1. Kurashning texnikasi Kurashning taktikasi


Download 80.77 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi80.77 Kb.
#1515913
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurashning texnikasi

3-rasm. Oldinga yiqilish
B u yunalishdagi yiqilishning ikki hil kurinishi bo’lishi mumkin-a) Oldinga umbaloqoshish mashqini bajarish.(4- rasm)
4-rasm.

b) Gavdani tikka saqlagan xolda, qo’llarga tayanib oldinga yiqi­lish (5-rasm).




Belbogʻli kurashning texnikasi
Belbog‘li kurash usulida kurashchining turish holati majburiy ixtiyoriy shaklda bo‘ladi. CHunki kurashchilar belbog‘ni ushlagandan so‘ng raqibining holatiga muvofiq harakat qiladilar. shunga qaramay kuchli va tajribali kurashchilar belbog‘dan ushlash bilanoq raqibni o‘z harakatlariga bo‘ysundirishga erishadilar. Mohir kurashchilar belbog‘dan ushlash bilan usul qo‘llashga harakat qiladi. Ayniqsa bo‘ holat kichik va o‘rta vaznli kurashchilarda kuzatiladi. Og‘ir vaznli kurashchilarning harakatlari salobatli va sekin bo‘lganligni uchun dastlabki daqiqalar bir birini nazorat qilish, usul qo‘llashga payt poylashdan iborat bo‘ladi. Belbog‘li kurash usullarida qarshi harakatlar va qarshi hujum qo‘llash imkoniyati chegaralangan bo‘lib, bunda kurashchidan katta kuch va maxorat talab qilinadi. SHuning uchun kurash harakatida usul qo‘llashga birinchi uringan, tezkor va kuchli kurashchi usulni samarali bajarishga erishadi.
Kurash boshlanishidan avval kurashchilar belbog‘larni ko‘krak qismidan erkin shaklda o‘lchanib dastlab qizil belbog‘li kurashchi belbog‘ni ushlaydi, so‘ng raqib belbog‘ni ushlab olishga qulay sharoit yaratib beradi. Kurashchilar belbog‘dan ushlashgandan so‘ng bellarini orqaga qilib, yarim egilgan holda hakam buyrug‘i bilan bellashuvni boshlaydilar. Kurash dastlab boshlanishida kurashchining boshi raqibning elka qismida turadi va oyoqlari bilan yon tomonga, orqaga va oldga siljish harakatlari bajaradi. SHu yo‘sinda harakatning uyg‘unlashuvi va raqibning harakatlarini nazorati susayganda usul qo‘llashga eng samarali sharoit sodir bo‘ladi.
Kurashchilarning turish harakatlari va belbog‘dan ushlash shakllarini rivojlantirishda dastlabki sport tayyorgarlik guruhi a’zolari kurashchilarida bu harakatlar malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Kurashchilarni turish va belbog‘dan ushlash harakatlar texnikasini o‘rgatishda yosh kurashchilarga belbog‘dan o‘zlariga qulay ushlashga o‘rgatish hamda bellashuvning birinchi soniyasidan mustahkam turish holatini tanlashga erishishni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bellashuvning daslabki harakatlarini boshlash malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishda kurashchilarni navbat bilan belbog‘dan ushlab bir birini o‘ziga tortish hamda belbog‘dan qattiq siqib raqibni ko‘krak oldida baland ko‘tarish harakatlarini bajarish tavsiya etiladi.
Bebog‘li kurash usullarida asosiy kurash harakatlaridan siltash, kiftlash, bosish, tizzaga mindirish, to‘sish, bosma, qayirma, yonbosh, chalaqaytarma, qaytarma, qadamlash, aylantirish, ilish, hamda chalg‘itish usullari qo‘llaniladi.
“Siltash” usuli. Belbog‘li kurashda kurashchilar usulni boshlada siltash usulidan foydalanadilar. Siltash usuli aslida kurashchini muvozanatdan chiqarish usuli bo‘lib hisoblanadi. Siltash bilan kurashchini oldga, orqaga va ikki yon tamonga yiqish mumkin. Bunda raqibni belbog‘dan siqib, orqa tamonga itarib muvozanatdan chiqarish, belbog‘dan qattiq ushlab old tamonga tortish, belbog‘dan ushlab yon tamonlarga surish bilan kurashchini muvozanatdan chiqariladi. Bu harakatlarni bajarishda belbog‘ni burab qattiq siqib ushlash harakatni oson bajarishga yordam beradi.
Kurashchini orqaga itarish bilan uni o‘tirgizib qo‘yish mumkin. Kurashchini oldiga tortish bilan esa tizzilatib qo‘yiladi. YOn tamonlarga surishda esa raqib o‘z oyoqlariga chalishib qolib yiqiladi.
“Kiftlash” usuli. Bu usul oyoq va qo‘l hamda elka yordamida bajarish shakllari mavjud. Bu harakatlarda kurashchi raqibni o‘ziga ortadi va oyoq yoki qo‘l va elka yordamida tepaga qaratib turtki - kift beradi.
“Bosish” usuli. Bosish usuli asosan qarshi harakat usuli hisoblanib raqib usulni to‘liq bajara olmaganida kurashchi bu usulni amalga oshiradi. Kurashchi muvozanatini yo‘qotgan raqibini belidan qattiq siqib o‘ziga tortish bilan bir vaqtda ko‘kragidan bosh yoki jag‘i yordamida butun gavdasi kuchi bilan itarib, pastga bosadi.
“Tizzaga mindirish” usuli. Bu usulni qo‘llash kurashchi raqibni dast ko‘tarib amalga oshiradi. Ko‘tarish usullari shakllari raqib o‘ng oyog‘i oldida bo‘lganda kurashchi o‘ng oyog‘i raqib oyoqlari orasiga qadamlab kiritilib, o‘ng oyoq tizzasi yordamida ko‘tarish va o‘nga burish, tizza yordamida shu tamonga uloqtirish bajariladi. Raqibning chap oyog‘i oldida bo‘lganda , chap oyoq oldiga qo‘yilib kiftlanadi va yon tamonga buriladi, raqib tizza yordamida burilgan tomonga uloqtiriladi.
“To‘sish” usuli. Belbog‘li kurashda ko‘p uchraydigan usullardan biri hisoblanadi. Bu sulni qo‘llashda kurashchi raqibning oldga qilgan harakatiga qarshi o‘laroq harakatlanib raqib yon tamoniga o‘tadi va shu tamonga raqibni aylantirib uloqtiradi. Raqibni o‘ng tamoniga kurashchi o‘tganda o‘ng tamonga aylantirib, chap tamoniga o‘tganda chap tamonga aylantirib uloqtirish mumkin. Ro‘paradan kelganda esa kurashchiga eng qulay va takomillashgan uloqtirish tamoniga tashlash mumkin.
“Bosma” usuli. Bu usulda kurashchi raqibni siqib dast ko‘tarib, yana shu joyni o‘ziga bosib tashlash shaklida bo‘ladi. Bu usulni qo‘llashda kurashchi raqibini qattiq o‘ziga tortib siqib ushlashi va siltab muvozanatdan chiqarishi hamda raqibni bosib yiqitish bilan usulni yakunlaydi. Usulni bajarishda raqibning o‘ng oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi ham o‘ng oyog‘ini oyoqlar orasiga qadamlab kiritib kiftlanadi, raqib chap oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi chap oyog‘ini oldinga tashlab kiftlanadi. Harakatlar ko‘tarilgan raqibni bosish bilan chyakunlanadi.“Qayirma” usuli. Bu usulni kurashchi raqibni ko‘tarib olgandan so‘ng bajaradi. Raqibni oyoqlari oldiga qo‘yilishiga muvofiq usul qo‘llaniladi. Raqib o‘ng oyog‘i oldida bo‘lsa, kurashchi ham o‘ng oyog‘i bilan kiradi, raqib chap oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi chap oyog‘ini oldiga tashlab kiradi. Harakatlarda tizza yordamida kiftlanadi va oyoqlarga qarama qarshi tamonga raqib qayirib uloqtiriladi. Bu usulda kurashchi raqibni ko‘tarmasdan qayirishi ta’qiqlanadi.“YOnbosh” usuli. Qayirma usuliga deyarli o‘xshash bo‘lsada, harakatlari tez va raqibni aylantirish hisobiga usul chiroyli va jozibali chiqadi. Bu usulni qo‘llashda kurashchi tikkalanishi va raqibni kuch bilan o‘ziga tortishi hamda kiftlab bir oz aylantirishi kerak bo‘ladi. Kuchli kurashchilar egilib olgan raqibni ham katta kuch bilan o‘ziga tortib olib bu usulni muvaffaqiyatli bajara oladilar.“CHalaqaytarma” usuli. Bu usul oyoq, qo‘l va elka yordamida bajariladi. Usulni oyoq yordamisiz bajarish shakli ham mavjud.

Download 80.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling