1-laboratoriya ish mavzu: lаbоrаtоriyadа ishlаsh tехnikа хаvfsizligi


KO‘NGILSIZ HODISALAR RO‘Y BERGANDA DASTLABKI


Download 69.09 Kb.
bet4/4
Sana05.05.2023
Hajmi69.09 Kb.
#1428293
1   2   3   4
Bog'liq
1-Laboratoriya (2)

KO‘NGILSIZ HODISALAR RO‘Y BERGANDA DASTLABKI
TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH
Laboratoriyada ishlash tartibi puxta o‘rganilgan bo‘lsa, ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermaydi. Bordi-yu, biron hodisa yuz bergudek bo‘lsa, uning oldini olish va dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishni bilish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:

  • Yong‘in chiqib, teri bir oz kuysa, kuygan joyni avvalo kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan yuvib, so‘ngra osh tuzining to‘yingan eritmasi shimdirilgan paxta qo‘yib bog‘lash kerak.

  • Kislota ta’sirida kuygan joy avvalo suv bilan, so‘ngra suyultirilgan soda eritmasi bilan yaxshilab yuviladi.

  • Ishqor ta’sirida kuygan joy avvalo qayta-qayta suv bilan, so‘ngra sirka yoki limon kislotaning suyultirilgan (3%) eritmasi bilan yuviladi.

  • Xlor, brom yoki kislota bug‘lari bilan zaharlanganda tezda ochiq havoga chiqish kerak.

  • Ko‘zga kislota sachrasa, ko‘zni avval suv, so‘ngra 3% li soda eritmasi va nihoyat, borat kislotaning to‘yingan eritmasi bilan yuvish kerak.

  • Fenoldan kuygan joy teri rangi normal holatga kelguncha glitserin shimdirilgan paxta bilan artiladi.

  • Shisha sinig‘i bilan jarohatlanganda, avvalo, jarohatni shisha siniqlaridan tozalash, so‘ng yod surtib, jarohatni sterillangan bint bilan bog‘lash kerak. Ko‘p qon ketish xavfi bo‘lsa, jarohatlangan joydan yuqoriroqni elastik qisqich bilan bog‘lanadi. Qon to‘xtashi bilan qisqich olib tashlanadi.

  • Tasodifan og‘iz orqali reaktivlar bilan zaharlanib qolinsa, ko‘p suv ichish kerak. Yod bilan zaharlanganda soda, kofe, choy ichish kerak. Metallarning tuzlari bilan zaharlanganda tuxum yutish, atala, qatiq yoki sut ichish lozim.

  • Laboratoriya dori qutichasida quyidagi dori - darmonlar bo‘lishi shart: bint, tibbiy paxta, kuyganga qo‘yiladigan malham dori, yod eritmasi, spirt, kanakunjut moyi, kaliy permanganat, temir (III)-xlorid, mochevina, tanin, borat va sirka kislota eritmalari, novshadil spirt, oq streptotsid, glitserin, leykoplastir, kollodiy, pipetka, vazelin, pinset, rezina jgut, kompress qog‘oz va boshqalar.

  • Sentrifuga, aralashtirgich va shunga o‘xshash asboblar bilan ishlashda shu asboblarning yo‘riqnoma qoidalariga rioya qilish zarur. Bunday asboblarni nazoratiz qoldirish yoki ularni nazorat qilib turishni boshqalarga topshirish mumkin emas.

  • Singan shisha qoldiqlarini cho‘tka yoki supurgi bilan tozalab yig‘ish lozim.

Jarohatlanish, kuyish va umuman, zaharlanishning hamma hollarida dastlabki tibbiy yordami ko‘rsatilgandan so‘ng darhol shifokorga murojaat etish zarur.
Download 69.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling