Mavzu: Nashriyot tizimida qo‘llanilarigan dasturi va ularning imkoniyatlari


Download 7.13 Mb.
bet1/7
Sana19.11.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1786871
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-ma\'ruza

  • Reja:
  • 1.Nashriyot tizimlarida qo’llaniladigan dasturlar
  • 2. MS Publisher dasturi va uning imkoniyatlari.
  • 3. Adobe Page Maker dasturi.
  • 1.Nashriyot tizimlarida qo’llaniladigan dasturlar.
  • Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo‘la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo‘lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
  • Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo‘lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo‘ljallangan.
  • Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli-tuman chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo‘lajak bosma mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
  • Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so‘ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko‘paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan.
  • Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi.
  • Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, IN Design, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
  • 2.MS Publisher dasturi va uning imkoniyatlari
  • Microsoft Office Publisher dasturi nashrdan yoki bosmadan chiqarish uchun turli ko‘rinishdagi e’lonlar, bukletlar, taqvimlar, konvertlar, taklifnomalar va h.o. larni elektron shaklda tayyorlash dasturiy mahsuli hisoblanadi. Publisher Microsoft korporatsiyasining Microsoft Office amaliy dasturlar jamlanmasi tarkibida joylashgan bo‘lib, Office dasturlar to‘plamidagi MS Word, MS Excel, MS PowerPoint dasturlar bilan birga o‘rnatiladi. Dasturninng asosiy qulayliklaridan biri bu foydalanuvchining hujjat tayyorlash jarayonida keng ko‘lamdagi, turli shakl va ko‘rinishdagi oldindan tayyorlangan hujjat namunalarini ko‘rsatish mumkin. MS Publisher dasturida ishlash jarayonida foydalanuvchi o‘zining ehtiyojlaridan kelib-chiqib boshidan mustaqil hujjat ustida ish olib borishi bilan bir qatorda dastur tarkibida mavjud shablon va maketlardan ixtiyoriy vaqtda foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. MS Offise dasturlar to‘plamining qolgan dasturlari kabi.
  • Publisherda ham hujjatni habar shaklida kompyuter tarmog’i orqali jo‘natish yoki web-sahifa shaklida tayyorlash mumkin. Dasturni ishga tushirish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling