1 laboratoriya ishi. Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar va kimyoviy laboratoriyalarda ishlash texnika xavfsizligi qoidalari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228952
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 - laboratoriya ishi

1.2. Asosiy qoidalar 

 

Kimyoviy laboratoriyada ishlashda amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalar: 



          Asosiy  qoida  -  kimyo  laboratoriyasidagi  barcha  tajribalarni  oq  xalat    kiygan 

holda bajarish; 

1. Ishning asosiy maqsadi aniq bo‘lmasdan, tajribani o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan   

    idishlar, asbob- uskunalar, reaktivlar tayyor bo‘lmasdan tajribani boshlamaslik; 

2. Tajribani o‘tkazishda ko‘rsatilgan tartib va ketma-ketlikni aniq bajarish

3. Ayni tajriba uchun ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilish; 

4. Ayni laboratoriya ishlari uchun tayyorlangan reaktivlardangina foydalanish.   

    Umumiy qo‘llanadigan  reaktivlarni, konsentrlangan kislota va ishqorlarni ish   

    joylariga olib ketmaslik

5. Reaktivlarni ishlatishdan oldin uni ayni tajriba uchun ishlatish mumkinligini   

    idishdagi yozuvga  qarab aniqlash; agar idishda yozuv bo‘lmasa o‘qitivchining  

    ruxsatisiz ishlatmaslik; 

6. Ayni tajriba uchun reaktiv miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa undan imkoniyati boricha  

    kamroq ishlatish; 

7. Ortiqcha olingan reaktivni qaytarib o‘z idishiga quymaslik va uning uchun   

    ajratilgan maxsus idishga quyish; 

8. Reaktiv olingan zahotiyoq uning idishining qopqog‘ini yopib, o‘z o‘rniga qo‘yish; 

9. Quruq reaktivlarni forfor, metall yoki shisha qoshiqchalarda olish va ishlatilgandan   

    so‘ng qoshiqchalarni filtr qog‘oz bilan tozalab qo‘yish; 

10. Agar reaktiv pipetka yordamida olingan bo‘lsa, uni boshqa ishdishdagi reaktivni   

     olish uchun ishlatmaslik

11. Laboratoriya ishini bajarishda tinchlik va tartibni saqlash; 

12. Tajribaning sodir bo‘lishini va barcha o‘zgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatish;  

      kuzatilgan tajriba  natijalarini va reaksiya tenglamalarini tajriba tugashi bilanoq   

      laboratoriya daftariga yozib qo‘yish; 

13. Laboratoriya daftarida ish o‘tkazilgan kun, mavzuning nomi, tajribaning nomi,   

      uning qisqacha mazmuni, asbob - uskunaning sxemasi yoki rasmi, kuzatish  

      natijalari, reaksiya tenglamalari, hisoblashlar va xulosalar ko‘rsatilishi kerak; 



14. Laboratoriya ishi tugagandan so‘ng talaba ishlatgan kimyoviy idishlarini yuvib,  

      ish joyini tartibga solib, laborantga topshirishi kerak. 

 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling