Dars Maktab kimyo kursida galogenlar va ularning birikmalarini o'rganish usullari Maqsad
Download 20,38 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy material
Dars 7. Maktab kimyo kursida galogenlar va ularning birikmalarini o'rganish usullari Maqsad: “Galogenlar” mavzusining mazmuni. Galogenlarning tuzilishi, xossalari va ishlatilishi o'rtasidagi bog'lanishni, D.I. Mendeleevning davriy qonuni asosida tushuntirish. Kimyoviy elementlar davriy sistemasining asosiy qonuniyatlari bilan tanishish. Muhokama savollar 1. Galogenlarning kashf qilinish tarixi va nomlanishi, kimyoviy formulalarini o’rganish. Galogenlar va ularning birikmalarining fizik va kimyoviy xossalarini ifodalovchi kimyoviy tenglamalarini yozish, va ularni koeffitsientlar yordamida tenglashtirish. Galogenid ionlari uchun sifat reaktsiyalar; 2. Talabalarning taqqoslash, vazifalar qo'yish va ularni hal qilish usullarini tanlash, sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatish, fikrlash, xulosa chiqarish, bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantirish. 3. Ta'limiy kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish: bahslashish, kuzatish, tajribalar o'tkazish. 4. Ta'limiy va tashkiliy ko'nikmalarni rivojlantirish: topshiriqni bajarishni o’zi tashkil qilish, ta'lim muammosini hal qilishda hamkorlik qilish ko’nikmasi: do'stga yordam berish, tushuntirish, muzokaralar olib borish, o'z-o'zini nazorat qilish qobiliyati . 5. Xossa va tuzilish o’rtasidagi bog’liqlik asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o`rganilayotgan mavzuning hayot bilan bog`liqligini ko`rsatish. 6. Kimyoviy asbob-uskunalar va reaktivlar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga etibor berish. Nazariy material Dasturlar va maktab darsliklari bilan ishlash: galogenlar bo'yicha materialning mazmuni va hajmi bilan tanishing. Mavzu asosida shakllangan va ishlab chiqilgan tushunchalarga, kimyoviy tajriba, hisoblash va eksperimental masalalarga e'tibor bering. Bilimlarni yangilash uchun quyidagi savollar bo'yicha suhbatlar o'tkazing: 1. Kimyoviy elementlarning metallar va metalmaslarga bo'linishini qanday tushuntirish mumkin? 2. Metallmaslarning atom tuzilishidagi umumiylik? 3. Tipik metallmaslarga qanday kimyoviy elementlarni kiritish mumkin? 4. Metallmaslar metallar bilan o'zaro ta'sirlashganda doimo oksidlovchi sifatida bo’lishini qanday tushuntirish mumkin? 5. Metallmaslar metallar bilan o'zaro ta'sirlashganda qanday turdagi birikmalarni hosil qiladi? Dars metodlari: tushuntirish-illyustrativ, muammoli- izlanish, amaliy. Talabalarning aqliy faoliyatini faollashtirish texnikasi: o'quv ma'lumotlarini tahlil qilish; bashorat qilish; laboratoriya ishi shaklida tadqiqot o’tkazish. Ushbu mavzuni o'rganish natijasida talabalar: Yer yuzida tarqalgan galogenlarning birikmalarini tuzilishi, xossalari va ahamiyati haqida bilimga ega bo’ladilar. Galogenlarning birikmalarini tabiatda tarqalishi haqida tushunchalar hosil qiladilar, galogenlarning fizik-kimyoviy xossalari haqida bilimga ega bo'ladilar. Galogenlarning birikmalarini qo'llanish sohalari bilan tanishadilar va ular bilan ishlash xavfliligi sababini tushuntira oladilar. Kimyoviy moddalar va asbob- uskunalar bilan ishlash ko'nikmalarini egallaydilar. Darsning tuzilishiga ko'ra quyidagi qismlar tavsiya etiladi: yo'naltiruvchi- motivatsion qism (mavzuni taqdim etish, uning dolzarbligini asoslash, unga qiziqish uyg'otish). Kirish suhbati, muammoli savollar berish orqali muammoli vaziyat yaratish; axborot qismi (talabalarning galogenlar haqidagi axborot qismlar (mini- xabarlar),ni) umumlashtirish; umumlashtirish (laboratoriya ishi shaklida bilim va ko'nikmalarni umumlashtirish va tizimlashtirish); darsni umumlashtirish; uy vazifasi. “Galogenlar va ularning birikmalari” mavzusida kimyoviy tajriba Download 20,38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling