3. Ingichka ichakning Panet hujayralari qanday funksiyalarni bajarishini ko'rsating.
A. Sekretin ishlab chiqaradi.
B. Ichak bo'shlig'idagi parchalanish jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar ishlab chiqarish.*
C. Assimilyatsiya.
D. Epiteliy regeneratsiyasi.
E. Endokrin tartibga solish.
4. Ingichka ichak tukli epiteliy hujayralari qaysi funksiyani bajarishini ko'rsating.
A. Dipeptidaza fermenti sintezi.
B. Retseptorlik. *
C. Assimilyatsiya.
D. O't suyuqligi sintezini stimullaydi.
E. Endokrin tartibga solish.
5. "Hujayra ichki hazmi" nima ekanligini ko'rsating.
A. Ichak bo'shlig'ida ovqatning fermentlar ta'sirida parchalanishi.
B. Hujayra membranasi orqali so'rilgan monomerlarning jiyakli hujayralar sitoplazmasida qayta ishlanishi. *
C. Limfa tomirlari devorlarida hazm bo'lgan moddalarning so'rilishi.
D. O't suyuqligi ta'sirida ovqatning hazm bo'lishi.
E. Oligomer va dimerlarning jiyakli hujayralar mikrovorsinkalari yuzasida monomerlargacha parchalanishi.
6. Xilomikronlar bazal membrana orqali vorsinka stromasiga o'tgandan keyin qayerga so'riladi?
A. Ichak devoriga so'riladi.
B. Limfa tomirlariga so'riladi. *
C. Ustunli epiteliy hujayralarining mikrovorsinkasiga so'riladi.
D. Ustunli epiteliya hujayralarining sitoplazmasiga so'riladi.
E. Kriptalarga so'riladi.
7. "Membranadagi yoki devor oldi hazmi" nima ekanligini ko'rsating.
A. Shilliq pardalarning xususiy plastinkasi orqali qonga so'rilishi.
B. Ichakdagi ovqat hazm qilish.
C. Ustunli epiteliy hujayralarining sitoplazmasida ovqat hazm qilish.
D. Jiyakli hujayralar mikrovorsinkalari yuzasida monomerlarga parchalanish. *
E. Ichak devoridagi ovqat hazm qilish.
8. To'g'ri ichakning yuqori (chanoq) qismining shilliq qavati qanday relefga ega?
A. 8-10ta uzunasiga yo'nalgan burmalar mavjud. *
B. Aylana burmalar mavjud.
C. Kriptalar mavjud.
D. Burmalar, maydonlar va chuqurlar mavjud.
E. Mikrovorsinkalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |