Reaksiyaning bajarilishi. Ammoniy tuzining 1 tomchi eritmasiga 3 tomchi Nessler reaktivi qo`shiladi.
Mg2+ KATIONINING REAKSIYALARI
1. Ammoniy karbonat (NH4)2CO3 boshqa ammoniy tuzlari bo`lmaganda magniy ioniga ega bo`lgan eritmalardan magniyning asosiy tuzini cho`ktiradi. Cho`ktirish to`la emas, odatda, cho`kma isitilganda yoki uzoq, turib qolgandan keyin tushadi. Cho`kkan tuzning tarkibi doimiy emas. Ko`pincha reaksiya (MgOH)2CO3 tuzini hosil qilish bilan boradi.
2MgCI2 + 2(NH4)2CO3 + H2O = (MgOH)2CO3↓ + 4NH4C1 + SO2
2Mg2+ + 2CO32- + H2O = (MgOH)2CO3↓ + CO2
Reaksiyaning bajarilishi. 2 ta probirka olinadi va har biriga 3 tomchidan magniy tuzi eritmasi tomiziladi. Bitta probirkaga 2 tomchi ammoniy xlorid eritmasi qo`shiladi. So`ngra ikkala probirka isitiladi va har biriga 3 tomchidan ammoniy karbonat eritmasi va 1 tomchidan ammiak eritmasi qo`shiladi. Bunda probirkaning bittasida cho`kma tushadi, boshqasida cho`kma tushmaydi.
2. Natriy, kaliy va bariy gidroksidlari kabi kuchli asoslar magniy tuzlarining eritmasidan oq quyuqlashib qolgan cho`kma - magniy gidroksidni cho`ktiradi:
MgCl2 + 2KOH = Mg(OH)2↓+ 2KC1
Mg2+ +2ON- = Mg(OH)2↓
Ammoniy tuzlari ishtirokida cho`ktirish to`liq, bo`lishi mumkin emas. Ammoniy tuzlarining yuqori konsentrasiyasida Mg(OH)2 cho`kma butunlay hosil bo`lmasligi mumkin.
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi magniy tuzining eritmasiga 2 tomchi ishqor eritmasi qo`shiladi.
3. Natriy gidrofosfat Na2HPO4 magniy ionlariga xarakterli reaktivdir. Ammoniy xloridga ega bo`lgan eritmalarda ammoniy ishtirokida oq kristall cho`kma magniy ammoniy fosfat hosil bo`ladi:
MgCl2 + Na2HPO4 + NH4OH = MgNH4PO4↓ + H2O + 2NaCl
Mg2+ + PO43- + NH4+ = MgNH4PO4↓
Bu reaksiya Mg2+ ionining muhimroq sifat reaksiyasidir. Reaksiyani bariy va kalsiy tuzlari ishtirokida o`tkazish mumkin emas, chunki ular ham shu reaktiv bilan cho`ktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |