1-laboratoriya ishi Dizelni salt ishlashida karter ventilyatsiyasining samaradorligi va yonish kamerasini gaz zichligini baholash
Download 118.27 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Dizelni salt ishlashida karter ventilyatsiyasining samaradorligi va yonish kamerasini gaz zichligini baholash
1-laboratoriya ishi Dizelni salt ishlashida karter ventilyatsiyasining samaradorligi va yonish kamerasini gaz zichligini baholash Ishdan maqsad: 10D100 dizelining salt ishlashida karter ventilyatsiyasining samaradorligi va yonish kamerasining gaz zichligini baholash ko`nikmalarini egallash. 10D100 dizelining silindr-porshen guruhi dinamik va termik yuklanishlarga eng ko’p uchraydigan detallar bo’lib, dizelning joriy ta’mirlashlar orasidagi xizmat muddatini kamaytiradi. Silindr-porshen guruhining holatini dizel ishlash vaqtida aniqlash uchun karterdagi gazlarning razryadkalanish miqdori aniqlanadi. Ammo karterdagi bosimni aniqlash va uning sababini aniq o’rnatish odatda qiyinchiliklar tug’diradi. ToshTYMIda gaz kamerasidagi gaz zichligini karterni havo bilan to’yintirish samaradorligi va minimal tirsakli val aylanish chastotasida aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan. Bu metodning afzalligi shundan iboratki, u karterdagi bosimning paydo bo’lishini bir zumda indikatsiyalab beradi. 1.1-rasm. Datchiklarni o`rnatilishi 1 - lyuk, 2 - moyajratkich, 3 - karter ventilyatsiyasi quvuri, 4 - zatvor. Metodning mohiyati shundan iboratki, u karterdagi razryadkalanish, karter gazlarining harorati va boshqa parametrlarning me’yordan og’ishini oldindan ko’rsatib beradi. Bu maqsadlarda dizellarga texnologik so’rish trubkalari o’rnatilib, shtutserning chiqishida ИС 264А tipli termoqarshilik o’rnatiladi. Trubkalardagi bosim o’zgarishi ИКД 6Тф0,1 bosim datchigi orqali kuzatiladi. Datchiklarga 6,3 V li kuchlanishdagi doimiy tok uzatiladi. Ish tartibi 1. O’ng va chap so’rish trubkasi texnologik trubka bilan almashtirilsin. 2. Differensial manometr dielektrik urovnemer bilan alamshtirilsin. 3. ИКД 6Тф datchiklari elastik shlang shtutserlari bilan ulansin va «Д» datchik shtutseri moy ajratgichining shtutseriga ulanib, “C” shtutseri TK-34 trubka shtutseri bilan ulansin. Bosim, harorat, elektrik urovnemer va kuchlanish bloki o’zaro zanjir ko’rinishida yig’ilsin. 4. Dizel ishga tushirilib, suv harorati 80°C gacha va moy harorati 700°C gacha yetgach, kontrollyor XV pozitsiyaga o’rnatilsin va diagnostik parametrlar olinsin. 5. Dizel to’xtatilib, datchiklar yechib olinsin, trubkalarga ajratilsin. Natijalar tarirovka qiymatlari bilan solishtirilsin. Xulosalar jadvalga kiritilsin. 1.1-jadval Buzilganligi va shikastlanganligi Gaz sarfi m 3 /soat Karterning holati mm suv ust Gaz temperaturasi о С Nominal darajalari Norma l Jami Norma l Jami Norma l Jami Yonish kamerasidagi gaz hajmining buzilishi 150 15 15 Dizelning germetik buzilishi 150 0 0 Brezentli birlashtirish yengchalarining buzilishi yoki moy ajratgichlarining to’lib qolishi 150 0 0 TK – 34 turbokompressorining yomon ishi 50 0 0 22 мм dan katta bo’lgan to’siq 100 0 0 150 40 40 Hisobot tarkibi Xulosada ventilyatsiya va silindr-porshen guruhidagi mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan nosozliklar aniqlanadi. Nazorat savollari 1. Silindr porshen va karter ventilyatsiyasidagi nosozliklar? 2. Karterni havo bilan to’yintirish samaradorligi qanday baholanadi? Download 118.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling