1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Download 0.78 Mb.
bet15/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

4. Qurg`oshin qo`sh oksid RbO2 konsentrlangan nitrat kislota ishtirokida qizdirilganda malina rang permanganat kislota hosil qilish bilan Mn (II) ni MnO4- gacha oksidlaydi:
2MnSO4 + 5RbO2 + 6HNO3 = 2HMnO4 + 2PbSO4 + 3Pb(NO3)2 + 2H2O
2Mn2+ + 5RO2 + 4H+ = 2MnO4- + 5Pb2+ + 2H2O
Bu reaksiya qaytaruvchilar, masalan, xlorid kislota va uning tuzlari ishtirokida salbiy natijalar beradi, chunki ular qurg’oshin qo`sh oksid va hosil bo`lgan permanganat kislota bilan o`zaro ta'sir etadi. Marganets ko`p miqdorda bo`lganda reaksiya cho`kmaydi, chunki ortiqcha Mn2+ ionlari hosil bo`ladigan NMnO4 permanganat kislotani MnO(OH)2 gacha qaytaradi va malina rang o`rniga qo`ng’ir cho`kma hosil bo`ladi. Mn2+ ni MnO4- gacha oksidlash uchun qo`rg’oshin qo`sh oksid o`rniga boshqa oksidlovchilar, masalan, ammoniy persulfat (NH4)2S2O8, Ag+ ionlari yoki NaBiO3 natriy vismutat - katalizatorlar ishtirokida ishlatilishi mumkin.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga shisha shpatel yordamida ozgina PbO2 solinadi, so`ngra esa 5 tomchi konsentrlangan nitrat kislota HNO3 tomiziladi va qaynab turgan suv hammomida aralashma qizdiriladi. Isitilgan aralashmaga 1 tomchi marganets sulfat MnSO4 eritmasidan qo`shiladi va yana 10-15 min probirka ichidagi narsa vaqti-vaqti bilan chayqatilib qizdiriladi. Ortiqcha qo`rgoshin qo`sh oksid cho`kishiga yo`l qo`yiladi va hosil bo`lgan permanganat kislotaning malina rangi kuzatiladi.
Cr3+ KATIONINING REAKSIYALARI
1. Ammoniy sulfid (NH4)2S xrom (III) tuzlarining eritmasidan xrom gidroksidining kulrang - yashil cho`kmasini ajratadi.
2CrCl3 + 3(NH4)2S + 6H2O = 2Cr(OH)3↓+3H2S + 6NH4C1
2Cr3+ + 3S2- + 6H2O = 2Cr(OH)3↓+ 3H2S

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling