1. Kuchning o’qdagi proektsiyasi
Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyakuchlari
Download 85.31 Kb.
|
12-вариан Богланиш ва богланиш реакциялари
3.Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyakuchlari.Qattiq jism unga ta’sir etayotgan kuchlar ta’sirida fazoning ixtiyoriy tomoniga harakat qila olsa, bunday jism erkin jism deb ataladi. Agar jismning holati yoki harakati biror sabab bilan cheklangan bo‘lsa, bunday jism bog‘lanishdagi jism deyiladi. Jismning holati yoki harakatini cheklovchi sabab esa bog‘lanish deyiladi. Bog‘lanishning jismga ko‘rsatadigan ta’siriga bog‘lanish
reaksiya kuchi deyiladi. Bog‘lanish reaksiya kuchi bog‘lanishdagi jismning harakati cheklangan tomonga teskari yo‘naladi. Bog‘lanishdagi jismlarning bog‘lanish reaksiya kuchlarini aniqlash statikaning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Bu masalani yechishda bog‘lanishdagi jismning harakatini yoki muvozanatini erkin jismning harakati yoki muvozanatiga keltirib tekshirish lozim bo’ladi. Bog’lanish reaksiyalari ham vektor ko’rinishidagi kuch bo’lib, ushbu kuch faqat aks ta’sir sifatidagina mavjud bo’ladi. Agar bog’lanish olib tashlansa uning reaksiyasi nolga teng bo ‘ladi. Shuning uchun reaksiya kuchlari ko’p hollarda passiv kuchlar deb ataladi. Bog’lanishlarning turlari juda ko’p, shunga ko’ra ularning reaksiyalari ham turlicha bo’ladi. Reaksiya kuchlarining son qiymatlari har bir masalada jismga ta’sir etayotgan kuchlar sistemasiga bog’liq ravishda aniqlanadi. Shuning uchun bog’lanishlarning reaksiya kuchlari kuchlarini yo’nalishlarini aniqlash yo’llari bilan tanishib o’taylik. 1. Silliq yassi yuzadan iborat bog’lanish. Silliq yassi yuzali bog’lanish deb, shunday yuzaga aytiladiki uning ustida turgan, yoki unga suyanib turgan jismga xech qanday ishqalanish kuchi ta’sir etmaydi. a) Jism silliq sirtga tiranib turgan bo’lsin. Bu holda reaksiya kuchi jism hamda silliq sirtning o’zaro tegib turgan nuqtasi orqali o’tkazilgan urinma tekislikka perpendikulyar yo’naladi Buning uchun bog‘lanishdan bo‘shatish prinsipidan foydalanish zarur. Bu prinsipga ko‘ra, bog‘lanishdagi jismni erkin jism shakliga keltirish uchun jismga ta’sir etuvchi kuchlar qatoriga bog‘lanish reaksiya kuchini ham qo‘shish kerak. Download 85.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling