Jamiyatda intellektual mulkka bo‘lgan hurmat hissini shakllantirish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish
1. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida intellektual mulk obyektlaridan keng foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ularning faoliyatida intellektual mulkni qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha doimiy fikr almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
2. Umumiy o‘rta ta’lim va kasb-hunar maktablari o‘quvchi-talabalarida intellektual faoliyat natijalarini hurmat qilish hamda ixtirochilik va novatorlik xislatlarini shakllantirish maqsadida intellektual mulk sohasiga oid fan dasturlarini takomillashtirish.
3. Intellektual mulk sohasida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini yaratish, shu jumladan sohaga oid xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish.
4. Intellektual mulk sohasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlaridan xorijliklar ham foydalanishini ta’minlash maqsadida ularning ingliz tiliga tarjima qilinishini ta’minlash.
5. Intellektual mulk sohasining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ekspertlar ishtirokida soha xodimlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish.
6. Intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, intellektual mulk obyektlari huquq egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borish.
7. Ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarining (yengil sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlar) talabalari uchun Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida amaliyot o‘tash tartibini joriy etish.
8. Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun to‘lov-shartnoma asosida o‘z intellektual mulk obyektlarini yuqori daromad keltiruvchi vositaga aylantirishga ko‘maklashuvchi “IP Management” (Intellektual mulkni boshqarish) o‘quv kurslarini tashkil qilish.
9. Keng jamoatchilikka intellektual mulk sohasi bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazuvchi jurnalistlar uchun to‘lov-shartnoma asosida o‘quv kurslarni tashkillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |