Mavzu: Boyitma va shixta materiallarini bo’laklash dastgohlari


Download 26.19 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi26.19 Kb.
#1391150
  1   2   3
Bog'liq
dastgoh word shakli


Mavzu:Boyitma va shixta materiallarini bo’laklash dastgohlari.
Reja:
1.Kirish. Metallurgiyada sochiluvchan materiallarni yiriklаshtirishni maqsadi.
2.Asosiy qism:
1. Yiriklаshtirish mashinalarining turlari va qo‘llanilish sohasi.
2. Yiriklаshtirish mashinalari tuzilishi , ishlash prinsipi va texnik-texnologik ko`satgichlari.
3.Xulosa.
4.Foydalanilgan adabiyotlar.
Metallurgiyada sochiluvchan materiallarni yiriklаshtirishni maqsadi.
Yuqori haroratda ishlayotgan metallurgik pechlarga shixtani yuklashdan oldin uni bo‘laklarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir.Maydalangan rudalarning yirikligi 5–25 mm bo‘lsada, u bilan birga keladigan shixtaning tarkibiga kiruvchi boyitma,texnologik changlarning yiriklik darajasi 0,074–0,5 mm gacha bo‘ladi.Bunday yiriklikdagi xomashyo pechlarga yuklatilganda undagi bosim va pech ichidagi gazlarning harakati natijasida ko‘p miqdorda isrofgarchilik yuz beradi.. Shu bilan birga pechlarning gaz aylanish tuynuklari to‘lib qoladi. Shu sababdan pechga yuklanadigan xomashyoni ma’lum darajagacha yiriklikda bo’lishi kerak.
Briketlash

  • Briketlash(frans.brigue-g’isht) , mayda vа chаngsimоn mаhsulоtni bir хil fоrmаli – brikеtlаrgа prеsslаsh jаrayonigа aytilаdi. Ruda va boyitmalarni briketlash termokimyoviy jarayon bo‘lib, eritishga beriladigan shixtani bo‘laklashdan iborat. Odatda, bu ruda va shixta tarkibiga birikmalardan tashqari metallurgik korxonalar chiqindisi hamda flyuslar yig‘indisi kiradi. Briketlash – shixtani maxsus shaklga joylashtirib, uni presslash, hamda ma’lum darajada issiqlik berish natijasida amalga oshiriladi. Issiqlik berish natijasida hosil bo‘lgan briketlar tarkibidagi unsur elementlar (S, P, As) dan tozalanadi.

Briketlarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga quyidagi texnologik talablar qo‘yiladi.

  • Mustahkam bo‘lishi kerak – mustahkamlik darajasi yuqori haroratda ham (500–800 °C da ham) o‘z mustahkamligini saqlay bilishi kerak;

  • Suv, tashqari havo va qizdirilgan bug‘ ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak;

  • Yetarli darajada g‘ovakli bo‘lishi kerak.Turli materiallarda g‘ovaklik turlicha bo‘ladi, g‘ovaklik darajasi 5–15 foizgacha bo‘lishi kerak.

Briketlash mayda zarralarni zichlash jarayoni bo‘lib, u bir qator texnologik jarayonlardan iborat va o‘z navbatida bir necha sinflarga bo‘linadi. Ruda va birikmalarni briketlashda ikkita usul qo‘llanilib, bularga
1) qovushtiruvchilar qo‘shmasdan; 2) qovushtiruvchilar qo‘shib briketlash kiradi.
Bu ikkala usul ham bitta hisoblanib, ya’ni shixtaga mayinlik xususiyatini berish va o‘z navbatida berilgan shaklni saqlashdir.
Shaklning saqlanib qolishi ma’lum muddatli bo‘lib, shixta tarkibidagi zarralarning bir-biri bilan mexanik jipslashishiga bog‘liqdir.Shixtaning plastik xususiyatini tuproq, CaO va noruda elementlar belgilab beradi. Briketlashning asosida nam shixta komponentlarining,ma’lum shaklda, ma’lum kuch ostida kuch berish natijasida zarralarning mexanik birikishi yotadi. Hosil bo‘lgan briketlarning mustahkamlik darajasi quritilganda 98,7–147,1 n/sm, kuydirilgandan keyingisi 147,4 n/sm ni tashkil etadi.
Briketlashning kuydirish harorati turlicha bo‘ladi. Bunga sabab, briketlanadigan material va uning xususiyatidir. Masalan: gematit va magnetit temir rudalari uchun kuydirish jarayonining vaqti 40–60 daqiqa bo‘lib, buning natijasida ruda tarkibidagi 98 % S dan tozalanadi.

Download 26.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling