1-laboratoriya ishi. Axborot tizimlari va hayot sikli


Download 85.04 Kb.
bet2/2
Sana22.02.2023
Hajmi85.04 Kb.
#1221263
1   2
Bog'liq
4-LABORATORIYA (1)

Лоинхалаш

2.3-rasm. AT HS ning spiralli modeli

Amaliyotda keng tarqalgan ikkita asosiy HS modeli olingan:



  • kaskadli model (1970-1985 yy. uchun xarakterli);

  • spiralli model (1986 y. dan keyin xarakterli).

Avvalgi loyihalarda yetarlicha oddiy AT da ilovalar yagona, funksional va axborotli mustaqil blokka ega bo‘lgan. Ilovalarning bunday tiplarini ishlab chiqish uchun kaskadli usul unumli bo‘lgan. Har bir bosqich to‘liq bajarilib, barcha ishlar rasmiylashtirilganidan so‘ng yakunlangan.
Kaskadli yondoshuvni qo‘llashning ijobiy tomonlarini quyidagicha belgilash mumkin:

- ishning mantiqiy ketma-ketlik bosqichida bajarilishi barcha ishlarni yakunlash
muddatini va mos keluvchi xarajatlarni rejalashtirish imkonini beradi.
Ishlab chiqishning eng avvalida tizimga bo‘lgan barcha talablarni yetarlicha aniq va to‘liq ifodalash mumkin bo‘lganda kaskadli yondoshuv oddiy AT larni qurishda o‘zini yaxshi oqlaydi.
Bu yondoshuvning asosiy kamchiligi shundaki, tizimni yaratishning real jarayonida hech qachon bunday qat’iy sxemani taxlab bo‘lmaydi, har doim avvalgi bosqichga qaytish extiyoji tug‘iladi va avvalgi qabul qilingan qarorlarni ko‘rib chiqish va aniqlashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada AT ni yaratishning real jarayoni oraliq nazoratli bosqichma- bosqichli modelga mos keladi. Lekin, bu sxema yuz beruvchi o‘zgarishlarni va tizimga bo‘lgan talabni aniqlashni tezkor aniqlashtirish imkonini bermaydi. Ishlab chiqish natijalarini foydalanuvchilar bilan kelishuv ishining har bir bosqichi yakunlangandan so‘ng rejalashtiriluvchi nuqtalardagina amalga oshadi. AT ga bo‘lgan umumiy talab uni yaratishning barcha vaqtlarida texnik masala ko‘rinishida belgilab qo‘yilgan. Shunday qilib, foydalanuvchilar ularning real ehtiyojini qoniqtirmaydigan tizimga ega bo‘ladilar.
HS ning spiralli modeli sanab o‘tilgan muammolarni bartaraf qilish uchun taklif etilgan. Tahlil qilish va loyihalash bosqichida texnik yechimlarni amalga oshuvchanligi hamda buyurtmachi talabini qondirish darajasi prototiplarni yaratish yo‘li bilan tekshiriladi. Spiralning har bir buramasi ishga layoqatli fragment yoki tizim versiyasini yaratishga mos keladi. Bu esa loyihaning talabi, maqsadi va xarakteristikasini aniqlashtirish, ishlab chiqish sifatini belgilash, spiralning keyingi buramasi ishini rejalashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, loyiha detallari chuqurlashadi va ketma-ket ravshanlashib boradi, natijada buyurtmachining haqiqiy talabini qoniqtira oladigan asosli variant tanlanadi va iste’molgacha olib boriladi.
Iterativ ishlab chiqish murakkab tizimni yaratishning spiral siklini obyektiv aks ettiradi. U joriy bosqichdagi ish to‘liq yakunlanishini kutmasdan, keyingi bosqichga o‘tish imkonini beradi, shuningdek, eng asosiy masala - foydalanuvchiga ishga layoqatli mahsulotni iloji boricha tezroq ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi.
Spiralli siklning asosiy muammosi - keyingi bosqichga o‘tish momentini aniqlashdan iborat. Uni hal qilish uchun HS ning har bir bosqichiga vaqtinchalik chegara kiritiladi va barcha rejalashtirilgan ishlar yakunlanmagan bo‘lganida ham rejaga muvofiq keyingi bosqichga o‘tish amalga oshiriladi.
AT ni ishlab chiqish va loyihalash sohasida kompaniyalar - vendorlar va ekspertlarning qat’iy tavsiyalariga qaramay ko‘plab kompaniyalar iteratsion modellarni biror-bir varianti o‘rniga kaskadli modeldan foydalanishda davom etayapti. Kaskadli model o‘zining ommabopligini saqlab qolishiga asosiy sabab quyidagilardir:
Tizimni yaratishning har bir bosqichida HS jarayoni ko‘rinishida beriluvchi ishning belgilangan hajmini bajarilishi ko‘rib chiqiladi. Jarayon kiruvchi ma’lumotlarni chiquvchi ma’lumotlarga o‘zgartiradigan o‘zaro bog‘liq harakatlar to‘plami sifatida aniqlanadi. Har bir jarayonning tavsifi yechiladigan masalalarning ro‘yxatini, berilgan ma’lumotlar va natijalarni o‘z ichiga oladi.
AT larni loyihalash va ishlab chiqish nazariyasiga eng katta xissani 1970 yillar o‘rtalarida BSP (Business System Planning - tashkiliy rejalashtirish metodologiyasi) metodologiyasini taklif qilish bilan IBM kompaniyasi kiritgan. BSP da keltirilgan biznes jarayonlarni, funksional bo‘linmalarni, ma’lumotlarni qayta ishlash tizim funksiyalarini, axborot obyektlarini, hujjatlar va ma’lumotlar bazalarini matritsali kesishmasidan foydalanib axborotlarni strukturalashtirish usuli hozirgi kunda nafaqat axborot texnologiyalari loyihalarida, balki biznes jarayonlarni reinjeneringi va tashkiliy tuzilmalarni o‘zgartirish loyihalarida ham foydalanilmoqda.
BSP jarayonining asosiy qadami, uning ketma-ketligini (oliy rahbariyatdan madad olish, tashkilot jarayonlarini belgilash, ma’lumotlar sinflarini belgilash, intervyu o‘tkazish, intervyu ma’lumotlarini qayta ishlash va tashkil qilish) barcha rasmiy usullarda uchratish mumkin, shuningdek amaliyotda foydalanilayotgan loyihalarda ham.
Download 85.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling