"Om" da o‘lchanadi. Quyidagi rasmda biz amalda ko‘p ishlatadigan
rezistorlar(qarshiliklar) berilgan.
"Maket platasi" - elementlarni o‘zaro ulashda ishlatiladigan plata(yuza).
Maket plata yuzasida ko‘plab pin(razyem)lar bo‘lib ularni o‘zaro qanday holatda
joylashtirilganini bilish asosiy masala hisoblanadi. Keling buni batafsil ko‘rib
chiqaylik.
Maket platasi tuzilishi
Bunda komponentlar payvadsiz(paykasiz ulanadi), natijada biz biror shemani
yiG‘ishda ishlatgan elementlarni qiyinchiliksiz platadan ajratib olib boshqa
shemalarni yiG‘shda qayta ishlatishimiz mumkin.
Bu bizga vaqtni tejash va
mablaG‘ni iqtisod qilishda juda foydalidir.
Keling endi eng qiziq jarayon birinchi amaliyotga o‘tsak! Unda biz
svetodiodni yoqib-o‘chirish topshiriG‘ini bajaramiz.
Birinchi amaliy mashg’ulotni boshlash uchun avval
“Arduino sketcherini”
ishga tushiramiz.
Kompyuter monitorida quyidagi ish stoli ochiladi.
Endi Arduino sketcheri yordamida dastur yozish mumkin. Har
qanday dastur
“kod” yordamida yoziladi.
"Kod" - dastur ichida yoziladigan har bir raqam, so’z
va belgilar kod deb
nomlanadi. Birinchi bor dastur yozayotganlar qiynalmasligi uchun avval boshdan
yozilgan tayyor dasturni ishga tushurib uni birma-bir, har bir belgi va har bir so’z
nima maqsadda ishlatilganini o’rganamiz.
" { } " - bu belgi dasturdagi boshqaruvchilar(operatorlar) ishining qayerdan
boshlanib va qayerda tugashini belgilashda qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: