1-laboratoriya ishi Bajardi: Iqtisod fakulteti 107-guruh talabasi Karimov Muhammadjon Tekshirdi


Download 0.95 Mb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1155828
  1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya ishi Bajardi Iqtisod fakulteti 107-guruh talabas


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar fanidan
1-laboratoriya ishi


Bajardi: Iqtisod fakulteti 107-guruh
talabasi Karimov Muhammadjon


Tekshirdi: Raqamli iqtisodiyot
axborot texnologiyalari kafedrasi
o’qituvchisi U.Kubayev

Samarqand – 2020
1-Laboratoriya ishi
Operatsion tizimlar
Ishning maqsadi: Windows7 operatsion tizimida ishlash ko’nikmalarini hosil
qilish.
O’quv savollari:
1.Operatsion tizimning ish stoli
2.Operatsion tizimning tizimli papkalari, vazifalari va interfeysi
3.Fayllar tizimini asosiy operasiyalari: fayllar tizimini navigasiyasi; dasturni
yuklash, xujjatni ochish; papka yaratish; fayl va papkalarni nusxalarini yaratish, siljitish, qayta nomlash va yorliqlar tuzish
4.Diagnostika va monitoring vositalari. Kommunikasiya va xavfsizlikvositalari
5.Tarmoq orqali murojaatlarni boshqarish. Tarmoq va uning resurslarini boshqarish. Dasturlarni o’rnatish va o’chirish. Qattiq disklarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish

1.Operatsion tizimning ish stoli
Operatsion tizim asosan oynalar bilan ishlashga asoslangan. Operatsion tizim
yuklanganda dastlabki ochiladigan oyna ish stoli deyiladi. Bizda Windowsning
ruslashtirilgan versiyalari qo’llanilishi sababli amaliyotda operatsion tizimning
ob’yektlari va oynalari bilan ishlashda Рабочий стол atamasi qo’llaniladi. Bu
oyna o’lchamlarini o’zgartirib yoki masalalar paneliga yig’ib bo’lmaydi, u
kompyuter o’chirilishi jarayonida yopiladi.
2.Operatsion tizimning tizimli papkalari, vazifalari va interfeysi
Компьютер papkasi qurilma va disklar, hamda papkalardan tashkil topgan. Bu papka Windows 7 da Проводник (Boshlovchi) vazifasini bajaradi. Компьютер papkasi orqali: kompyuterning С:, D:, E: disklari va DVD RW diskovod (disk yurituvchisi) bilan, kompyuterga o’rnatiladigan flesh disklar, flesh kartalar va boshqa turdagi axborot tashuvchilar bilan ishlar amalga oshiriladi
Cеть (Tarmoq) papkasi. Bu papka bilan joriy kompyuterni tarmoqqa oid ishlar amalga oshiriladi. Корзина (Savat) papkasi. Bu papka kompyuterda o’chirilgan ob’yektlarni saqlashga mo’ljallangan. Papka kontekst menyusidan Очистить корзину (Savatni tozalash) buyrug’i berilib undagi axborotlar o’chiriladi (1.8-rasm). Bu papkadagi o’chirilgan ob’yektlarni qayta tiklash uchun, ob’yektning kontekst meyusidan Восстановить (Tiklash) buyrug’i beriladi (1.9-rasm).

Файлы пользователя (Foydalanuvchi fayllari).
Bu papkani umumiy nomi. Operatsion tizim kompyuterga dastlabki yoki qayta yuklanadigan vaqtda bu papka uchun nom beriladi. Bu papka nomi o’zgartirilishi mumkin. Bu papkada foydalanuvchi tomonidan ko’p qo’llaniladigan papkalar joylashtirilgan (1.10-rasm): Мои видеозаписи, Мои документы (Xujjatlarim), Загрузки (Yuklashlar), Избранное (Tanlanmalar), Изображения (Tasvirlar), Контакты (Aloqalar), Моя музыка (Musiqalarim), Поиски (Qidiruvlar), Рабочий стол (Ish stoli), Сохраненые игры (Saqlangan o’yinlar), Ссылки (Havolalar). Ish stolidan Панель управления (Boshqarish paneli) nishonchasini ish stolidagi yorliqdan yoki Пуск tugmasi orqali faollashtirish mumkin. Bu panel faolashtirilganda Все элементы панели управления (Boshqarish panelining barcha elementlari) dialog oynasi ochiladi.
Bu panel elementlari bilan kompyuterning boshqaruviga oid ishlar amalga oshiriladi (1.11-rasm). Masalan, kompyuterda qanday dasturlar o’rnatilgan aniqlashб qayta o’rnatish yoxud o’chirish uchun quyidagi buyruqlar ketma-ketligi beriladi:

Ish stolidan yoki Пуск tugmasidan Панель управления/ Все элементы панел управления / Программы и компоненты.
Пуск tugmasi. Bu tugma bilan ochiladigan menyu - asosiy menyu deb
yuritiladi. Bu menyu orqali kompyuterni boshqaruv ishlari amalga
oshiriladi. Masalalar paneli (Панель задач). Odatda dasturlar, ilovalar, papkalar yuklanganda ular bilan birga, ularning ramzli nishonchalari masalalar panelida ochiladi. Masalan, Word matn muharriri yuklansa, unga tegishi ramzli nishoni dasturda ish tugatilgunga qadar masalalar
paneliga avtomatik tarzda joylashtiriladi.
Windows 7da kerakli ilova nishonini masalalar panelga joylashtirish va ular orqali dasturlarni ishga tushirish mumkin. Buning uchun dastur ishga tushirilgach:
1) Paneldagi ilova nishonchasi faollashtiriladi va kontekst menyudan Закрепить программу в панели задач (Dasturni masallar paneliga
joylashtirish) buyrug’i beriladi;
2) Paneldagi dastur nishonchasi kontekst menyusida keyingi ochilgan hujjat fayllarini ro’yxati keltiriladi. Bu fayllarini keraklisi tanlanib sichqoncha bilan faollashtirilsa u ishga tushadi.
3) Bu buyruqni bekor qilish uchun, paneldagi nishoncha kontekst menyusidan Изъять программу из панели задач (Masallar panelidan dasturni olib tashlash) buyrug’i beriladi.
3.Fayllar tizimini asosiy operasiyalari: fayllar tizimini navigasiyasi; dasturni yuklash, xujjatni ochish; papka yaratish; fayl va papkalarni nusxalarini yaratish, siljitish, qayta nomlash va yorliqlar tuzish.
3.1. Dasturni yuklash, odatda Пуск menyusi orqali amalga oshiriladi.
Masalan, Word 2013 matn muharririni yuklash uchun Пуск menyusidan quyidagi buyruqlar ketma-ketligi beriladi:
Пуск ► Программы ► Microsoft Office 2013 ► Microsoft Word 2013 3.2.Dasturni ish stolidan yuklash uchun, uning nishonchasi sichqoncha ko’rsatkichi bilan faollashtiriladi va kontekst menyudan Открыть (Ochish) buyrug’i beriladi.
3.3.Papka yaratish. Odatda operatsion tizim foydalanuvchilarga tegishli
papka va fayllarni Документы papkasida joylashtirishni tavsiya qiladi.
B u ish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) Ish stolidan Файлы
пользователя (Foydalanuvchi nomi bo’lishi
mumkin) papkasi ochiladi;
2) Файлы пользователя
papkasidan Мои документы papkasi
ochiladi;
3) Sichqoncha ko’rsatkichi bilan Мои
документы papkasi oynasini bo’sh joyi
tanlanadi va kontekst menyudan
Создать/Папку buyrug’i beriladi (1.13-rasm)
4) Natijada Мои документы papkasida Новая папка nomi bilan yangi papka yaratiladi. Keyin foydalanuvchi tomonidan papkaga nom beriladi. Masalan, Abdullaev O. 209-g. Laboratoriya 1-8
3.3. Operatsion tizim ob’yektlarini qayta nomlash. Buni papka misolida qarab chiqamiz:
1) Kerakli papka siqoncha ko’rsatkichi bilan faolashtiriladi va kontekst menyudan Переименоват (qayta nomlash) buyrug’i beriladi;
2) Keyin papkani yangi nomi yoziladi. Shunday usulda fayl yoki ob’yektlar qayta nomlanadi.
3.4. Ob’yektlar nusxasini yaratish.
1) Ob’yekt sichqoncha ko’rsatkichi bilan faollashtiriladi va kontekst menyudan Копировать (Nusxalash) buyrug’i beriladi.
2) Keyin ob’yekt nusxasi qo’yiladigan papka tanlanadi va kontekst menyudan
Вставить qo’yish buyrug’i beriladi
Agar ob’yektning nusxasi joriy papkaga qo’yiladigan bo’lsa, uning ko’rinishi
1.15 – rasmda keltirilgan kabi bo’ladi

Yaratilgan ob’yekt nusxasini, Переименоват buyrug’i orqali qayta nomlash
mumkin, masalan, Laboratoriya ishi - 1.yoki Laboratoriya ishi - 1.1
3.5. Ob’yektlarni siljitish
1) Fayl (ob’yekt) sichqoncha ko’rsatkichi bilan faollashtiriladi;
2) Sichqonchani chap klavishini bosib turgan holda fayl ilib olinadi va siljitilib papka ustiga keltiriladi va sichqoncha klavishi qo’yib yuboriladi. Masalan, ob’yektni birorta papkaga joylashtirish siljitish orqali amalga oshiriladi (1.16-rasm).

Ob’yekt yorlig’ini yaratish uchun:
1)Ob’yekt faollashtiriladi;
2)Ob’yekt kontekst menyusidan Создать ярлык (Yorliq tuzish) buyrug’I beriladi.
Ish stolida ob’yekt yorlig’ini yaratish uchun:
1)Ob’yekt faollashtiriladi;
2)Ob’yekt kontekst menyusidan
Отправить / Рабочий стол (Создать Laboratoriya ishi - 1. Laboratoriya ishi - 1.- копия ярлык) (Jo’natish/Ish stoli (yorliq)) buyruqlari beriladi.
Foydalanuvchi kompyuterning disk kengliklarida joylashgan katta o’lchamli
ob’yekt (papka, fayl, dastur) lar yorlig’ini ish stoliga joylashtirish mumkin. Yorliq ikkita xususiyati bilan ajralib turadi:
1) ob’yekt yorlig’ini o’lchami 1-2 Kbaytdan iborat bo’ladi;
2) yorliq ob’yektga tez o’tishni ta’minlaydi.
Ish stoli operatsion tizimning tizimli papkasi hisoblanadi. Odatda operatsion tizim C: diskda joylashtiriladi. Operatsion tizimni kompyuterdan o’chirish zaruriyati tug’ilganda (disk formatlanganda) ish stolidagi barcha axborotlar ham o’chib ketadi. Shu sababdan ish stolida ob’yektlarning yorliqlarini o’rnatish tavsiya qilinadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling