1 –kurs “G”-guruh talabasi jumanazarova dildoraning referati mavzu


Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha hukumat loyihasi


Download 23.1 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2023
Hajmi23.1 Kb.
#1082948
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO`LGAN XALQARO REYTING VA INDEKS LAR BO`YICHA SAMARADORLIKNING ENG MUHIM KO`RSATKICHLARINI OSHIRISH BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN CHORA TADBIRLAR

2. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha hukumat loyihasi
Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi raisi T.Narbaeva olib borgan yig'ilishda senatorlar, Kengashi a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta'lim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etdi.
Ta'kidlanganidek, bugun O'zbekiston xalqaro hamjamiyat, ko'plab reyting agentliklarining nigohida turibdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ular tomonidan baholanmoqda.
Kuni kecha “Gellap” (“Gallup”) xalqaro tadqiqot institutining “Global qonun va tartib” bo'yicha yillik butunjahon reytingi e'lon qilindi.O'zbekiston ushbu reytingda 100 balldan 92 ball to'plab, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari top 10 taligiga kiritildi.
Qolaversa, Raqobatbardosh sanoat unumdorligi, Global innovatsiyalar, To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar uchun tartibga soluvchi cheklovlar indekslarida mamlakatimiz ilk marotaba e'tirof etildi.
Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2019 yil yakunlari bo'yicha e'lon qilingan hisobotida O'zbekiston barcha 6 ta tarkibiy indikator bo'yicha o'sishga erishdi.
Yig'ilishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash bo'yicha 2020 yil III chorakda amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi Kengash ishchi organlari – moliya vaziri T.Ishmetovning hamda adliya vaziri R.Davletovning axborotlari eshitildi.
Bundan tashqari, vazirlik va idoralar mas'ul bo'lgan ayrim tarkibiy indikatorlar bo'yicha mamlakatimiz reytingi past ko'rsatkichlarda qolib ketayotganligi, ularni yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan harakatlar samarasiz bo'layotganligi tanqid qilindi.
Shu bilan birga, alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlarining faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Xususan, xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini qonunchilikka implementatsiya qilish, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o'rnini yuksaltirish nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish vazifalari bajarilmayapti.
Shuningdek, yig'ilishda respublikamizning xalqaro reytinglardagi past ko'rsatkichlariga sabab bo'layotgan asosiy omillarni aniqlash, o'zini o'zi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish vazifalari ijrosi to'laqonli olib borilmayotganligi tanqid qilindi. Alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsiz, deb topildi.
Qolaversa, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga mas'ul vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy bo'linmalari faoliyati doirasidagi hujjatlarni unifikatsiyalash, namunaviy shakllarini joriy etish, mutaxassislarning bilimi, malaka va ko'nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish zarurligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash bo'yicha 2021 yilga mo'ljallangan tashkiliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
Mamlakatimiz uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi ko'rsatkichlarini tubdan yaxshilashga yo'naltirilgan ilmiy va amaliy loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan maqsadli grantlar ajratish mexanizmini joriy etishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, yig'ilishda vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy bo'linmalari rahbarlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari mas'ul xodimlari uchun xalqaro standartlarga muvofiq loyihaviy boshqaruv asosida reytinglardagi ko'rsatkichlarimizni yaxshilashga qaratilgan maxsus amaliy malaka oshirish kurslarini joriy etish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Kengash a'zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olib, Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

3. O`zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha o`rni



O‘zbekiston korrupsiya darajasi bo‘yicha indeksda 140-o‘ringa ko‘tarildi, demokratiya indeksida esa 150-o‘ringa chiqdi; «Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik» hamda «Huquq ustuvorligi» indikatorlarida esa o‘z pozitsiyasini yaxshilay olmadi.


O‘zbekiston 2022 yilda e’lon qilingan va o‘zi uchun ustuvor deb bilgan jami 19 ta xalqaro reytingdan 11 tasida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi, bir qancha reytinglarda esa pastlagan. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Xususan, global innovatsiyalar indeksida O‘zbekiston 2021 yilda 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 132 ta davlat orasida 86-o‘rinni egalladi va eng tez yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirdi. Transparency International xalqaro tashkilotining 2021 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 6 pog‘ona yaxshilab, 180 ta davlat ichida 140-o‘rinni egalladi.
«O‘zbekiston uchun ustuvor reyting hisoblanmagan, BMT Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining 2021 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik foydalanish ko‘rsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olgan.
Shuningdek, «Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi»ning 2021 yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 5 pog‘onaga yaxshilab, 150-o‘rinni egallagan.
Jahon banki tomonidan yuritiladigan Boshqaruv sifati indikatorlarining 2 tasida mamlakatimizning o‘rni yaxshilangan bo‘lsa, 2 tasida pasaygan. Ya’ni, O‘zbekiston «Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik» hamda «Huquq ustuvorligi» indikatorlarida mamlakatimiz o‘z pozitsiyasini yaxshilay olmagan», – deya Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, tadbirda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishishdagi mavjud muammolar ham sanab o‘tildi. Xususan, «Meros» jamg‘armasining Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekistonning o‘rni pasaygan.
«O‘zbekiston 177 ta davlat orasida 117-o‘rinni egallab, 2021 yilga nisbatan 9 pog‘onaga pasaygan va mamlakatimiz iqtisodiyoti «asosan erkin bo‘lmagan mamlakatlar» guruhida qoldi.
Indeksning «Erkin savdo» ko‘rsatkichida O‘zbekistonning o‘rni rekord darajada yaxshilangandi: 2021 yildagi 163 ta o‘rindan 67-o‘ringa ko‘tarildi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, investitsiya, moliyaviy erkinlik va monetar erkinlik ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish qayd etildi», – deydi Tanzila Norboyeva.
O‘zbekiston indeksning ayrim ko‘rsatkichlarida samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI)ga erisha olmagan.
«Eng yomon ko‘rsatkich Oliy sud mas’ul bo‘lgan «Sud faoliyati samaradorligi» yo‘nalishi bo‘ldi. Amaldagi 50,8 balldan 13,1 ballga (-37,7) pastlagan.
Moliya vazirligi mas’ul bo‘lgan «Soliq yuki» va «Fiskal salomatlik» ko‘rsatkichlarida ham ballarimiz pasayganligi hisobiga KPI'ga erishilmadi.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi mas’ul bo‘lgan «Biznes erkinligi» ko‘rsatkichida mamlakatimiz o‘rni 14,4 ballga pasayib, KPI'ga erishilmadi.

XULOSA
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va ­raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.
Prezidentimizning shu yil 2 iyunda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida”gi farmoni yurtimizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim dasturilamal bo'ldi.


Download 23.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling