TEST SAVOLLARI
1 Folklor atamasini adabiyotga kim va qachon olib kirgan?
Vilyam Toms,1846 yilda
M. Koshg‘ariy, XI asrda
Navoiy , 1500 yilda
J.Svift, 1624
2. Mifologik afsonalarda cho‘l piri, hosildorlik homiysi shaklida namoyon bo‘luvchi qahramon nomi?
Erxubbi
Anbar ona
Qayumars
Xizr
3. Javoblarning qaysi birida diniy rivoyatlar keltirilgan?
«Od qavmi haqida rivoyat», «Ibrohim payg‘ambar rivoyati»
«Oltin uzuk», «To‘maris»
«Guldursun», «Anda jon qoldi»
«Qo‘ng‘irot», «Navoiy bilan cho‘pon»
4. Afsonaning rivoyatlardan o‘zaro farqlari ko‘rsatilgan javobni aniqlang?
Rivoyat uydirmalarga asoslangan, afsona haqiqatga
Rivoyatga biografik ma'lumot yo‘q, afsonada bor
Afsona mubolag‘aga asoslangan, rivoyat xotiralarga
Afsonada uydirma kuchli, rivoyatda faktik material ko‘p
5. Javoblarning qaysi birida naql janriga ta'rif berilgan?
Axloqiy norma hamda odob haqida yuzaga kelgan fikrlarni izohlovchi, ta'limiy xarakterdagi majoziy hikoyat
Hayvonlar personajlaridagi insoniy harakat va munosabatlar aks etgan asarlar
Hayvonlar personajlaridagi insoniy harakat va munosabatlar aks etgan asarlar
Uydirmalar asosiga qurilgan, qahramonlarning hatti-harakatlari sehr, jodu, mo‘jiza, xayoliy obrazlar bilan bog‘langan asarlar
6. Tarixiy rivoyatlar javoblarning qaysi birida ko‘rsatilgan?
Anda jon qoldi», «Qo‘ng‘irot»
«Devonqal'a», «Kalta minor»
«Navoiy bilan cho‘pon», «Oltin uzuk»
«Kayumars», «Hazrati Xizr»
Do'stlaringiz bilan baham: |