Aomei backupper yoki Acronis true image dasturini o’rnatish


Download 1.11 Mb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1568595
  1   2
Bog'liq
oybekjon


  1. Aomei backupper yoki Acronis true image dasturini o’rnatish












2. Operatsion tizimdan zahira nusxa olish
Ma’lumotlarning zaxira nuxsalarini yaratish saqlash qurilmasi bilan muammo yuz berganda ushbu ma’lumotlarni saqlab qolishning eng yaxshi usulidir. Ma’lumotlarni zaxiralash fayllaringiz nusxalarini yaratish va ularni qattiq diskda, tashqi xotira qurilmasida yoki bulutli zaxira xizmatida saqlashdir. Zaxira nusxalarini qayerda saqlashni siz tanlaysiz.
Ehtiyojlaringizga qarab, siz butun qattiq disk yoki faqat qurilmangizdagi muayyan fayl yoki papkalarni zaxiralashingiz mumkin. Ma’lumotlaringizni qanchalik tez-tez zaxiralashni ham o’zingiz hal qilasiz. Ma’lumotlaringiz tez-tez zaxiralab turish ularning xavfsizligini kafolatlaydi. Eng oson usuli bu – ma’lumotlarni avtomatik zaxiralashni sozlash.
Windows 10 kompyuteridagi fayllarni zaxiralashning eng oson yo’li operatsion tizimning o’z ichki dasturiy ta’minotidan foydalanishdir. Ma’lumotlar xavfsizligini yaxshiroq ta’minlovchi boshqa zaxiralash dasturlari ham mavjud, ammo ular bepul emas.
Fayllar tarixi yordamida Windows tizimida zaxiralash
Windows 10 tizimida ma’lum fayl papkalarini siz tanlagan qurilmaga avtomatik tarzda zaxiralaydigan «Fayl tarixi» funksiya mavjud. Uni o‘rnatish uchun kompyuteringizga tashqi saqlash qurilmasini kompyuteringizga ulang. Qurilma ulangandan so‘ng, Start tugmasini bosing va Sozlamalar > Yangilanish va xavfsizlik > Zaxiralash-bandini tanlang. Keyin Fayllar tarixidan yordamida zaxiralash bo’limi ostidagi Disk qo’shish tugmasini bosing va zaxira nusxalari saqlanishi kerak bo’lgan tashqi saqlash qurilmasi yoki tarmoq manzilini tanlang.

Ma’lumotlarni qanchalik tez-tez zaxiralanib turilishini sozlash uchun Start tugmasini bosing va Sozlamalar > Yangilash va xavfsizlik > Zaxiralash bandini tanlang. Keyin Ko’proq parametrlar tugmasini bosing va Fayl tarixi yuqori qismidagi Fayllarimni zaxiralash pastga ochiladigan menyuni bosing va fayllaringizni zaxiralanib turilish chastotasini o’rnating. Bu yerda siz «Har 10 daqiqa» dan tortib «Har kuni» gacha bo‘lgan turli zaxiralash takrorlanib turishi variantlarini tanlashingiz mumkin.


Siz zaxiralashni xohlagan papkalarni tanlash uchun Start tugmasini bosing va Sozlamalar > Yangilash va xavfsizlik > Zaxiralash bandini tanlang. Endi zaxiraga kiritilgan papkalarning standart ro’yxatini ko’rish va uni tahrirlash uchun Zaxiralash variantlari oynasini pastga aylantiring. Bu yerda siz papkalarni olib tashlashingiz (Olib tashlash tugmasini bosing) va boshqa papkalarni ro’yxatga qoʻshishingiz (Papka qoʻshish tugmasini bosing) mumkin.


Sozlashni yakunlash va zaxiralash jarayonini boshlash uchun ekranning yuqori qismidagi Hozir zaxiralash tugmasini bosing. Zaxiralash yakunlanganidan so’ng, Windows zaxira nusxasining hajmi, sanasi va vaqtini ko’rsatadi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling