1. labarotoriya ishi: amilalitik fermentlar faolligini aniqlash (4 soat) 1-ish. Saxaraza fеrmеntining faolligini aniqlash


Katalaza faolligini aniqlashda ishlatiladigan apparat


Download 94.06 Kb.
bet2/2
Sana14.02.2023
Hajmi94.06 Kb.
#1196967
1   2
Bog'liq
1-laboratoriya mashg’uloti (1)

Katalaza faolligini aniqlashda ishlatiladigan apparat: 1-reaksiya ketadigan idish; 2-byuretka; 3-noksimon shisha idish; 4-uchtalik shisha naycha; 5-qisqich.

Reaksiya davomida byuretkadagi suv hajmi ham ajralib chiqqan kislorod hajmiga teng miqdorda kamayadi. Mana shu byuretkadagi suv hajmining o‘zgarishiga qarab, ferment faolligi aniqlanadi. Ferment faolligi 3 daqiqada 1 g ho‘l to‘qimaga nisbatan hajm (kislorod) birligida ifodalanadi.


Kataliz ketadigan idishni chayqatganda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki katalitik idishni qo‘l bilan ushlaganda, u isiydi. Idishning isishi esa o‘z navbatida uning ichidagi havo hajmining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu usul yordamida o‘simlikning turli yaruslaridan (pog‘onalaridan) olingan barglardagi katalaza fermentining faolligi aniqlanadi va reaksiya natijasida olingan ma’lumotlar tubandagi jadvalga yozib qo‘yiladi.


1-jadval

Bargning poya bo‘ylab joylashishi (yaruslarda)

Bargning massasi

3 daqiqada ajralib chiqqan kislorod hajmi

Katalaza faolligi (olingan ho‘l materialdan ajralib chiqqan O2 ml hisobida)


























2-ish. 1-2 gramm o‘simlik namunasiga 0,3 gramm kvarts qum, 5 ml suv qo‘shiladi va chinni xavonchada yanchiladi. Katalaza fermenti kuchsiz ishqoriy (pH-7,7) sharoitda kuchayganligi uchun yangicha namunaga 0,2-0,5 g oq bo‘r qo‘shiladi. Xavoncha ichidagi yanchiga namuna chetga oqib ketmasligi uchun xovonchaga tumshuqchasini pastki tomonidan xalqa qilib vazelin surkaladi.
Ezilgan namuna katalaznik deb atalgan deb atalgan 100-150 sm3 hajmli keng og‘izli shisha idishda solinadi. Havoncha devorida yuqqan massa distillangan suv bilan yuvib idishga tushiriladi. Bu ish bir necha bor qaytariladi . Natichada katalaznik ichida 20 ml eritma yig‘iladi.
Balandligi 2 sm, diametri 1,8 sm keladigan shisha idishga 5 ml 3%li vodorod peroksidi quyiladi. Vodorod peroksidi idish pinset yordamida ehtiyotlik bilan katalaznik ichiga tushiriladi. Katalaznikning og‘zi kauchuq nay o‘rnatilgan rezina po‘kak bilan mahkam berkitiladi. Katalaznikni berkitish bilan byuretkadagi rangli eritma sathi pasayadi. Yuqoridagi qisqich yordamida byuretkadagi rangli suvning sathi O ga to‘g‘rilanadi va nay mahkam yopiladi. Katalaznikni qiyshaytirib kichik idish (b) ichidagi vodorod peroksidi katalaznik ichidagi eritmaga quyiladi. Vodorod peroksidi katalaznik ichidagi eritmaga quyiladi. Vodorod peroksidi katalaznikdagi eritma bilan reaksiyaga kirishadi.
O‘simlik to‘qimasida mavjud bo‘lgan katalaza fermenti ta’siridan H2O2 parchalanadi. Reaksiya vaqtida ajralib chiqqan kislorod (O2) qauchuq nay orqali yuqoriga ko‘tariladi va byuretkadagi rangli eritmani siqib pastga tushiriladi (byuretkaga rangli eritma solish shart emas. Oddiy qaynatib sovitilgan suv yoki yaxshisi distillangan suv solsa ham bo‘laveradi.) Katalaznikni qiyshaytirish bilan bir vaqtda sekundamer ham ishga tushiriladi. Har 30 sekund o‘tishi bilan byuretkadagi suyuqlik sathining pastga tushgan hajmi yozib boriladi, tajriba 180 sekunddan so‘ng to‘xtatiladi, 6 marta o‘lchanadi. Har bir o‘simlik to‘qimasi uchun tajribani kamida 4-5 marta takrorlash kerak.
Olingan raqamlarga asosan katalazaning faolligi aniqlanadi
Download 94.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling