Reja: Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 27.83 Kb.
bet1/7
Sana04.02.2023
Hajmi27.83 Kb.
#1164257
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
intellektual mulk1


Mavzu: Intellektual mulk obyektlarini muhofazalash sohasida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi
Reja:

  1. Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

  2. 2022 — 2026-yillarda O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi

  3. Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
INTELLEKTUAL MULK SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqaviy brendlarni yaratish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga o‘z vaqtida chora ko‘rish, mualliflarning va boshqa ijodkorlarning moddiy manfaatdorligini oshirish, xorijiy kompaniyalarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlarda bir qator masalalar dolzarbligicha qolmoqda.
Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali qarshi kurashish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmoniga muvofiq, Intellektual mulk agentligi va uning hududiy markazlari ularning vazifa, funksiya va vakolatlari Adliya vazirligiga o‘tkazilgan holda qo‘shib olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritilgan huquq egalariga tegishli tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik talablari buzilishi aniqlanganda, bu to‘g‘risida xabar berish;
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘rtasida intellektual mulk huquqlariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
b) quyidagi davlat organlari intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish hamda intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi:
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mahsulotlarni sertifikatlashtirish, muvofiqlik sertifikatlari va belgilarini berish jarayonida;
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi jarayonlardagi tekshirish va o‘rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:
a) sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi organlar tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan, realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida ularda qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, geografik ko‘rsatkich, tovar kelib chiqqan joy nomi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish;
b) Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sifat nazorati, standartlashtirish va sertifikatlashtirishni amalga oshiradigan ishchi organi tomonidan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish va (yoki) o‘rganish.
Adliya vazirligi 2022-yil 1-iyungacha sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi barcha organlarni “Sanoat mulki muhofazasi portali”ga bepul ulanishini ta’minlasin.
4. Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
a) “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali intellektual mulk obyektlarini Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni elektron tarzda yuborish va qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish bosqichlarini onlayn ravishda kuzatib borish hamda qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida ariza yuboruvchilarni xabardor qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi;
b) bojxona organlari tomonidan Reyestrga kiritilgan intellektual mulk obyektlari huquq egalarining qonuniy manfaatlarini quyidagi himoya qilish huquqi beriladi:
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida intellektual mulk huquqlari buzilganligi alomati mavjud bo‘lgan tovarlar aniqlanganda, bojxona organlari tomonidan huquq egasining “Yagona darcha” bojxona axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga ushbu holat to‘g‘risida bir ish kunida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan xabar yuborish;
xabar yuborilgandan boshlab bir ish kuni davomida huquq egalaridan tegishli shakldagi ariza kelib tushgan taqdirda, ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish. Bunda, ushbu muddat ichida huquq egalaridan tegishli shakldagi ariza bojxona organlariga kelib tushmagan taqdirda, tovarlar belgilangan tartibda chiqarib yuboriladi;
intellektual mulk huquqlari buzilganligi alomati tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvida xavfni boshqarish tizimi natijalari asosida bojxona nazorati shakllarini qo‘llagan holda aniqlash, bundan bojxona organlarining tezkor-qidiruv faoliyati davomida aniqlangan holatlar mustasno;
v) Reyestrga kiritilgan huquq egalari ularning intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish to‘g‘risida bojxona organlariga ariza bilan murojaat qilganda, ulardan taxmin qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlashda yordam beradigan, shu jumladan ishlab chiqaruvchi, tovar turishi mumkin bo‘lgan joy va uni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish sanasi, tashish xususiyatlari va o‘rovining ko‘rinishi, tovar turgan joy yoki rejalashtirilayotgan yetkazish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga ushbu banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
5. Adliya vazirligi 2023-yil 1-yanvarga qadar intellektual mulk obyektlarining oldi-sotdisiga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun quyidagilar aks ettiriladigan “Intellektual mulk — barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasini ishlab chiqsin va ishga tushirsin:
auksion savdosiga taklif etilayotgan intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
auksion savdosiga taklif etilayotgan intellektual mulk obyektlarining boshlang‘ich savdo narxi;
tuzilgan litsenziya shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.
6. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reyestri” axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — qonunbuzilishlar reyestri) ishlab chiqsin va ishga tushirsin.
Belgilansinki, veb-saytlar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tizimli ravishda buzilishi belgilangan tartibda isbotlangan taqdirda, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Adliya vazirligining xulosasi asosida mazkur veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonunbuzilishlar reyestriga kiritadi va uning ko‘rsatmasiga muvofiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu veb-saytlar faoliyatini mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzuvchi xatti-harakatlar bartaraf etilmaguniga qadar qonunchilikka muvofiq cheklaydi.
Adliya vazirligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar qonunbuzilishlar reyestrini yuritish tartibini tasdiqlashga doir hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. 2022-yil 1-maydan boshlab Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatishda (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazishda) mualliflik huquqlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari to‘liq Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga o‘tkazilsin.
8. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Adliya vazirligi 2023-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar joriy yil uchun belgilangan vazifalarning bajarilishini chuqur tahlil qilgan holda, mazkur Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritib borsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil 1-noyabrdan boshlab intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan va tarqatilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va tarqatuvchilarga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda idoralararo axborot almashinuvi Adliya vazirligining “IP-Protection” axborot portali (keyingi o‘rinlarda — Portal) orqali amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi 2022-yil 1-iyunga qadar Portalning elektron shaklda real vaqt rejimida ishlashini hamda unga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bepul asosda ulanishini ta’minlasin.
10. Portaldan to‘laqonli foydalanish uchun davlat organlari hamkorligining shunday tartibi o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ishlab chiqaruvchisi noma’lum bo‘lgan qalbaki yoki kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va tayyorlovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Adliya vazirligi, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining so‘rovlariga asosan Portal orqali o‘n ish kunida taqdim etadi;
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘z vakolatlari doirasida Internet va ijtimoiy tarmoqlarda intellektual mulk huquqlarini buzayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Adliya vazirligi, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining so‘rovlariga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilgan holda Portal orqali o‘n ish kunida taqdim etadi;
Davlat bojxona qo‘mitasi Reyestrga kiritilgan intellektual mulk obyektlari va bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud bo‘lgan tovarlarni chiqarib yuborish to‘xtatib turilgan holatlar to‘g‘risida har chorakda Adliya vazirligiga Portal orqali umumlashtirilgan ma’lumot taqdim etadi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi intellektual mulk obyektlaridan foydalangan holda sodir etilgan nohalol raqobat holatlari bo‘yicha ko‘rilgan ishlar va qabul qilingan qarorlar bo‘yicha har chorakda Adliya vazirligiga Portal orqali axborot taqdim etadi.
11. Adliya vazirligi Portalga taqdim qilingan ma’lumotlarni doimiy tahlil qilish va har yarim yilda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazib borish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
12. Oliy sudga intellektual mulk obyektlarining sud orqali huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlari tomonidan intellektual mulk sohasiga doir ishlarni bir xil yondashuv asosida ko‘rib chiqish uchun yagona sud amaliyoti bo‘yicha Oliy sud Plenumi qarorini qabul qilish tavsiya etilsin.
13. Quyidagilar:
Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish bo‘yicha joriy etilayotgan yangi mexanizmlarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazish grafigi 4-ilovaga muvofiq;
Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va uni fuqarolik muomalasiga kiritishni xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazish grafigi 5-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari grafigi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘quv mashg‘ulotlari grafiklarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari8-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
16. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q. Davletov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.


Download 27.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling