1– Laboratoriya ishi Cho’yan ishlab chiqarish jarayonini o’
Download 99.9 Kb.
|
1-лабор 110221223816
Marten pechining sxemasi:
1- suyuqlantirilgan metall; 2- shlak; 3- pech shipi; 4- pechning tubi; 5- pechning orqa devori; 6- pechning old devori; 7- shixta kiritiladigan darcha; 8- gaz regeneratorlari; 9- havo regeneratorlari; 10- sirtqi ish sathi; 11- pechga haydaluvchi havo kiritiladigan va yonish mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 12- pechga haydaluvchi gaz kiritiladigan va yonish mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 13- klapan; 14 - mo’ri; 5-suv bilan sovitib turiluvchi kislorod furmasi. Pechni ishga tushirish. Avvalo pechni ishga yarokliligiga ishonch hosil etilgach, pech bo’shligiga shixta materiallari (suyuq yoki qattiq cho’yan, po’lat va cho’yan chiqindilari, temir ruda, flyus va ferro qotishmalari) ma’lum tartibda kiritilgandan keyin, uning o’ng tomondagi kallaklari kanallariga ma’lum bosim ostida qizdirilgan yonuvchi gaz va havo yuboriladi, u erda bular aralashib yonadi. Yuqori temperatura-li alanganing uzun mash’ali o’z yo’lida shixta materiallarini, pech devorlarini qizdira borib, karama-karshi tomondagi simmyotrik o’rna-tilgan kanallari orqali sovuqregeneratorlarning katak-katak terilgan kanallaridan o’tib, devorlarini qizdira boradi. Ularningdevorlari 1250-1280°S temperaturagachaqizigach, ularning biriga sovuq gaz, ikkinchisiga sovuq havo haydaladi. Ular qizdirilgan regenerator kataklaridan utib 800—900°S gacha qizigach, u erdan uz kallak kanallari orqali pech kamerasiga o’tib alangalanib yonadi. Uning mash’ali endi chapdan o’ngga qarab shixta materiallarini qizdirib, qarshi tomondagi kallaklar orqali sovigan juft regeneratorlarga o’tadi va ularni qizdira boradi. Pechning ishlashida zaruriyatga kura (har 10—15 minutda) gaz va havo yo’nalishi klapanlar 13 orqali avtomatik ravishda boshqariladi. Agar mazut ishlatilsa, faqat havoni qizdirish regeneratorigina bo’ladi.
1. Konvertordagi suyuq cho’yan sathiga kislorod haydash yo’li bilan po’lat ishlab chiqarish pechi 2. Marten pechi
1. Konvertordagi suyuq cho’yan sathiga kislorod haydash yo’li bilan po’lat ishlab chiqarish pechini ish jarayonini kuzatish, ishtirok etish 2. Marten pechida po’lat olish ish jarayonini kuzatish, ishtirok etish Ish xaqida xisobot; Po’latlarni turiga qarab pechlarda olish jarayoni haqida xisobot yozish. Nazorat savollari:1.Konvertorning tuzilishini tushuntiring 2.Konvertordan qaysi turdagi po’latlar olinadi? 3.Marten pechini tuzilishini tushuntiring Download 99.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling