1-Laboratoriya ishi 2R135F2 rusumidagi vertikal parmalash dastgohining struktura-texnologik modell(stm)i. Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari


Download 382.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.03.2023
Hajmi382.58 Kb.
#1280665
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi



1-Laboratoriya ishi 
2R135F2 rusumidagi vertikal parmalash dastgohining struktura-texnologik 
modell(STM)i. 
Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari 
2R135F2 rusumidagi dastgohi uncha katta bo`lmagan partiyadagi detal ichki 
yuzalariga ishlov berishga mo`ljallangan. 
Ishlov beriluvchi detal o`zaro bir biriga perependikulyar harakatlanuvchi stolga 
(1rasm) kerakli holatda, ishlov beriladigan yuza tekisligi va aylanuvchi shpindel 
o`qlariga mos holatda mahkamlanadi. Ichki yuzaga ishlov berish 6 pozitsiyali 
revolver kallakli shpindelda joylashgan kesgichlar orqali amalga oshiriladi.
1-rasm. 2R135F2 
rusumidagi vertikal 
parmalash RDB dastgohini 
umumiy ko`rinishi: 
1. 
Stanina; 
2.Asosiy 
harakat elektrodvigateli; 3. 
Revolver kallagini burilish 
uzatmasi; 
4. 
Parmalash 
kallagi; 
5. 
Parmalash 
kallagining uzatish privodi; 6. 
Shpindel; 7. Revolver kallagi; 
8. 
Boshqarish 
pulti; 
9.Ko`ndalang harakatlanuvchi 
stol; 10. Bo`ylama harakat. 
Parmalash, zenkerlash va ochib kengaytirish dastgohda "tez olib borish-ishchi 
uzatish-tez qaytarish" sikl bo`yicha amalga oshiriladi. Zenkerlash uzatilmasdan 
ishchi xodi ohirida uzluksiz hosil qilinishi mumkin. Stol, slazkalar va revolver 
kallagi supporti elektromexanik yopiq uzatmalarga ega. Harakat vintli uzatma privodi 
o`lchovchi 
o`zgartirgichlar-selsinlar, 
joylashishni 
nazorat 
qiluvchilar 
bilan 
bog`langan. Dastgoh "S-70-3 Koordinata" RDB tizimiga asoslangan. Boshqaruv 
dasturi ISO - 7 bit kodi asosida 8 qatorli perfolentaga yoziladi. 
Dastgohning asosiy harakat privodi
Dastgohning pog`onali tezliklar qutisi elektromagnit mufta yordamida avtomatik 
o`tadigan shpindelning 12 chastotali aylanishini taminlaydi.
Kesishuvchi stol uzatma privodi
Kesishuvchi stolning ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlardagi harakati har biri 
stolning 2 xil harakat tezligini (tez va sekin) ta`minlovchi alohida privodlar orqali 


274 
amalga oshiriladi. Harakat tezligini Katta tezlikdan kichik tezlikka elektromagnit 
muftalar orqali o`tkaziladi. 
Kesishuvchi stol asos, slazka va stoldan tashkil topgan. Slazka ko`ndalang 
yo`nalishda, stol esa bo`ylama yo`nalishda harakatlanadi. Qaytish aloqa zanjiridagi 
harakatni nazorat qilish uchun datchiklar va aylanali, kontaktli, kodli, tishli 
uzatmaning qadamli vintlari bilan bog`langan o`zgartirgich qo`llaniladi.
Dastgohning texnik tafsiloti 
1. Ishlov berilayotgan teshikning eng katta 
diametri, mm 
35 
2. Revolver kallagining shpindellar soni

3. Shpindel aylanish chastotasi soni
12 
4. Shpindel aylanish chastotasi chegarasi, 
ayl/min
31,5 - 1400 
5. Revolver kallagi supporti uzatishlar soni
18 
6. Support uzatishlar chegarasi, mm/min 
10 – 500 
7. Supportning tez siljish tezligi, mm/min
3360 
8. Stolning siljish tezligi, mm/min 

Tez

Sekin
и 
3210 
2,1 
9. Stolning eng katta siljishi, mm 

Ko`ndalang

Bo`ylama
560 
360 
10. Siljish diskretligi (qadami), mm 
0,01 
11. Koordinatalar soni 

12. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni 

13. Asosiy harakatlanuvchi elektrodvigateli 
quvvati, kVt 

14. RDB qurilmasi turi
Koordinata S-
70-3 
Ishni bajarish tartibi
1. Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish 
2. Dastgohning ishlash prinsipini o`rganish
3. Dastgohning koordinata tizimini aniqlash 
4. Dastgohning koordinata-texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish
5. Dastgohning struktura texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish 
6. Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasini (KKTS) 
ishlab chiqish 
7. Dastgohning quvvati formulasini (DQF) yozish 
8. Bajarilgan ish bo`yicha hisobot topshirish 


275 
Nazorat savollari 
1. Dastgohning vazifasi 
2. Dastgohning ishchi organlari siljishini o`lchash qanday amalga oshiriladi? 
3. Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday amalga 
oshiriladi? 
4. Dastgohning koordinata texnologik sxemasi nima? 
5. Dastgohning struktura texnologik formulasiga nima kiradi? 
6. KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi? 
7. Dastgohning quvvati formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan?
8. RDB dastgohi qurilmasining texnik tafsiloti? 
 
 
 
 
 
 
 

Download 382.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling