3.Kurs ishining tuzilishi va tarkibi.
Kurs ishining tarkibi:
-titul varag’i (2-ilova);
-kirish;
-asosiy qism (topshiriqqa mos):
-adabiyotsharxi (tahlili) vatanlanganyunalish (yoki metod)ni asoslash;
-tajribaqismi;
-tajribanatijalarivaularningmuhokamasi;
-xotima (xulosavatavsiyalar);
-foydalanilganadabiyotlar ro’yxati;
Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni tashkil etishi kerak.
Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
Kurs ishi Kompyuterda WORD tizimidaTimes New Roman shriftida 14 shrift bilan, satrlar orasini 1,5 intervaldan qilib 25-30 bet hajmida yozilishi kerak.Sahifada matnning to’rt tomonida bo’sh joy qoldiriladi, chapdan 30mm, o’ngdan 15mm. yuqoridan va pastdan 25 mm bo’lishi kerak .
Qo’lda yozilgan matn qoramtir tusdagi (qora, to’q binafsha, to’q ko’k rangli) siyoh, yoki pastada chiroyli husnixat bilan yozilishi va satrlar orasidagi masofa 8-10 mm bo’lishi (bir betda 25-27 satr joylashishi) kerak. Hamma matn bitta rangdagi va tusdagi siyoh (pasta) bilan yozilishi kerak.
Kirish qismida (3÷4 bet) mavzuning dolzarbligi, uning uzluksiz ta’lim tizimida ahamiyati, kurs ishining maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti va amaliy ahamiyati yoritiladi.
Tahliliy qismda (6÷8 bet) tanlangan mavzu bo’yicha vaziyatning, muammoning bugungi kun xolati tahlili keltiriladi.
Asosiy qismda (10÷12 bet) muammoni maqbul echimini topishga qaratilgan fikr-mulohazalar chizmalar, sxemalar jadvallar, grafik hamda diagrammalar bilan boytilgan xolda ifoda etiladi
Xulosa va tavsiyalarda (1÷2 bet) kurs ishinitayyorlash, olingan natijalarni rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonida shakllangan fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalar bayon etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida (15-20 ta) kurs ishini tayyorlash (yozish) da keng foydalanilgan turli nashrlar: me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, lug’atlar, ko’rsatmalar, monografiyalar, maqolalar va shuningdek, veb saytlar keltiriladi. Shu o’rinda ko’p sonli manbalardan foydalanish, bu boshqa mualliflar fikrini to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib olishni anglatmasdan, balki ishlab chiqilgan u yoki tinglovchining o’z fikri, qarashlarini bayon etishi talab etilishi kerak. Adabiyotlar ro’yxati (son) miqdor jihatdan emas, balki mazmunan mavzuni to’liq yoritish va qo’yilgan masalalarni atroflicha hal etish uchun etarli bo’lishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |