Tugmalar kombinatsiyasi Sichqoncha bilan ishlagandan ko‘ra klaviatura bilan ishlash ancha samaralidir. Shuning uchun ham PageMaker dasturida klaviatura bilan ishlash ish tezligini oshiradi va vaqtni iqtisod qiladi. Agar siz Page Maker dasturida tez ishlashni hohlasangiz buning uchun tugmalar kombinatsiyalarini esda tutmoq darkor. Page Maker dasturida 250 tadan ortiq tugmalar kombinatsiyasi va maxsus buyruqlar mavjud. Masalan, kolon raqamlarni, qo‘l keringini qo‘yib chiqish va boshqalar. Page Maker 7.0 dasturining barcha klaviatura buyruqlarining ro‘yhati Help (Помощь) menyusida joylashgan Shortcuts (Комбинации клавиш) bo‘limidan tanishish mumkin. - Palitralar
- Palitralar-bu uncha katta bo‘lmagan oyna bo‘lib, unda dasturning boshqarish elementlari yoki qandaydir joriy axborot tasvirlanadi. Palitrani ihtiyoriy holatda berkitib va yana qaytarib qo‘yish mumkin. Palitrani qo‘yish uchun:Window (Окно) menyusidan Show <имя палитры>(Показать<имя палитры>) buyrug’i yordamida amalga oshiriladi. Agar palitra ekranda mavjud bo‘lsa, palitra nomioldiga Hide
- (Спрятать) so‘zi bilan beriladi. Ushbu punktni tanlab palitrani ekrandan olib qo‘yish mumkin yoki + tugmalarni bosish natijasida. PageMaker dasturida quyidagi palitralar ishlatiladi:
- Uskunalar palitrasi (палитра инструментов). Bajariladigan ishlarning nurini aniqlaydi;
- Boshqarish palitrasi (управляющая палитра).Abzast va belgilarni bichimlshni tezlikda amalga oshirishni ta’minlaydi;
- Ranglar palitrasi (палитра цветов). Maket elementlarining ranglarini ta’minlaydi;
- Qoliplar palitrasi(палитра стилей).Qoliplar yordamida abzastlarni formatlashni tezlashtiradi;
- Shablon sahifa palitrasi (палитра шаблон-страниц).
- Shablon sahifani yaratish va uni joriy etishga mo‘jallangan;
- Murojatlar palitrasi (палитра гиперссылок). Nashr elementlari bo‘yicha ichki va o‘zaro murojaatlarni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |