1-laboratoriya ishi kam uglerodli po‘lat namunani cho‘zilishga sinash. Elatiklik moduli Ye ni aniqlash
Download 40.37 Kb.
|
1-Laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va uskunalar
- Расм 2 b) Tajribadan so‘ng. Расм 3
1-LABORATORIYa IShI Kam uglerodli po‘lat namunani cho‘zilishga sinash. Elatiklik moduli Ye ni aniqlash. Ishdan maqsad: 1.Plastik materialning cho‘zilishiga qarshilik ko‘rsatish hususiyati bilan tanishish. 2. Po‘lat uchun elastiklik moduli Ye qiymatini aniqlash. Kerakli asbob va uskunalar O‘lchash asboblari: 300mm li chilangarlik chizg‘ichi, shtangensirkul, mikrometr. Sinov mashinasining prinsipial sxemasi. Расм 1 1- silindr yuzasi; 2- nasos; 3- plunjer; 4-rama; 5-6 namuna; 7-manometr; 8- ventil; 9- moy idish; 10-qo‘zg‘almas rama; 3.Namuna eskizi. a) Tajribagacha Расм 2 b) Tajribadan so‘ng. Расм 3 4. Ishni bajarish tartibi. Materiallarning mexanik xossalarini tekshirish uchun undan ma’lum shakldagi namuna yasaladi. Bu namuna uzuvchi mashinalarning qisqichlari orasiga qo‘yib sinaladi. Bunday sinash ishlari mexanika laboratoriyalarida bajariladi. Sinov boshlashdan oldin 0,01 mm aniqlikdagi mikrometr yordamila namuna hisobiy uzunligining diametri d va uning hisobiy uzunligi l ni o‘lchanadi, shuningdek 0,1 mm aniqlikdagi shtangensirkul vositasida namunada chuqur chiziqlar bilan belgilangan hisobiy uzunlik o‘lchanadi. O‘lchangan namuna mashina tutqichlarida mahkamlanadi va to yemirilgunga qadar yuklanishsekin-asta oshiriladi va namuna cho‘zilib boriladi. Sinov 4-10 m/min deformatsiya tezligida olib boriladi. Tajribani diagramma apparati bo‘lgan istalgan mexanik yoki gidravlik usulda ishlaydigan mashinada o‘tkazish mumkin. Mashina ishga tushgandan so‘ng kuchni ko‘rsatib boruvchi strelkani e’tibor bilan kuzatib turish lozim. Mashinaning ishchi silindri 1 ga nasos 2 yordamida bosim bilan moy xaydaladi. Moy nay orqali vanna 8 dan silindr 1 ga tushadi. Plunjer 3 ko‘tariladi. Mashina F kuch bilan ∆l uzayish orasidagi bog‘lanish diagrammasini chiza boshlaydi. Plunjer 3 ga rama 4 mahkamlangan. Rama 4 ni yuqori qismiga namuna 5 ni ushlab turish uchun qisqich o‘rnatilgan (cho‘zilishga sinash uchun). Namuna 5 ni siqishga sinash uchun rama 4 ni pastki qismiga o‘rnatiladi. Qo‘zg‘almas rama 9 . Namuna 5 ga ta’sir qilayotgan kuchning miqdori monometr 6 bilan o‘lchanadi. Tajribadan so‘ng rama 4 ning harakati bilan bog‘liq holda moy vintel 7 orqali vanna 8 ga qaytib tushadi. Tajribadan so‘ng namunaning uzunligi l va bo‘yin hosil qilgan joydagi diametr d o‘lchab jadvalga yoziladi. Download 40.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling