1-курс магистратура босқичи
Tagma’no va presuppozitsiya
Download 0.76 Mb.
|
Tilshunoslikningdolzarbmuammolari...Actualproblemsoflinguistics
Tagma’no va presuppozitsiya. Presuppozitsiya va tagma’noni farqlab olish kerak. So‘zlovchi va tinglovchi orasidagi munosabat propozitsiya, presuppozitsiyadan tashqari yashirin ma’no komponentlari bilan ham murakkablashadi. Ana shu ma’no komponentlaridan biri matn orqali yashirin bayonga ega bo‘luvchi tagma’no ko‘rinishidir.
Tagma’noning matndagi bayoni ikki xususiyatga ega bo‘ladi: birinchidan, ko‘p hollarda tagma’no oshkora verbal bayonga ega bo‘lmaydi. Bunday vaziyatlarda matndagi tagma’no ko‘rinishi propozitsiyalarning mantiqiy tahlili yordami bilan aniqlanadi. Saidani bu odamlarza begona toifadan qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ldi: - Oshdan ichmadingiz-a... Bularning ovqati og‘zingizga yoqmaydi... yoqmaydi! (A. Qahhor) Bu matnda «sen butunlay boshqa toifadansan, shuning uchun ham kolxozchining ovqati senga yoqmaydi» mazmuni tagma’noni hosil qiladi. Bunday vaqtlarda tahlilning mohiyati nutq vaziyati bilan bog‘lanadi. Nutq ishtirokchilari nutq vaziyati va mantiqiy tahlil yordamidagi hukmlar bilan tagma’no mohiyatini yoki nimaga ishora qilayotganlngini anglab oladilar. Nazariy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, presuppozitsiya matnni semantik murakkablashtiradi. Bunday vaqtda ayrim so‘z yoki gramma-tik shakl orqali ifodalangan propozitsiya o‘zining eng ixcham shakliga ega bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi uchun uning tushunarli bo‘lishida presuppozitsiya yordamga keladi. Tagma’noda esa propozitsiya sub’ekt vazifasini bajarib, propozitsiyaning bu vazifasi ikkinchi darajali holatga o‘tadi. Bunda faqat propozitsiya shakligina saqlanib, uning mazmuni mohiyat e’tibori bilan tagma’noga qaratiladi. So‘zlovchi nazarda tutgan axborot pragmatik qimmatga ega bo‘lib, propozitsiya faqat shakliy struktura uchun xizmat qiladi, asosiy ma’no esa nomatniv holat ta’sirida hosil bo‘lgan tagma’noga qaratiladi. Misol: Hoy, Eshon! Bu vaziyatda ham kimdir matndagi tagma’no mazmunini anglashdan mahrum bo‘ladi: Qalandarov mundayroq mehmon kelsa, yugurdagiga: «Eshon!» der ekan, bu shkkita non bilan bir choynak choy olib kel» degani, «Hoy, Eshon!» desa, osh buyurgani, «Eshon, hoy!» degani esa «hovliga borib, xotinimga ayt, nozik mehmon olib boraman» degani bo‘lar zkan... Qalandarov gulzorning narigi tomonidagi idoraga qarab: - Eshon, hoy! - deb qichqirdi. Saidaning ko‘ngli bir oz yorishdi, ichida: Muxbirning aytgani rost bo‘lsa, demak, men nozik mehmon» bo‘lsam kerak...» deb qo‘ydi. (A.Qahhor). Agar bu matnda bayon qilingan tagma’no mazmuni presuppozitsiyaga qiyos qilinsa, ular butunlay boshqa-boshqa hodisalar ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Matndagi bu yashirin ifoda ko‘rinnshini «shartli ravishda individual xususiy tagma’no» deb yuritamiz. Umuman, tagma’no presuppozitsiyadan farqli ravishda so‘zlashuvchilarning ichki maqsadini yashirin ifodalash uchun xizmat qiladi. Tagma’no har qanday matnda ham bo‘lavermaydi. Presuppozitsiya esa istalgan matn semantik tuzilishining mantiqiy tahlili yordamida aniqlanishi mumkin. Presuppozitsiya xabar qilinayotgan axborot maqomiga ega bo‘lmaydi, uni ifodaning yashirin mazmuniga tenglashtirib bo‘lmaydi. Presuppozitsiyani yashirin ifoda ko‘rinishlaridan biri deb hisoblab bo‘lmaydi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling