1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant
Download 276.13 Kb.
|
1-58 arxeologiya
Neolit davri tavsifi. Neolit - (yun. neos-yangi, lot. litos-tosh, yangi tosh asri) tosh davrining so‘nggi bosqichi. Arxeologiya faniga neolit atamasini 1865 yilda ingliz olimi Jon Lebbok kiritgan.Neolit davri sanasi mahalliy hududlarning tabiiy-geografik sharoiti, xo‘jalik va moddiy madaniyati xususiyatiga ko‘ra mil. VIII-IV ming yilliklar doirasida sanalanadi. yer yuzining ayrim hududida neolit davri an'anlari mil. avv. III/II ming yilliklarda ham davom etadi.
Neolit davrining iqlimi hozirgidan ancha farq qilgan. Uning dastlabki bosqichida namchil va issiq iqlimli sharoit hukmron bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik atlantika bosqichida (taxminan mil. avv. VII-IV ming yilliklar) ob-havo isib, iqlim quruqlashib borgan. Ilgarigi namchil iqlimli o‘rmonzor hududlarda qurug‘oqchilik kuchaygan. Masalan, mezolit davrida sersuv va o‘rmonzor bo‘lgan Saxara qurg‘oqchilik tufayli cho‘lga aylanadi. Neolit davri ekologik o‘zgarishlar oqibatida Osiyoning tabiiy sharoiti qulay va issiq iqlimga ega bo‘lgan subtropik mintaqalarida mezolit davridagi ixtisoslashgan termachilik va ovchilik asosida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik-dehqonchilik va chorvachilikning vujudga keladi. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakli o‘tish dastlab yevrosiyoning issiq iqlimli janubiy o‘lkalarida sodir bo‘lgan. “Serunum yarimoy hududi”ni tashkil etgan Yaqin Sharq, Mesopotamiya va Kichik Osiyo yerlarida mil. avv. IX/VIII ming yilliklardayoq o‘simliklarni madaniylashtirish va hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari-dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgandan so‘ng barqaror oziq-ovqat zahirasi paydo bo‘ladi. Bu aholi turmush darajasining o‘sishishiga olib keladi. Kishilik jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo‘lgan bunday ijobiy o‘zgarishlarni ingliz arxeolog olimi Gordon Chayld “neolit inqilobi”, deb atagan. Amerikalik boshqa bir olim R.Breydvud esa ijtimoiylashgan shaklda, ya'ni “oziq-ovqat yetishtirish inqilobi” nomi bilan yuritishni ma'qul ko‘rgan.
Ikkinchi bosqichda (Ierixon IB) ierixonliklar hayotida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bu yerga shimoldan aholi ko‘chib kelib joylashadi. Moddiy madaniyat va xo‘jalik sohalarida ma'lum yutuqlarga erishiladi. Uy-joylari yer ustida, ilgaridan rejalashtirish asosida qurila boshlaydi. Mazkur bosqichida xo‘jalik sohasida ham muhim o‘zgarish sodir bo‘ladi. Terib-termachilik asosida ilk dehqonchilik shakllanadi. Soylarning etagida joylashgan tekis maydonlarga ekilgan boshoqli don ekinlari bahorgi yomg‘ir suvi bilan liman usulida ikki-uch marta sug‘orilgan. Dehqonchilikda arpa va bug‘doy ekilgan. yerlarga motiga yordamida ishlov berilgan. Hosil yog‘ochga qotirilgan mikrolit tosh o‘roqda o‘rib olingan. Ovchilik asosida xonaki chorvachilik shakllangan. Topilgan suyaklarga ko‘ra faqat echki, ehtimol qo‘y ham xonakilashtirilgan. Don mahsulotlari zahirasining ko‘payishi bilan mushuk ham xonakilashtiriladi. Ovchilik xo‘jaligi ahamiyatini saqlab qolgan. Tosh qurollari kamon o‘qining uchi, o‘roq qadamalari, keli, don yanchgich, turli idishlar, tosh boltalardan iborat. Loydan antropomorf va zoomorf haykalchalar yasalgan. Ierixon madaniyatining oxirgi bosqichida sopol idishlar paydo bo‘ladi. Dastlabki sopol idishlar qo‘lda yasalib, olovda pishirilmagan. Marhumlar uylarining ichida, gujanak holda kuzatuv buyumlari bilan birga ko‘milgan. Makondan topilgan odamlarning maxsus saqlangan bosh suyagiga qaraganda ierixonliklar diniy e'tiqodida ajodlar ruhiga sig‘inish odatiga amal qilingan. Ilk ishlab chiqarishning ikkinchi markazi Kichik Osiyoda hisoblanadi. Xojilar, Cheyniyutepa, Chatal Huyuk, Ashikli Huyuk, Nevali Chori, Gebeklitepa manzilgohlari neolit davri dehqon jamoasining muhim yodgorliklari sanaladi. Xojilar manzilgohining quyi qatlamida neolit davrining ilk bosqichiga oid xom g‘ishtdan qurilgan uylarning o‘rni aniqlangan.Manzilgohda yashagan aholi termachilik negizida o‘troq dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tgan.Dehqonchilikda ikki qatorli arpa ekishgan. Cheyyunyutepa manzilgohida neolit davri ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari yaxshi o‘rganilgan. Manzilgohning quyi qatlamida topilmalarga ko‘ra dastlabki ikki bosqichida xo‘jalikning ovchilik-dexqonchilik shakli ustunlik qilgan bo‘lsa, uchinchi bosqichda chorvachilik ovchilikni siqib chiqaradi. Dastlab qo‘y va echki boqilgan. Dehqonchilikda bir va ikki qatorli bug‘doy ekilgan. Sopol buyumlari uchramaydi, loydan yasalgan hayvon xaykalchalari mavjud.Tosh qurollarining aksariyati mikrolitsimon chaqmoqtoshdan yasalgan.Urib yasalgan kam sonli mis buyumlari ham uchraydi. Kichik Osiyoning Koniya vodiysida joylashgan Chatal Huyuk (maydoni 13 ga.) manzilgohida neolit davri o‘troq dehqonchilik madaniyatining yanada taraqqiy etgan shakli namoyon bo‘ladi. Manzilgohdan (mil. av. VII ming yillik ikkinchi yarmi-VI ming yillik birinchi yarmi) yirik o‘lchamli xom g‘ishtdan barpo qilingan uylarning o‘rni ochib o‘rganilgan. Ba'zi bir imoratlarning devoriga mazmunan boy rang-tasvirlar chizilgan va bo‘rtma naqshlar, xususan, buqa va qo‘yning boshi yopishtirilgan. Bunday imoratlar o‘troq dehqon jamoasining ibodatxonasi hisoblangan. Mehnat qurollari chaqmoqtosh, obsidian va suyakdan yasalgan. Chatal Huyuk yodgorligidan topilgan moddiy ashyolarga ko‘ra neolit davrining so‘nggi bosqichida misni urib ishlov berish orqali yasalgan buyumlarning soni ko‘payadi. Manzilgohning yuqori madaniy qatlamidan kam sonli sopol buyumlari topilgan. Ularning sirtiga qizil chiziqli naqshlar chizilgan Kichik Osiyoda neolit davrining rivojlangan bosqichida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning ahamiyati yanada oshadi.Manzilgohdan madaniylashtirilgan o‘simliklarining 14 xil turi aniqlangan. Dehqonchilikda bir va ikki qator arpa hamda bug‘doy ekilgan. Qo‘y, echki va qoramol uy chorvachiligini tashkil etgan. Ovchilik yordamchi xo‘jalik sifatida ahamiyatini saqlab qolgan. 3 savolga javob
Download 276.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling