1-Laboratoriya ishi. Ква-0,25 Gn/Lj qozonning ishlash prinsipini va boshqarishni organish.(2 soat)


Download 0.5 Mb.
bet4/13
Sana03.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1148072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
model uchun qozon lab o\'zbekcha

2-Laboratoriya ishi.
ENKOM-12 MINI QOZONINING ISSIQLIK SXEMASI. (4 soat).


2.1. Ishning maqsadi:

  • КВа-0,25Gn/Lj qozonining issiqlik sxemasini o'rganish.

  • Ishlayotgan rejimdagi qozonning parametrlarini o’lchab aniqlash.



2.2. Ishchi holatdagi issiqlik sxemasi.

Issiqlik diagramma - bu o'rnatishdagi ishchi suyuqlikning harakati ketma-ketligiga muvofiq quvurlar bilan birlashtirilgan asosiy va yordamchi uskunalarning an'anaviy grafik tasviri. Diagramma ushbu o'rnatishning texnik mukammalligi va issiqlik samaradorligini tavsiflaydi.


Issiqlik ta'minoti manbasining umumiy issiqlik sxemasi bir-biriga o'zaro ta'sir ko'rsatadigan ko'plab boshqa xususiy sxemalarni birlashtirish natijasida olinadi: isitish suvi sxemalari, isitish moslamalari va isitish tarmoqlari uchun suvni tayyorlash sxemalari, texnologik va maishiy iste'molchilarga issiqlik etkazib berish sxemalari, tanlash va tozalash sxemalari. iste'molchilar tomonidan qaytarilgan kondensatni, tozalash boshqa qismlaridan issiqlikni ishlatish sxemalari
ENKOM–12 qozonxonasida o’rnatilgan KVa-0,25Gn/Lj rusumli 2ta qozonning prinsipial sxemasi 2.1.-rasmda ko’rsatilgan. Hovuz suvini isitish, shamollatish va issiq suv ta'minoti uchun suvni isitishning texnologik jarayoni quyidagicha bo’ladi. Artizan qudug’idan olingan sovuq suv(Тs.s) kimyoviy tozalash sexidan o’tib sovuq suv quvuri orqali 1-qozonga keladi.Gaz quvuri orqali keladigan (Тгаз) gaz GGA-0,25 rusumli avtomatik yondirgichga boradi va bir vaqtning o’zida yondirgichga ventelyator (12) orqali havo ham uzatiladi.Havo bilan aralashgan gaz yondirgich orqali qozon o’txonasida yonadi. Yoqilg’ining yonishi natijasida ajralib chiqqan issiqlik qozonning konvektiv yuzasiga uzatiladi va sovuq suv kerakli haroratgacha qiziydi.Qizigan suv (Тq) qozondan issiq suv quvuri orqali tarqatish (grebenke) tarog’i (18) ga uzatiladi, u yerdan u isitish sistemasiga,issiq suv ta’minotiga,ventilyasiya va bakka boradi.Akkumulyator bakidan suv hovuzga bo’linadi.Isitish tizimi,issiq suv ta’minoti va ventelyasiyadan qaytgan suv (То) ham (grebenka) taroq (18) ga va undan gryazevik(ostoynik) (17) orqali qozonga qaytadi.Kerak bo’lgan vaqtda ta’minot suvi (T0) quvuridan ta’minlanadi (avtomatik ravishda). Shunday qilib sikl qaytariladi.Qozonda to’satdan bosimning oshib ketmasligi sababli saqlovchi klapan o’rnatiladi.Gazni ta’minlash va me’yorlash avtomatlashtirilgan.Suv va yoqilg’I yuradigan hamma quvurlarga nazorat o’lchov asboblari termometrlar (15),monometrlar (4),suv sarfini o’chagich (10) va gaz sarfini o’lchagich (5) ornatilgan.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling