1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet16/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Machay gor makoni (mil.avv. VII-VI ming yilliklar) Surxondaryo viloyati Boysun togining janubiy-garbida shu nomdagi qishloqda Turkandaryo (Sherabod daryoning yuqori oqimi) ning o'ng soxilila joylashgan. Yodgorlikda 1930 va 1950 yillarda G.V.Parfiyenov, M.V.Vorones, A.P.Okladnikovlar o'rgangan. 1970-1971 yillarda esa O'.Islomov qazish ishlarini davom ettirgan. Yodgorlikda ikkita madaniy qatlamlar aniqlangan.

Undandan tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o'rganilgan. Toshdan yasalgan qurollar nukleuslar, pichoqlar, kesgichlar, geometrik shakldagi (trapesiya, sigment) mikrolit qurollar, nayza o'qi uchlar va boshqalardan iborat.

Odam suyaklari yodgorlikning ikkinchi madaniy qatlamidan topib o'rganilgan. Odam suyaklarining biri erkak, ikkinchisi ayol va qolgan ikkitasi esa yosh bolalarga tegishli bo'lib, suyaklar antropolog olimlar V.Ya.Zezenkova va T.K.Xodjayovlarning xulosalariga ko'ra evropioid irqining Sharqiy O'rta er guruhiga xos uzunbosh kishilar vakillariga tegishli bo'lgan.

Yodgorlikdan topib o'rganilgan hayvon suyaklarining ko'pchillikni sibir echkisi, osiyo mufloni, kichik tuyoqli hayvonlarniki tashkil etadi. Shuningdek, kam sonli xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli suyaklar ham uchraydi. Ulardan qoy tegishlilari ko'pchillikni tashkil etadi, shuningdek chochqa, it va qora molga tegishli kamsonli topilmalar ham mavjud. Machay gorida yashagan ibtidoiy odamlarning asosiy mashguloti mahalliy tog sharoitida yashovchi hayvonlarga ov qilishdan iborat bo'lgan. Termachilik esa machayliklar xojaligining ikkinchi tarmogi hisoblangan. Machayliklar ko'rinishdan yovvoyi hayvonlarni qolga o'rgata boshlab, dastlabki chorvachilik ho'jaliga asos sola boshlaganliklaridan dalolat beradi.



3 Qadimgi yozma manbalarda Mouru, Margush va Margiana nomlari bilan tilga olingan Marv vohasidagi dastlabki yodgorlik (Yazdepa, Aravali depa, Kohnadepa va Uchdepa) lar amerikalik tadqiqotchi R.Pompeli tomonidan ochilgan. Tadqiqot ishlarini esa janubiy Turkmaniston kompleks arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1946 yil boshlanib, 1954-56 yillarda esa keng ko'lamli qazish ishlari olib borilgan. O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik hududlarida bo'lgani kabi so'nggi bronza davri protoshahar madaniyatida o'rnida qaror topgan naqshli sopollar madaniyati nomi bilan arxeologiya fani sahifalaridan o'rin olgan madaniyatning qaror topishi bilan tavsiflanadi.

Vohaning bu davr aholisi ham so'nggi bronza davridagi kabi mikrovohalar yoki xojalik tumanlari: Keleli, Ajiquyi, Toip, Odamboskan, Ovchin, Gonur, Toqaloq va Toxirboy kabilardan tashkil topgan. Yaz 1 bosqichida mikrovohalarda otroq dehqon jamoalarining kichik qishloqlari shakllanadi. Vohaning bu bosqichdagi sopollari qolda va charxda yasalgan guruhlardan tashkil topgan. Qolda yasalganlari naqshli va naqshsiz sopollardan iborat. Naqshlilari umumiy sopollarning 4-5 foizini tashkil etgan. Ular odatda sargish angob ustiga qizgish-jigar yoki jigar ranglarda berilgan geometrik naqshlar: uchburchak, shaxmat kataklari, to'rsimon va turli chiziq shakllaridan iborat bo'lgan. Boshqa bir turdagi sopollarining sirtiga naqsh solinmagan. Kulolchilik charxida yasalgan sopollar son jihatdan ustunlik qiladi. Sopollar vazifasiga ko'ra turli o'lchamdagi kosalar, miska (metalldan yasalgan kosaga o'hshagan), turli o'lchamdagi garshoklar, xum, xumcha, qozonlar va qozon yoki garshok shakliga oxshash xojalik idishlaridan iborat bo'lgan. Sopollar shakli jihatdan yarim shar, konus va bankasimon.

Yaz 2 bosqichiga kelib manzilgohlarda aholi sonining ko'payishi bilan ularning maydoni kengayib boradi, strukturasi murakkablashib, tabaqalanish jarayoni kechadi. Bu bosqichga oid manzilgohlar uch guruhdan: muhofaza devorlariga ega bolgan yirik manzilgohlar (Yazdepa Toqaloqdepa, Toxirboy 1), muhofazasiz katta qishloqlar va kichik manzilgohlar yoki uy-qo'rgonlardan iborat. Ular orasida Yazdepa har jihatdan boshqalariga nisbatan ajralib turadi. Maydoni 16 ga. dan iborat manzilgohning bir qismida 8 metr qalinlikdagi tag kursi ustida joylashgan arki 1 ga. maydonni egallagan. Uning atrofida tarqoq holda joylashgan uy-joy imoratlari o'rin olgan bo'lib, atrofi mudafaa devorlari bilan o'ralgan. Imoratlar tomonlari 50x25x10 sm. ham gishtdan bino qilingan.

Marv vohasida bu davrda katta-kichik manzilgohlardan tashkil topgan bir necha kichik vohalar rivojlanadi. Ular Toxirboy, Yazdepa, Togaloq, Toip, Aravalidepalardan iborat. Ulardagi manzilgohlarning uchta shakli ajralib turadi. Ular mudofaa qilingan qismidan iborat yirik manzilgohlar-Yazdepa Tugaloqdepa, Toxirboy 1 aylana shakldagidagi mudofaa qilinmagan manzilgohlar, kichik manzilgohlar yoki uy-qo'rgonlardan iborat. Voha aholisi sugorma dehqonchilik bilan shugullangan. Yazdepa va Aravalidepa vohalarida yirik va kichik kanallarning izlari mavjud bo'lib, qachonlardir ular orqaliy manzilgohlar suv bilan ta'minlangan. Bu davrga oid Yazdepa, Toxirboy, Dashli va boshqa manzilgohlardan ikki kamerali kulolchilik pechlari aniqlangan. Toxirboy 1 va Churnok manzilgohlar esa temir qotishmalari chiqindisi topib o'rganilgan. Bu esa vohada temirga ishlov berish rivojlanganini ko'rsatadi. Igna, bigizlardan tashqari temir, bolta ham topilgan. Kamon oqlari bronzadan ishlangan.

Mil.avv. VII asrda Marvda boshqa bir manzilgoh shakllanib, mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Erkqala va Gaurqala. Markaziy Erkqala yodgorligida amalga oshirilgan qazishma ishlari davomida xom gishtlardan (52x2610-12, 60x28x10 sm.) barpo etilgan 15 metr qalinlikdagi tagkursi aniqlangan bo'lib, undan tepadagi madaniy qatlam 2,5 m. ni tashkil etadi.

Marvliklarning asosiy xojaligi sugorma dehqonchilikdan iborat bo'lgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra hozirgi Gatiagor eni 5-8 m, chuqurligi 2-3 metr va Guniyob (5-6 m, chuqurligi 1,5-2 metr) kanallari orqali qadimgi aholi dehqonchilik qilishgan. Kanallarning ikki tomonidan kichik ariqlar orqali dalalarga taqsimlangan. Kanallar atrofidagi qadimgi dala maydonlarining izlari aniqlangan. Dehqonchilikda boshoqli va poliz ekinlari ekilgan. Chorvachilik bilan qay darajada shugullangan-liklari togrisida ma'lumotlar kam. Ko'rinishdan ular uy chorvachiligi bilan shugullanganlar.

Bu erdagi Toxirboy 1 va Churnoq manzilgohlaridan temir qotishmalarining chiqindisining topib o'rganilishi vohada temirchilikning paydo bo'lganligidan dalolat beradi.

Kulolchilik ishlab chiqarishi bogliq masalalar yaxshi o'rganilgan. Bu erdagi ko'pgina manzilgohlardan kulolchilik pechlarining izlari topilgan. Ular ichida Churnokdan topilgan ikkita pech diqqatga sazovardir. Ular qo'ngiroq simon shaklga ega bo'lib, olovxona va idishlar joylashtiriladigan qismlardan iborat. Uchdepadan esa kulollar mahallasi o'rganilgan, undagi kulolchilik pechlari mil.avv. V-IV asrlarga oid. Mil.avv. IV asrning o'rtalariga (Yaz 3) kelib vohalarning barcha manzilgohlarda inqirozi kuzatiladi. Sugorish tizimining murakkablashishi natijasida aholi yangi erlarni o'zlashtiradi.



Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling