1 - laboratoriya ishi. Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar
bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar va kimyoviy laboratoriyalarda ishlash texnika
xavfsizligi qoidalari.
1.1. Laboratoriyada ishlash qoidalari
Kimyodan laboratoriya ishlarini boshlashdan oldin talaba ayni laboratoriyada
ishlash uchun ishlab chiqilgan xavfsizlik texnikasi bilan tanishib chiqishi va maxsus
jurnalga imzo qo‘yishi lozim.
Talaba semestr mobaynida laboratoriya ishlarini tushunib bajargandagina ijobiy
natijaga erishadi. Shuning uchun har bir laboratoriya ishining mazmuni, adabiyot va
ma’ruza mavzulari bilan tanishib chiqqan talabagagina laboratoriya ishlarini
bajarishga ruxsat beriladi.