1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Kaliy geksasianoferrat (II) (sariq qon tuzi)


Download 0.78 Mb.
bet11/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

4. Kaliy geksasianoferrat (II) (sariq qon tuzi) kalsiy tuzlari bilan kuchsiz ishqoriy eritmalarda sirka kislotada erimaydigan oq kristall cho`kma hosil qiladi:
SaS12 + K4[Fe(CN)6] = CaK2[Fe(CN)6]↓+ 2KC1
Sa2+ + 2K+ + [Fe(CN)6]4- = CaK2[Fe(CN)6]↓
Va2+ ionlari ko`p miqdorda bo`lganda Sa2+ ionlarini ochish uchun bu reaksiyani qo`llash tavsiya qilinmaydi, chunki Va2+ ioni (K4[Fe(CN)6]) bilan cho`kma berishi mumkin.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi kalsiy xlorid eritmasidan tomiziladi, 1 tomchi ammoniy xlorid eritmasi va 2 tomchi ammiak eritmasi(ishqoriy muhitgacha) qo`shiladi va suv hammomida 1-2 minut isitiladi. Issiq eritmaga 5-6 tomchi 0,5 M li sariq qon tuzining (K4[Fe(CN)6]) eritmasi qo`shiladi. Yana suv hammomida 1-2 minut isitiladi. Reaksiya ammoniy oksalatli reaksiyaga qaraganda kamroq seziluvchan.
5. Mikrokristalloskopik reaksiya. Suyultirilgan sulfat kislota kalsiy tuzlari bilan gipsning CaSO4*2N2O ignasimon kristallarini hosil qiladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Predmet oynasiga 1 tomchi kalsiy tuzi eritmasi va yoniga 1 tomchi suyultirilgan sulfat kislota tomiziladi. Shisha tayoqcha bilan ikkala tomchi qo`shiladi va alanga ustida tomchi atrofida hoshiya hosil bo`lgunga qadar sal quritiladi (ammo yaxshilab quritilmaydi!).Hosil bo`lgan kristallari CaSO4*2N2O mikroskop ostida ko`riladi.
3-Laboratoriya ishi
Mavzu: III guruh kationlarini ochish reaksiyalari va aralashmasining analizini bajarish.
III guruh kationlarining analitik xususiyatlarni o`rganish
Guruhning xarakteristikasi
Uchinchi analitik guruhga Fe2+, Fe3+, Mn2+, Cr3+, AI3+, Zn2+ kationlar kiradi. Guruh reaktivi ammiak eritmasi ishtirokidagi ammoniy sulfid (NH4)2S eritmasidir. Ammiak ammoniy sulfid gidrolizini kamaytirish va HS- ionlari hosil bo`lishining oldini olish uchun kerak. Chunki, odatda, laboratoriyada ammoniy sulfid eritmasi vodorod sulfidni konsentrlangan ammiakli eritmasi orqali o`tkazish bilan tayyorlanadi, u xolda bunda hosil qilinadigan eritma endi ortiqcha ammiakka ega bo`ladi va xususiy reaksiyalarni bajarishda uni qo`shish kerak emas. Guruh reaktivi uchinchi guruhning turli xil kationlariga turlicha ta'sir qiladi. Temir (II) va temir (III), marganets va rux tuzlariga ta'sir etganda tegishli kationlarning sulfidli cho`kmasi tushadi, masalan:
Fe2+ + S2- = FeS
FeS, Fe2S3 cho`kmalar qora rangda, MnS badan rangida, ZnS oq rangda. Sulfidli cho`kmalarning rangi analiz uchun muhim belgidir. Guruh reaktivi alyuminiy va xrom tuzlariga ta'sir etganda tegishli gidroksidlar hosil bo`ladi:
2Cr3+ + 3S2- + 6N2O = 2Sr(ON)3↓ + 3H2S
Uchinchi guruh kationlarining hamma gidroksidlari qiyin eruvchan va kuchsiz elektrolitlardir. Rux gidroksidi Zn(OH)2 alyuminiy gidroksidi A1(ON)3 va xrom gidroksidlari Sr(ON)3 undan tashqari amfoterlik xossaga ega.
Amfoter deb shunday gidroksidlarga aytiladiki, ular dissosilanishda bir vaqtning o`zida ham vodorod H+ ionlarini, ham gidroksid OH- ionlarini hosil qiladi. Shu bilan amfoter gidroksidlarining kislotalar va ishqorlar bilan bo`lgan o`zaro ta'siri tushuntiriladi. Rux gidroksidiga kislota qo`shilganda vodorod ionlarining Zn(OH)2 ning dissosilanishi kislota tipi bo`yicha bartaraf qilinadi, asos tipi bo`yicha kuchaytiriladi. Natijada Zn(OH)2 cho`kma eriydi va tuz hosil bo`ladi, bunda rux kation sanaladi:
Zn(OH)2 + 2NS1 = ZnCI2 + 2N2O
Rux gidroksidiga ishqor qo`shilganda OH- ionlarining konsentrasiyasi ortib boradi. Sistemada muvozanat yana buziladi, ammo endi Zn(OH)2 ning dissosilanishi kislota tipi bo`yicha ustunlik qiladi. Natijada Zn(OH)2 erib tuz hosil qiladi, unda rux anion tarkibiga kiradi:
Zn(OH)2 + 2NaOH = Na2ZnO2 + 2H2O
Amfoter gidroksidlarning ikkilama dissosilanishini boshqa yo`l bilan o`tuvchi sifatida qarash mumkin:
Zn2+ + 2ON- = Zn(OH)2+ 2H2O = 2N+ + [Zn(OH)4]-
ya'ni rux gidroksidi kislota tipi bo`yicha dissosilanishida kompleksli anion [Zn(OH)4]2- hosil bo`ladi. Unda ishqor bilan o`zaro ta'sir reaksiyasi gidroksotuzlar hosil bo`lishi bilan o`tadi. Zn(OH)2 + 2NaOH = Na2[Zn(OH)4]. Yangi cho`ktirilgan sulfidlar va gidroksidlar amorfdir hamda etarli oson kolloid holatga o`tishga qodir. Bu ma'lum sharoitlarda qiyin eruvchi birikmaning zarrachalari o`sishi to`xtab qolib kolloid zarrachalar deb ataluvchi zarrachalar hosil bo`lganda sodir bo`ladi. Undan tashqari, kolloid zarrachalarning yuzasida eritmada sodir bo`lgan ionlari adsorbsiyalanadi va zarrachalar zaryadlangan bo`lib qoladi. Undan tashqari, kolloid zarrachalarning yuzasida eritmadagi bor bo`lgan ionlar adsorbsiyalanadi va zarrachalar zaryadlangan bo`lib qoladi. Bu kolloid zarrachalarning yirikroq bo`lib birlashishiga to`sqinlik qiladi, chunki bir xil zaryadlangan zarrachalar itariladi. Shunday qilib, qiyin eruvchi birikmalar cho`kmaga tushmaydi, balki dag`al suspenziyalar (osilmalar) bilan chin eritmalar o`rtasida oraliq holatni egallaydigan kolloid eritma hosil bo`ladi. Agar kolloid eritmaga ortiqcha qandaydir elektrolit qo`shilsa, kolloid zarrachani o`ragan qavatda zarrachaning zaryadini neytrallovchi ortiqcha qarama-qarshi zaryadlangan ionlar bo`ladi.
Zaryadlarning to`qnashishi va yirikroq bo`lib yopishishi uchun bo`lgan to`siqlarni yo`qotadi. Koagulyasiya prosessi sodir bo`ladi: hosil bo`layotgan yirik zarrachalar endi osilgan holatda ushlanib tura olmaydi va tez cho`ka boshlaydi. Temperaturaning ko`tarilishi koagulyasiyaga yordam beradi.
Ayrim sulfidlar va gidroksidlarning kolloid eritmalar hosil qilish layoqati analizni murakkablashtiradi, chunki kolloid zarrachalar sentrifugalash orqali ajratilishi mumkin emas. Shuning uchun kolloid sistemalarni buzishga imkon beruvchi sharoitlarda, ya'ni eritma isitilganda va unga biror elektrolit qo`shilganda cho`ktirish zarur. Bunday cho`kmalar oz miqdorda elektrolitli (odatda ammoniy xlorid yoki ammoniy nitrat qo`shilgan) qaynoq suv bilan yuviladi. Agar bu qilinmasa, suv bilan yuvilganda cho`kmadan elektrolit butunlay chiqarib yuboriladi, cho`kmaning zarrachalari kolloid eritma hosil qiladi. Temir va marganes hayotiy zarur elementlarga kiradi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling