1-Laboratoriya Bevosita (passiv) gemagglyutinatsiya reaksiyasi
Download 53.2 Kb.
|
1-laboratoriya
1-LaboratoriyaBevosita (passiv) gemagglyutinatsiya reaksiyasi.Ishning maqsadi: 1. Aglyutinatsiya reaksiyasini o’rganish. 2. Aglyutinatsiya reaksiyasini qo’yish tartibi. Nazariy qism. Antigenlar- (immunogenlar)- genetik begona modda sifatida organizm ichki muhit doimiyligini buzadi va uyidagi immunologic reaksiyalar rivojiga sabab bo’ladi. Gumoral imunitet tufayli antitana ishlab chiqish. Kuchaygan sezuvchanlikninh sekinlashgan turi. Kuchaygan sezuvchanlikning tezlashgan turi. Immunologic xotiraning kuchaygan turi. Immunologic tolerantlikning (areaktivlik) rivojlanishi. Antitanalar – makroorganizmlar tomonidan antigenlar ta’siri tufayli ishlab chiqariladigan va ular bilan o’ziga xos bog’lanishda bo’ladigan moddalarag Ishning borish tartibi. Agglyutinatsiya reaksiyasining qo’yilishi. P robirkaga 0,5 ml elektrolit solinib 1:50 nisbatidagi zardob (0,1 zardobdan 0,4 ml NaCl eritmasi qo’shiladi va 1-2 tomchi diagnostikum tomiziladi. Probirkada 1:100 nisbatidagi serotirilga hosil bo’ladi. Ikki probirkaga esa diagnostikum tomizilmaydi. Aglyutinaskop P robirkalar chayqalib, teriostaga 370 S da 2 soatga qo’yiladi. Keyin esa 18-24 soat davomida xona +0 sida somatic antigenlar reaksiyasi qayd qilinadi. Reaksiya natijalari qurollashgan ko’z yordamida cho’kma asta chayqatilgan holda quyiladi. Musbat reaksiya cho’kma oson parchalanadigan tolalar (n – agglyutinatsiya) yoki donalar (o – agglyutinatsiyalardan iborat bo’ladi). Reaksiyaning aniqliga ko’ra cho’kma ustidagi suyuqlik ma’lum darajada tiniqlashadi. Reaksiya darajasi 4 ta plyus (+) tizim bo’lishicha baholanadi To’liq agglyutinatsiya – suyuqlikning to’liq tiniqlashishi 4 ta plyus ++++ Deyarli 3 ta plyus Agmotinatsiya belgilashi – 1 ta plyus Shubhali reaksiya_ +\- Manfiy reaksiya – minus (-) cho’kma yo’q, suyuqlik gomogen, hujayra 2- probirkada (nazorat probirka) ham huddi shunday bo’ladi. Noma’lum kulturani solishtirib aniqlashda (identifikatsiyalashda) spirt bilan tozalangan ppredmet oynasiga dialnostik agglyutinlovchi zardob tomiziladi. Paster pepitkasida kerakli diagnostikum suyultiriladi va 1-2 tomchi tomiziladi, har 1 tomchiga bitta petlya (24 soat) tekshirilayotgan kultira tomiziladi va aralashtiriladi. Reaksiya natijasida 3- 10 minutdan so’ng ma’lum bo’ladi. Musbat reaksiyada tomchida agglyutinin tolalari yoki donalari hosil bo’ladi. Control sifatida NaCl ning izotonik eritmasi va kultura aralashmasi olinadi. Gemagtlyutinatsiya (gemo... va agglyutinatsiya) — serologik reaksiya; quyilayotgan qon resipiyent (qon oluvchi bemor)ning qon guruhiga moye kelmaganda, qon shaklli elementlaridan eritrotsitlarning bir-biriga yopishib, gʻuj boʻlib choʻkishi. Bevosita va bilvosita gemaglitinatsiya farq qilinadi. Bevosita G.da eritrotsitlarning yopishib qolishi unga antitelo — gemagglyutininlarning toʻgʻridan toʻgʻri taʼsiri tufayli roʻy beradi. Agar gemagglyutinin va eritrotsitlar bir turdagi organizmga xos boʻlsa, izogemagglyutinatsiya sodir boʻladi. Bu qon guruhini aniqlash va donorni toʻgʻri tanlashda qoʻl keladi. Agar yuqoridagi holat har xil turdagi organizmga xos boʻlsa, geteroagglyutinatsiya roʻy beradi, bu asosan ayrim infeksion kasalliklar (masalan, infeksion mononukleoz)da kuzatiladi. Bilvosita G.da tegishli antigen yoki gapten bilan ishlangan eritrotsitlar yopishib qoladi. Bu reaksiya ayrim infeksion va allergik kasalliklarda qoʻllaniladi. Eritrotsitlarning gʻuj boʻlib yopishib qolishi viruslar taʼsirida (masalan, grippda) ham roʻy berishi mumkin. Virusli kasalliklarni aniqlashda bu reaksiyalarning oʻziga xos tomonlaridan foydalaniladi. Download 53.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling