1-Laboratoriya ishi. Mavzu: Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tadqiqot metodlari va multimediya texnologiyalari. Nazariy ma`lumotlar


Download 17.61 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi17.61 Kb.
#1185875
  1   2
Bog'liq
1-Laboratoriya


1-Laboratoriya ishi.
Mavzu: Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tadqiqot metodlari va multimediya texnologiyalari.
Nazariy ma`lumotlar:
Rivojlantiruvchi ta`lim mohiyati va texnologiyalari.
Ta`limning asosiy masalalardan biri o`qitish jarayonida shaxsni rivojlanish muammosi sanaladi.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik, hamda intellektual o`sishida namoyon bo`ladigan miqdor va sifat o`zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Shaxsni rivojlantirish - individda vaqt nuqtai nazaridan jismoniy va ruhiy o`zgarishlarning sodir bo`lish jarayoni bo`lib, u orqali individ kamdan ko`pga, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga ko`rsatgichlari orqali takomillashib, kamolga yetib boradi.
1960-1970 yillarda rossiyalik psixologlar - Д.Б.Элконин va В.В.Давидовlar tomonidan o`qitish jarayonini va u bilan bevosita ta`lim oluvchi shaxsini rivojlantirish tizimini ishlab chiqildi va amaliyotda sinab ko`rildi. Ushbu tizimning mohiyati o`qituvchilarda o`qitish jarayonida ta`lim oluvchilarni har qanday ilmiy ma`lumot bilan ishlay olishga o`rgatish borasidagi ko`nikma va malakalarni rivojlantirishdan iborat edi. Boshqacha qilib aytganda, ta`lim jarayoni shunday tashkil etilishi kerak edikki, u doimo rivojlanuvchi xarakter kasb etsin.
Yana bir rossiyalik tadqiqotchi P.Ya.Galperinning “Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko`nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi” ham bevosita ta`lim oluvchi shaxsini rivojlantirish g`oyalarini asosladi.
Rivojlanish ham o`ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Jumladan: immanentlik (rivojlanish shaxsning ajralmas xususiyati bo`lib, u tabiat tomonidan yuqtiriladi);
-biogenlik (shaxsning ruhiy rivojlanishini ko`p holatda vorisiylik, irsiyat belgilaydi);
-sotsiogenlik (shaxsning rivojlanishiga ijtimoiy muhit ta`sir ko`rsatadi);
-psixogenlik (insonning o`z-o`zini nazorat qilish va o`z-o`zini boshqarish tizimi hisoblanadi);
-individuallik (shaxs o`zida rivojlanishning o`ziga xos variant, hamda sifatlarini individual tanlashdek kuchli hodisani ifodalaydi);
-ko`p bosqichlilik (shaxsning rivojlanishi umumiy davriylik qonuniytiga muvofiq kechadi);
-notekislik (har bir shaxs vaqt tezkorligi va o`sishdagi qarama-qarshiliklarning tasoifiy tanlanishiga ko`ra ma`lum sur`atda rivojlanadi, boshqacha aytganda har qanday, ta`lim va tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli ruhiy belgilari, funksiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to`xtab turmaydi);
-jismoniy o`sish ruhiy rivojlanishning miqdor va sifat tavsiflarini, darajasini va individning o`ziga xosligini ifodalaydi.
Rivojlantiruvchi ta`limning asoslaridan yana biri - В.В.Давидов nazariyasi sanaladi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi o`quvchilarni ilmiy tushunchalarni o`zlashtirilishini targ`ib qiladi. Bunda o`quvchilar tomonidan ta`lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o`zlashtirilishi lozim bo`lib, bu o`z o`rnida xususiydan umumiy bilimlarga o`tilishni ta`minlaydi.
Qator nazariyalar muammoli ta`lim bilan bog`liq bo`lib, Л.В.Занков va A.M.Матюшкин tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta`limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta`limning psixolik asoslari muammosi ko`pgina masalalarni qamrab oladi. Ta`limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bogliq. M: o`quvchining o`qishga bo`lgan munosabati. Munosabat o`quvchining diqqati, xis-tuyg`ulari, qiziqishlari, irodasi hamda u tutgan yo`lda namoyon bo`ladi.
Ta`lim jarayoni, eng avvalo, o`quvchilar diqqatini to`g`ri yo`naltira olishni talab etadi. Darslarda ko`rgazmali qurollardan, texnik va kompyuter vositalaridan foydalanish ta`lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. O`qituvchining darsdagi vazifasi ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o`quvchilarning o`rganiladigan materialini idrok etishga qanchalik tayyor ekanliklarini kuzatish hamdir. O`quvchilarning diqqati darsda davomida o`zgarib turadi. Shu sababli o`qitish jarayonida bu qonuniyatni nazarda tutish va o`quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish, ularni takrorlashga e`tibor qaratish lozim.
Ta`lim jarayonining samaradorligi ko`p jihatdan o`qituvchi tomonidan beriladigan ko`rsatmalarga ham bog`liq. O`qituvchi o`quvchilarda tegishli yo`naltirgichni hosil qilishi, ma`lumotlarni muhim, nomuhimligi (qaysi ma`lumotni eshitib olish, qaysi ma`lumotni esa yodda tutish zarurligi)ni ko`rsatib o`tishi lozim. Bu kabi ko`rsatmalar berilmaganida, o`quvchilarda ko`pincha noto`g`ri tasavvurlar vujudga keladi.
O`qitishning emotsionalligi muvaffaqiyatni ta`minlovchi omillardan biridir. Ta`lim berish jarayoni emotsional jarayon, agar o`quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday xis-tuyg`u uygotmasa, uni o`quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydi. Shu sababli o`quvchilarning ruxiy holatlari, muayyan paytdagi kechinmalarini inobatga olish zarur. Optimistik kayfiyat o`quv faoliyatining samarali kechishini ta`minlaydi. O`quvchilar emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq o`zlashtiradi. Shu sababli o`qituvchi o`quv jarayonining emotsional bo`lishiga e`tiborni qaratishi kerak.
Ta`lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e`tibor berish lozim. Bilish jarayon murakkab faoliyat bo`lib, u quyidagi tarzda kechadi:
Jonli mushohada abstark taffakur amaliyot ob`yektiv haqiqat. Shaxs psixikasi rivojlanishida, bir tomondan tabiiy, biologik, tug`ma xususiyatlar bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy hayotda orttirilgan xususiyatlarining o`zaro munosabatlarining muammosidan, rivojlanishida tashqi va ichki omillarning (irsiyat va muhitning) roli hamda ularning o`zaro munosabati muammosidan iborat. Mohiyatiga ko`ra shaxs tug`ma xususiyatlar (m: ko`rish va eshitish sezgilari, shuningdek, asab tizimi xususiyatlari) bilan bir qatorda ma`lum hayot sharoiti, faoliyati, ta`lim va tarbiya ta`siri ostida tashkil topadigan xususiyat (m: ahloqiy odat)larga ega bo`lib boradi.
O`tgan asrning 20-30-yillarda amerikalik psixolog E.Torndayk o`zining “Arifmetika o`qituvchisining yangi metodlari va psixologiyaga asoslangan tamoyillari” asarida shaxsning biologik imkoniyatlarini yuqori baholagan. Uning fikricha, o`qitish jarayonida qanchalik qulay muhit qaror topmasin, bir toifa o`quvchilar hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaydi, boshqa bir toifa o`quvchilar esa aksincha, o`qitish sharoitining yomon bo`lishiga qaramay muvaffaqiyatga erisha oladi. “Nasliy jihatdan aqliy qobiliyatlarga bolalar xatto maxsus ta`limsiz ham yuksak intellektga ega shaxs bo`lib yetishadi, bu kabi genetik naslga ega bo`lgan bolalar esa xatto eng yaxshi ta`lim imkoniyatlaridan ham foydalana olmaydi”.
Shaxsning rivojlanishida ijtimoiy omillar ham muhim ahamiyatga ega. Ya`ni, shaxsning qobiliyati, iste`dodining rivoj­lanishida sog`lom ijtimoiy muhitning bo`lishi ham muhimdir. Zero, ta`lim va tarbiya ham tug`ma iqtidorni namoyon qilishning zaruriy shartlari sanaladi. Sifatsiz ovqat jismoniy taraqqiyotni to`xtatib quyishi mumkin bo`lganidek, muhit ham ichki sabablar asosida yuzaga keladigan aqliy taraqqiyotga xalaqit berishi mumkin. В.Колбанoвский, A.R.Luriya, A.Н.Mироновlar tomonidan egizaklar ustida o`tkazilgan tajribalar esa yuqorida bildirilgan fikrga zid holatni ko`rsatadi. Ya`ni, egizaklarga bir xil tabiiy sharoitda ta`lim berilganda turlicha natijalarga ega bo`lingan. Fransuz psixologi R.Zazzo egizaklar ustida tajribalar o`tkazib, “Psixik xususiyatlarning tug`ma xarakteri” to`g`risidagi nazariyaga qarshi chiqadi.
Ko`pgina xorijiy mamlakatlarning psixologlari shaxs rivojini metafizik, ya`ni uning o`zgarmaydigan taqdirini avvaldan belgilab beradigan omil sifatida tushuntiriladi. Unga ko`ra shaxs muhit ta`sirida bo`lgan passiv ob`ektdir.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin: har bir shaxs ruxiy taraqqiyotning xususiyati teng darajada uning gen imkoniyatlari va ijtimoiy omillarga bogliq. Agarda shaxsga o`z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun to`la imkoniyat yaratilib, ta`lim va tarbiya oqilona tashkil etilsa, bunday holda u har qanday sohada yuqori natijalarga erishishi mumkin.
Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim turlari orasida rivojlantiruvchi ta`lim ham alohida o`rin tutadi.

Download 17.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling