortishiga sabab bo’ladi ─ VT1 tranzistori bazasining potentsiali kamayadi, tranzistor biroz yopiladi (aniqrog’i yarim yopiladi) va unda katta kuchlanish tushuvi yuzaga keladi, chiqish kuchlanishi esa miqdori o’zgarmas bo’lib qolaveradi.

Impulьsli stabilizator. Impulьsli stabilizatorda stabillanmagan tashqi manbadagi tok qisqa impulьslarda to’plagich (jamlagich)ga uzatiladi (to’plagich rolini kondensator yoki drosselь bajaradi); bunda energiya zahiraga olinadi, keyin elektr energiya ko’rinishida yuklamaga uzatiladi (energiya ozod bo’ladi), biroq drosseldan foydalanilgan holda boshqa kuchlanish bilan. Stabilizatsiya impulьslar va ular orasidagi pauzalarning davomliliklarini boshqarish hisobiga amalga oshiriladi ─ SHIM (shirotno- impulьsnaya modulyatsiya). Impulьsli stabilizator chiziqli stabilizatorga nisbatan anchagina yuqoriroq FIK-ga ega. Impulьsli stabilizatorning kamchiligi esa chiqish kuchlanishida impulьsli shovqinlarning mavjudligi.


CHiziqli stabilizatordan farqli o’laroq impulьsli stabilizator chiqish kuchlanishini erkin tarzda o’zgartirishi mumkin (bu esa stabilizatorda foydalanilgan sxemaga bog’liq). CHiziqliga solishtirgandagi afzalliklar:





  • Yuqori FIK.




  • Kichik massa va gabaritlar.




  • Kirish va chiqish zanjirlarining galьvanik iajratilishi. Kamchiligi:

  • Impulьsli xalaqitlar (shovqinlar).




  • Kirish kuchlanishi yoki yuklama toki o’zgarganida chiqish kuchlanishining nostabilligi.




  • O’tish jarayonlari davomliligining cho’zilib ketishi (kirish kuchlanishi yoki yuklama toki sakrab o’zgarganida tiklanish vaqtining kattaligi).

Hozirgi vaqtda stabilizatorlar integral sxemalar tarzida ishlab chiqarilmoqda.


Integral stabilizatorning namunaviy ulanish sxemasi 8-rasmda keltirilgan.




  1. rasm. Integral stabilizatorning namunaviy ulanish sxemasi Stabilizator mikrosxemasining chiqish simlari:

«IN» ─ kirish, «OUT» ─ chiqish, «GND» ─ umumiy (korpus). Agarda stabilizator rostlanuvchi bo’lsa, unda «ADJ» ─ rostlovchi chiqishi bo’ladi (ruscha regulirovka).

Stabilizatorni tanlash chiqish kuchlanishi qiymati, yuklamaning maksimal toki va kirish kuchlanishining o’zgarish diapazonidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.





Download 385.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling