Nazorat savollari:
1.Ruda nima?
2.Domna pechining yordamchi qurilmalariga qaysilar kiradi?
3.Domna pechidan olinadigan mahsulotlar qaysilar?
PO’LATLARNI ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI
O’RGANISH
Ishdan maqsad: Turli usullarda po’lat ishlab chiqarish jarayonini o’rganish.
Umumiy ma’lumotlar: Po’lat asosiy konstrukstion material bo’lib, u cho’yanga nisbatan puxta, plastik, qoniqarli oquvchanlikka, payvandlanuvchanlikka va kesib ishlanuvchanlikka ega. Lekin solishtirma og’irligining kattaroqligi, korroziyaga tezroq berilishiga qaramay mashinasozlikdaa ulardan cho’yanlardek turli shaklli quymalar, prokat mahsulotlar olishda keng foydalaniladi. Ayniqsa, ularning yuqori sifatli, legirlangan maxsus xossali navlariga talab borgan sari ortmokda. Metallurgiya korxonalarida hozirda po’latlarni asosan konvertorlarda suyuq cho’yan sathiga kislorod haydash yo’li bilan, marten va elektr pechlarda ishlab chiqarilmokda. Bu usullarda shixta tarkibidagi S, Si, Mn, R elementlari oksidlanadi, oksidlar esa birikib shlak hosil qiladi. Natijada ularning mikdori keskin kamayadi. Bunda boruvchi kimyoviy reakstiyalar tezligi shixta tarkibiga, temperaturaga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |